Nasaf (futbol klubi): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2: Qator 2:
|nomi = Nasaf Qarshi
|nomi = Nasaf Qarshi
|amaldagi mavsum =
|amaldagi mavsum =
|logotip = [[Fayl:Nasaf Qarshi FK.jpg|100px]]
|logotip = [[Fayl:Nasaf Qarshi FK.jpg|150px]]
|toʻliq nomi = Nasaf Qarshi futbol klubi
|toʻliq nomi = Nasaf Qarshi futbol klubi
|laqabi = Ajdarlar
|laqabi = Ajdarlar

22-Mart 2015, 19:52 dagi koʻrinishi

Nasaf Qarshi
Fayl:Nasaf Qarshi FK.jpg
Toʻliq nomi Nasaf Qarshi futbol klubi
Laqabi Ajdarlar
Asos solingan 1986-yil
Stadion Qarshi markaziy stadioni
Stadion hajmi 14,750
Prezidenti  UZB Hurram Joʻrayev
Murabbiyi  UZB Roʻziqul Berdiyev
Sardori  UZB Botir Qorayev
Vebsayt www.fcnasaf.uz
Musobaqasi Oliy liga
2014 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Nasaf Qarshi Qarshi shahrining futbol komandasidir. Jamoa 1978 yilda tashkil topgan. 1997 yildan boshlab Nasaf klub jamoasi Oʻzbekiston Oliy Ligasi qatnashchisi.

„NASAF“ (QARShI) FUTBOL KLUBI TARIXIDAN

Jamoa mamlakat oliy ligasida 1997 yildan beri ishtirok etadi.

Erishgan yutuqlari:

Oʻzbekiston chempionatining oliy ligasida besh marotaba (2000, 2001, 2005, 2006, 2009 yillar) bronza medali sovrindori, Oʻzbekiston kubogi (2002/2003y.) finalchisi, Osiyo chempionlari kubogi (2002 yil) yarim finalchisi, OFKning „Halol oʻyin uchun“ sovrini (2002 yil) sohibi.

Jamoa tarkibida eng koʻp maydonga chiqqan oʻyinchi — Roʻziqul Berdiev (314 marotaba). Jamoaning eng yaxshi toʻpurari — Zafar Xolmurodov (181 ta). Bir mavsumda eng koʻp toʻp kiritgan futbolchi— Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000 yil).

Eng yirik gʻalabasi — 7:0 („Metallurg“ Bekobod, 2004 yil), 8:1 („Andijon“, 2004 yil). Eng yirik magʻlubiyati — 0:6 („Andijon“, 1998 yil).

Oliy ligada jami 398 ta uchrashuv oʻtkazgan. Shundan 216 tasida gʻalaba qozongan, 68 ta durang va 114 ta magʻlubiyat qayd etgan. Toʻplar nisbati 746—520.

Xoʻsh qarshilik futbolchilar oliy ligada qachon va qay tariqa paydo boʻlishgan? Barchaga maʼlumki, odatda har bir mamlakatning har qanday jamoasi yuqori ligada qatnashish huquqini qoʻlga kiritish uchun dastlab undan bir pogʻona pastdagi tabaqada gʻolib chiqishi lozim boʻlgan. Ammo boshqa jamoalardan farqli ravishda „Nasaf“ oʻziga xos uslubda oliyda paydo boʻlgan. Gap shundaki, 1994 yilda qashqadaryo viloyati tarixida ilk marotaba Muborakning „Mashʼal“ jamoasi birinchi ligada gʻoliblikni qoʻlga kiritib, kelgusi mavsumdan kuchlilar safida qatnasha boshladi. Ammo yosh, tajribasiz, asosan mahalliy yigitlardan tashkil topgan jamoa ikki yil bir amallab oliy ligada oʻz oʻrnini saqlab qoldi. Oʻsha tarkibda hozirda barcha yaxshi taniydigan Asror Aliqulov, Anvar Berdiev, Oleg qahhorov singari charm toʻp ustalari harakat qilishgan. 1997 viloyat rahbariyatining saʼy-harakati bilan „Mashʼal“ oliy ligadagi oʻz oʻrnini „Nasaf“ga boʻshatib berdi. Bungacha birinchi ligada qarshi shahri sharafini „Dinamo-Nasaf“ (Avvalgi nomlari „Geolog“, „Nasaf“) jamoasi himoya qilib kelardi. „Mashʼal“ esa birinchi tabaqada „Dinamo-Nasaf“ oʻrnini egalladi.

