Umarali Normatov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cekli829 (munozara | hissa)
k Cekli829 sahifa nomini Normatov, Umaralidan Umarali Normatovga yoʻnaltirish ustidan koʻchirdi
(Farq yoʻq)

25-Mart 2015, 14:52 dagi koʻrinishi

Andoza:Oʻzbek adabiyoti

Umarali Normatov Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952—1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959—1962).

1962 yildan hozirgi kungacha oʻzbek adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, mudir boʻlib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957 yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan.

U 1962 yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. «Nasrimiz ufqlari» (1974), «Yetuklik» (1982), «Qalb inqilobi» (1986), «Qodiriy bogʻi» (1996), «Umidbaxsh tamoyillar» (2000) singari asarlarida yangi oʻzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. U. Normatov «Oʻzbekiston fan arbobi» (1981), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).


Asarlari

  • Normatov U. Janr imkoniyatlari. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1970.
  • Normatov U. Yetuklik. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1982.
  • Normatov U. Qodiriy bogʻi. T.: «Yozuvchi», 1996.
  • Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. T.: «Ma'naviyat», 2000.

Adabiyotlar

  • Yoqubov O. Tanqidchining kamoli. «Sharq yulduzi» jurnali, 1981, 1-son.
  • Sharafiddinov O. Goʻzallik izlab. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985, 198—208 sahifalar.