Turk xoqonligi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: o'zbek → oʻzbek using AWB
Katxis (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 15: Qator 15:


<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
[[Fayl:GökturksAD551-572.png|309px|right]]
'''Turk xoqonligi''' - Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-a.lar). T. x.ga doyr maʼlumotlar UrxunYenisey bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sugd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.
'''Turk xoqonligi''' - Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-a.lar). T. x.ga doyr maʼlumotlar UrxunYenisey bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sugd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.



2-Sentyabr 2015, 09:41 dagi koʻrinishi

Andoza:Turk xoqonligi

Turk xoqonligi - Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-a.lar). T. x.ga doyr maʼlumotlar UrxunYenisey bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sugd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.

6-a.ning 2yarmida T.x. vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati hukm surardi. T. x.ning asoschilari boʻlmish turkiy ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining jan. yon bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi. Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa ogʻaini Bumin va Istami 552 y. T. x.ga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (q. Bumin xoqon, Istami xoqon). 555 y.ga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham T. x. qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555 y.dayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi T. x. koʻl ostiga oʻtadi. Turk xoqoni Mugʻon (553-572) Xitoyga 556557 y.larda yurishlar qilib, bu yerdagi Gʻarbiy Vey (Toba) sulolasi oʻrnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou (577—581) sulolalarini oʻz taʼsir doirasiga oladi. T. x. 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hoz. Qarshi sh. yaqinidagi Yerqoʻrgʻon xarobasi) atrofida ogʻir zarba beradi. T. x. eftaliylarga qarashli Choch, Fargʻona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qoʻlga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida boʻlgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (Shim. Afgʻoniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qoʻshni boʻlib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining oʻldirilishi va sugʻdiy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida yoʻllangan elchilarga Eron shohining qoʻpol munosabatda boʻlishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi T. x. va Sosoniylar oʻrtasidagi ittifoqqa raxna soladi. T. x. Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hayʼatini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat oʻrtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya oʻrtasida 571 y. jang boshlangach, gʻarbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qoʻlga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 y.danoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yoʻnalishi boʻylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, T. x.ning jan.gʻarbi~y chegarasi Amudaryo boʻlib qoladi. 6-a.ning soʻnggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga oʻtadi. 576 y.da T.x. bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo boʻladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerch)ni bosib oladi va 581 y.da Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib Qora dengiz sohillari, sharqda Koreya boʻgʻozi, shim.da Ural togʻlari, Yenisey va Baykalboʻyi, jan.da Afgʻoniston va Shim. Hindiston hududdarini oʻz ichiga olar edi.

580-y.larga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy togʻlarining sharqidan to Uzoq Sharqqacha boʻlgan hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Moʻgʻuliston), Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi Sharqiy T. x. va Oltoy toglarining gʻarbidagi xoqonlikka qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv boʻlgan Gʻarbiy T. x. ga boʻlinib ketadi.

Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy T. x. Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 y.da Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi T.x. qoʻliga oʻtadi. 618 y.da Suy sulolasini agʻdarib, uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan.Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620—630) oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 y.larda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy T. x. 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi.

Oʻz davrida "Oʻn Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan Gʻarbiy T. x. Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610— 618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qoʻlga kiritadi. Uning inisi Tun yabgʻu (Tunshexu; 618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda T. x. ning chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan.Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Uning shad unvonli oʻgʻli boshchiligidagi xoqonlik qoʻshinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 y.larda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qoʻshinini yengib, Tbilisi sh.ni qoʻlga kiritadi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shim.dagi Mingbuloq (xitoycha Syantsyuan) mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.

630y,larga kelib Gʻarbiy T. x. ham bir muddat Xitoyga qaram boʻlib qoladi. Biroq tez orada oʻz qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga Ishbara yabgʻu (630—641) ning qoʻl ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shiʼ (Kesh), Xe (KushoniyaKattaqoʻrgʻon), My (Marv), Kan (Sugʻd) va Toxariston oʻlkalari boʻlgan. Xoqonlik Istamining beshinchi boʻgʻin avlodi boʻlmish Ulugʻ Ishbara (Xelu Shabolo; 651—657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kurash olib boradi.

Qapagʻan xoqon (691—716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699 y.da jan.gʻarbga, sobiq Gʻarbiy T.x. hokimiyatini qoʻlga kiritgan turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. Qapagʻan xoqon 700 y. Tangut oʻlkasiga, 701 y. Xitoyning shim.gʻarbidagi "Oltu Chub Sugʻdaq" oʻlkasiga, 703 y.da basmillarga, 705— 706 y.larda bayirqularga, 709 y.da chik va azlarga, 710 y.da qirgʻizlar va turgashyaarta qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib oladi. T.x. Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710 y.da qoʻshin yuboradi va Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) hukmronligi davrida T.x. mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 y.da Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg ., 1YI y.da oʻgʻuzlarga, 718 y.da qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shim.da Yenisey daryosi va Baykalboʻyini oʻz ichiga olganligi maʼlum boʻladi. 740-y.larga kelib T.x. ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning oʻgʻillari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742—744 y.larda uygʻur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 y.da ittifoqchilar T. x.ning soʻnggi hukmdori Baymey xoqonni oʻldirishadi va xoqonlik taxti uygʻurlar qoʻliga oʻtadi.