Shu tariqa viloyatning ikki jamoasi oʻzaro rokirovkasidan soʻng 1997 yilgi mavsumdan boshlab „Nasaf“ning oliy ligadagi faoliyati boshlandi. Oʻsha yili qarshidagi „Mehnat“ stadioni qayta rekonstruksiya qilinib, „Nasaf“ markaziy stadioniga aylantirildi. qarshiliklar debyut mavsumni Viktor Borisov murabbiyligida kuchli oltilikda yakunlashga erishishdi.

1998 yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yanada yuqorilashda davom etdi. Garchi „Andijon“dan qabul qilingan qaqshatqich (0:6) magʻlubiyatdan keyin bosh murabbiy Viktor Borisov isteʼfoga chiqqan boʻlsada, unining adashi Viktor Makarov bilan jamoa finishga beshinchi boʻlib etib keldi. Ammo oʻzining uchinchi mavsumini klub oʻz tarixidagi hozirgacha eng yomon natija — 11-oʻrin bilan yakunladi. Oʻsha 1999-yilgi omadsizlikdan keyin jamoada tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Tarkib 80 foizga yangilandi. Jamoaga qoʻqonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qoʻl ostida „Nasaf“ birin-ketin oʻz tarixidagi eng yuqori choʻqqilarni zabt eta boshladi. XX asrning ilk yillaridayoq „Nasaf“ chempionatimizda peshqadamlardan umuman hayiqmaydigan jamoa sifatida gavdalandi. qarshida oʻtgan bellashuvlarda amaldagi chempion „Doʻstlik“ va „Neftchi“, „Navbahor“u „Paxtakor“ ham magʻlubiyat alamini tatib ortlariga qaytishdi.. Oʻsha yili jamoa chempionatda 85 ochko toʻplab, 20 jamoa orasida mavsumni uchinchi pogʻonada yakunladi. Bu qarshiliklarning oliy liga tarixidagi dastlabki medallari edi. Jamoa hujumchisi Zafar Xolmurodov ham chempionat toʻpurarlari bahsida jamoasi singari „bronza“ pogʻonani band etdi. Jamoa raqiblari darvozasini 92 marta ishgʻol etgan boʻlsa, shu gollarning salkam uchdan bir qismiga Xolmurodov mualliflik qildi. 2001 yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yana bronza medalini oʻz muzeyiga olib ketdi.

2001—2002 yilgi Osiyo chempionlari kubogida mamlakat sharafini himoya qilish „Nasaf“ning chekiga tushdi. „Doʻstlik“ va „Neftchi“ jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa „Nasaf“ga yuklandi. Va qarshilik futbolchilar oʻshanda qitʼada shov-shuvli natijalarni qayd etishgandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga munosib qarshilik koʻrsatishdi. „Nasaf“chilar mamlakatimiz jamoalari orasida „Neftchi“dan keyin qitʼaning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar etib kelishdi. Albatta mamlakatning uchinchi jamoasining qitʼa turnirida toʻrtinchi pogʻonani egallashi ham ancha yuqori natija hisoblanadi. Oʻzbekiston kubogida ham jamoa finalga qadar etib keldi va „Paxtakor“ga magʻlub boʻldi (1:3).

2003—2004 yillarda jamoa sovrindorlar safiga kirolmay qolishi natijasida Bahrom hakimovning „Nasaf“dagi besh yillik faoliyati nihoyasiga etdi. 2005 yilda ukrainalik Oleg Morozov jamoani boshqaruviga olgach, qarshiliklar birinchi davrani birinchi pogʻonada yakunlashdi. Ammo mavsum oxiriga kelib jamoa uchinchi bor bronza medallarga sazovor boʻldi. 2006 yili Bahrom Hakimov yana „Nasaf“ga qaytdi va jamoa bilan toʻrtinchi marta bronzani qoʻlga kiritdi.

