Ekologiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 16: Qator 16:
* [[Tabiatni muhofaza qilish]].
* [[Tabiatni muhofaza qilish]].


Mutatsiya-irqiy buzilish,ya'ni bir turdan ikkinchi turga o'tirsh deganidir.
== Adabiyotlar ==
* Odum Yu ., Osnovn ekologii, per. s ang . M., 1975;
* Ergashev A., Umumiy ekologiya, T., 2003;
* Toʻxtayev A., Ekologiya, T., 2000.
* Ahmadqul Ergashev, Ochil Mavlonov.

{{OʻzME}}

[[Turkum:Ekologiya]]

15-Sentyabr 2015, 03:35 dagi koʻrinishi

Ekologiya (yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biol. fanlari majmui. E.ni organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. E. oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy va xususiy E.ga ajratiladi.

Umumiy E. organizmdan yuqori turadigan har xil sistemalarning tuzilishi va funksiyasini oʻrganadi. U populyatsiyalar E.si, biotsenologiya, ekosistemalar E.si kabi boʻlimlardan iborat. Populyatsiyalar E.si populyatsiyalarining strukturasi va mikdoriy dinamikasining umumiy qonuniyatlari hamda har xil turlar populyatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (raqobat, yirtqichlik)ni tadqiq qiladi. Biotsenologiya (hamjamoalar E.si) biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari, tarkibi va funksiyasini oʻrganadi.

Xususiy E. muayyan taksonomik guruhga mansub organizmlarning muhit sharoitiga munosabatlari majmuini oʻrganadi (mas, hasharotlar E.si). Baʼzan xususiy E.ga muayyan ekosistema va hamjamoani oʻrganadigan fan sifatida ham qaraladi (mas, q.x. ekosistemalari E.si — agroekologiya; oʻsimliklar hamjamoalari E.si — fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va suv organizmlari E.sini oʻrganadigan gidrobiologiya ham E.ning bir qismi hisoblanadi. E. autekologiya (har xil muhit omillarining alohida turlarga taʼsirini oʻrgayʼdigan fan) va sinekologiya (organizmlar va ular majmualari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganadigan fan)ga ham ajratiladi.

"E." terminini 1866 yil nemis olimi E. Gekkel organizmlarning atrof muhit bilan munosabatlarini belgilash uchun taklif etgan. E.ning fan sifatida yuzaga chiqishi 18— 19-asrlarda yashagan naturalistlar va geograflarning ishlari bilan bogʻliq. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida tadqiqotchilar ayrim omillar, ayniqsa, iqlimning organizmlarning tarqalishi va dinamikasiga taʼsir etishiga eʼtibor berishdi. Ayni shu davrda organizmlarning bir butun majmui boʻlgan tabiiy biotsenozlar toʻgʻrisidagi tasavvurlar shakllana boshlaydi. E. 20-asrning 20—30-y.larida jadal rivojlana boshladi. Bu davrda amerika zoologi Ch.Elton populyatsiyalar va hamjamoalarni oʻrganishning asosiy vazifalarini koʻrsatib berdi; italiyalik va amerikalik matematiklar V. Volterra va A. Lotka populyatsiyalarning oʻsishi, oʻzaro taʼsirining matematik modellarini taklif etishdi; rus mikrobiologi G.F. Gauze bu modellarni tajribada sinab koʻradi. Xuddi shu davrda gidrobiologiyala tirik organizmlar orqali moddalar va energiya oʻzgarishini miqdoriy jihatdan oʻrganish boshlanadi. Bir-biri va notirik atrof muhit bilan oʻzaro bogʻlangan organizmlar komplekslari toʻgʻrisidagi tasavvurlarning shakllanishi ingliz botanigi A. Tenslining "ekosistema" (1935) va rus botanigi V.N. Sukachevning "biogeotsenoz" (1940) tushunchalarining yaratilishi bilan bogʻliq.

20-asrning 50-y.larida umumiy E. shakllanadi. Tadqiqotchilarning asosiy ishlari organizmlar va ular hosil qiladigan sistemalarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga qaratiladi. E. tadqiqotlarida miqdoriy metodlar keng tarqala boshlaydi; lab. va tabiatda oʻtkaziladigan tajribalar hamda matematik modellashtirishlar keng qoʻllanila boshlanadi.

20-asrning 2-yarmida odamning biosferaga salbiy taʼsiri kuchayishi natijasida ekologik krizisning yuzaga chiqishi va tabiatni muhofaza qilish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish zaruriyatining tugʻilishi bilan E.ning amaliy ahamiyati keskin oshib ketdi; koʻpchilik tabiiy fanlarni "ekologiyalashtirish" boshlandi; E. bilan falsafa, sotsiologiya va boshqalar bir qancha fanlar oʻrtasida uzviy bogʻlanish paydo boʻldi. Hoz. davrda sanoat va q.x. ishlab chiqarishi, transport, qurilish, ilmiytexnikaviy, demografik muammolarni hal etish hamda tabiii resurslardan ratsional foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv zarur boʻlib qoldi.

Oʻzbekistonda E.ning rivojlanishi D.N.Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3. Zohidov va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. D. N. Kashkarov umurtqali hayvonlarni oʻrgangan va birinchi boʻlib, hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan. A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz hayvonlarini, T. 3. Zohidov Qizilqum umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan tadqiq qilgan. Oʻsimliklar ekologiyasiga oid tadqiqotlar Q.Z.Zokirov, A. M. Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda.

Shuningdek qarang

Mutatsiya-irqiy buzilish,ya'ni bir turdan ikkinchi turga o'tirsh deganidir.