T.x.ni dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qoʻshishda xoqonlar Bumin (551552), Muqan (553572), Taspar (572—581), Toʻnga Turon (588— 600), Shibi (609—619), Elxoqon (620—630), Qutlugʻ Eltarish (680— 691), Bekchoʻr Qapagʻan (691—716), Bilga (716—734) va bosh vazir Toʻnyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Koʻl Tegin) (684—731) hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi hukmdorlari Istami yabgʻu (552576), Tardu (576603), Tun yabgʻu (618—630) kabilar muhim rol oʻynadilar. Ular davrida T.x. tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi.

T.x.ning boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.

Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar T.x. tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi T. x. qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h.k.

Adabiyot

  • Gumilev L.N., Drevniye tyurki, 1967; Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993; Koʻchanov Ye. I., Kochevie gosudarstva ot gunnov do manchjurov, M., 1997; Asadov F. M., Arabskiye istochniki o tyurkax v rannem srednevekovye, Baku, 1993; Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.

Gʻaybulla Boboyorov.

Buyuk Turk Xoqonligi (552747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urug'i boshchilik qilgan. O'zining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha bo'lgan yerlarni boshqargan.

Davlat tuzilishi

Xoqon— xoqonlikdagi eng oliy kishi turkiylar orasida Buyuk Xoqon deb atalgan. Xoqondan keyingi o'rinda yabgʻu turgan. Taxt vorisiga tegin unvoni berilgan. Boshqa oliy unvonlar- shod,eltabr. Sud ishlarini buyruqchi va tarxon olib borgan.

Milliy tuzilshi

Tarixi

Sharqiy Turk xoqonligi 700-yil
Turkiylar buyuk sarkardsi Kultegin.

6-asr o`rtalarida Oltoydagi turkiy qabilalar qo`shni qabilalar bilan o`zaro birlashib "mo`g`il davrigagacha bo`lgan eng qudratli davlat" - Buyuk Turk xoqonligiga asos solgan. Ikki aka-uka, Bumin va Istemi ulkan davlatni boshqarishgan. Bumin hoqonlikning sharqiy qismidagi o`ziga qaram yerlarni kengaytirgan bir paytda, uning ukasi Istemi davlatning g`arbiy qismidagi Yettisuv va Sharqiy Turkistonning tutashgan hududlari qabilalarini o`zaro birlashtirgan. Davlatning G`arb tomon kengayishi uning eftaliylar davlati yerlari bilan to`qnashuviga sabab bo`lgan. 563-567 yillarda turkiylar eftaliylar davlatini tor-mor qilishgan va Amudaryo bo`yida Eron sosoniylari bilan to`qnash kelishgan. Turkiylar va Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi kurashgan paytda ular o`zaro do`stona munosabatda bo`lganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor keltirgandan so`ng esa, ular bilan Eron o`rtasida o`zaro mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo yo`llariga egalik qilishga bo`lgan intilishlari Eron bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining savdo masalalari bo`yicha elchilarining Eronga tashrifi muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va so`nggi elchilik a'zolari esa zaharlanganlar. Shundan so`ng turkiylar Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanadi.

Vizantiya bilan Eron o`rtasidagi o`zaro urush, ularning xoqonlikka nisbatan e'tiborini chalg`itgan holda, turkiylarning yarimko`chmanchi davlatining shiddatli darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan iborat katta yillik o`lpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar hukmdori Qora Churin Vizantiya va hazarlar bilan ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq mag`lubiyatga uchraydi va sosoniylar sarkardasi Bahrom Chubin tomonidan o`ldiriladi. Bu mag`lubiyat hoqonlikning tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy va g`arbiy o`lkalarga ajralib ketishiga sabab bo`ladi. 7-asrning birinchi yarmida g`arbiy xoqonlik hayotida yuksalish kuzatiladi. Uning chegaralari Inda sohillarigacha yetgan. Xitoy va Eron bilan savdo munosabatlari keng rivojlangan. Savdo karvonlari Marv-Chorjo`y-Buxoro-Samarqand-Choch-Talas-Suyab yo`nalishi bo`ylab Sharqiy Turkiston vohalarigacha cho`zilgan. Butun yo`l davomida karvonlar ularning jadal safarlariga imkon bergan sug`d mulkiy hududlariga duch kelishgan. Taxminan, 630 yili turkiylarning yaqin qadargacha ittifoqchilari bo`lgan xitoylar ularni qaqshatqich mag`lubiyatga uchratadi. 7-asr oxirida g`arbdan yangi qudratli dushman - Markaziy Osiyoni o`z tasarrufiga bo`sindirgan arablar bosib kela boshladi. G`arb turkiy xoqonligi Yettisuv o`lkasi turgeshlar tasarrufiga o`tgandan so`ng 747 yili batamom parchalanib ketgan. Shunday qilib, Buyuk Turk xoqonligi o'z davridagi to'rt qudratli davlatlat (Xitoy,Eron,Viznatiya,Turk xoqonligi) va 5 buyuk madaniyatning (yunon,fors,xitoy,hind,turkiy) biri bo'lgan. Turk xoqonliging Eron va Xitoy bilan bo'lib o'tgan to'qnashuvlari natijasida Xitoy va Fors davlati ancha yillargacha turkiylarning asosiy dushmaniga aylanishgan.