Temir yoʻl: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2: Qator 2:


{{stub}}
{{stub}}
{{no iwiki}}
{{OʻzME}}

{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

30-May 2015, 12:30 dagi koʻrinishi

Temir yoʻl — 1) yoʻlovchi va yuklarni tashiydigan, texnika vositalari va inshootlari (poyezdlar, vagonlar, styalar, avtomatika va telemexanika qurilmalari dispetcherlik xizmati va b.) majmui bilan jihozlangan transport korxonasi. Vazifasiga qarab, umumiy foydalaniladigan (magistral); sanoat transporti, ruda konlari va b. joylarda ishlatiladigan; shahar temir yoʻl (tramvay, metropoliten); izlari oraligʻining kengligiga qarab, keng izli va tor izli boʻladi. Relslar oraligi 1676 mm (Hindiston, Ispaniya, Argentina, Chili va b.), 1520 mm (Rossiya, Oʻzbekiston va b.), 1435 mm (Yevropaning koʻpchilik mamlakatlari, Kanada, AQSH), 1067 mm (Yaponiya, Indoneziya va b.); 2) temir yoʻl transporti qatnaydigan relsli iz; ustki qurilma, yer polotnosi va sunʼiy inshootlardan iborat. Ustki qurilma relslar, rels birikmalari, strelkali oʻtkazgichlar, shpal, bruslar va ballast qatlamlaridan iborat. Yer polotnosi koʻtarma va oʻymalardan iborat boʻlib, yoʻl ustki qurilmasiga zamin boʻlib xizmat qiladi. Sunʼiy inshootlarga Temir yoʻl koʻpriklari, tonnellar, viaduk, drenaj quvurlari, tirgak devorlar va b. kiradi. Temir yoʻl yoqalab yoʻl belgilari (kilometrlar, piketlar va shu kabilar) oʻrnatiladi (yana q. Temir yoʻl transporti).