Oliy ligadagi 11-mavsumga kelib asosiy tarkibning oʻzagi bir necha yillardan beri saqlanib qolgan boʻlsada, baribir vaqt oʻz hukmini oʻtkaza boshladi. Natijada 2007 yili ikkinchi davrani Fomichyov qoʻl ostida oʻtkazgan qarshiliklar kuchli oltilikda yakunlashdi.. 2008 yilgi mavsumda esa „Nasaf“ 9 — oʻrin bilan cheklandi. Natijada yil soʻnggi kelib klub rahbariyatida jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. „Nasaf“ni oliy ligadagi muvaffaqiyatlariga tamal toshini qoʻygan Bahrom Davlatov jamoa rahbari va menejeri etib tayinlandi. Nafaqat Qashqadaryoda, balki mamlakatimizdagi etakchi sanoat korxonalaridan biri hisoblangan „Shoʻrtangazkimyo“ majmuasi klub muassisi va bosh homiy qilib belgilandi.

2009 yilda Viktor Kumikov qoʻl ostida „Nasaf“ futbolchilari mavsumni koʻtarinki ruhda oʻtkazib, uch yillik tanaffusdan keyin beshinchi bor bronza medal egasiga aylanishdi. Mavsum-2010 da esa birinchi davrada jamoani Viktor Kumikov, ikkinchi davradan esa ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Vasilevich Demyanenko boshqara boshladi. Natija esa yana — 3-oʻrin. Shuningdek, keyingi ikki yil ichida klubqoshida futbol akademiyasi ish boshladi va oʻzining ilk kurtaklarini berdi. Unga ukrainadan Sergey Petrovich Kucherenko taklif etildi. Jamoa qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari (1994—1995 yilda tugʻilgan) oʻz tengqurlari orasida 2010 yili mamlakat chempionligiga aylandi.

Tarixi

Nasaf jamoasi Oliy Ligaga yoʻlanmasini pastgi ligalardagi kurashsiz qoʻlga kiritgan. Bunday hol Qashqadaryo vilayotini hokimligi tashabussi tufayli roʻy bergan. Asosan yosh futbolchilardan asos topgan Mash’al jamoasi pastki oʻrinlarda yurganligi sabab uning oʻrniga Oliy Ligada Nasaf jamoasi ishtirok etishni boshlagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Oliy Ligasi kumush medali sovrindori(1)

  • 2011

Oʻzbekiston Oliy Ligasi bronza sovrindori: (6)

  • 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010

Oʻzbekiston Kubogi finalisti: (3)

  • 2002, 2003,2011

Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalchisi: (1)

  • 2001/02

OFK kubogi chorak finalchisi: (1)

  • 2010

Osiyo kubogi sohibi(1)

  • 2011

Stadion

Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 5 uy Telefon (+998 75) 221 86 17 Faks (+998 75) 221 50 94 Foydalanishga topshirilgan 2006 yil Arxitektor Sobir Toshev (Samarqand) Birinchi uchrashuv „Nasaf“ — „OʻzDongJu“ 2:0 (08.08.2008 y.) Maydon oʻlchami 104x68 Tomoshabinlar sigʻimi 14.750 Tribunalar soni 20 ta Mehmonlar sektori 5-sektor Maydon qoplamasi „Sportmaster“ (Daniya) Yoritish moslamasi 1200 lyuks VIP-loja 180 oʻrindiq TV-pozitsiya 12 Sharhlovchilar xonasi 6 ta OAV lojasi 100 oʻrindiq Videotablo Rangli, raqamli 2 dona

Bosh murabbiylari

Ismi sharifi Faoliyati davri
Oʻzbekiston Viktor Borisov 1997–98
Oʻzbekiston Viktor Makarov 1998–99
Oʻzbekiston Bahodir Davlatov 2000–04
 UKR Oleh Morozov 2005
Oʻzbekiston Bahrom Hakimov 2006
 KAZ Vladimir Fomichyov 2007
Rossiya Viktor Kumikov 2008–10
 UKR Anatoliy Demyanenko Avg 12, 2010–Yan 4, 2012
Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev Yan 9, 2012–May 12
Oʻzbekiston Usmon Toshev May 2012–Noy 12
Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev Noy 2012–

Futbolchilar

2015-yil 2-mart kunidan olingan maʼlumotlar.[1]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Alibek Turobov
4  UZB HM Maqsud Karimov
5  UZB HM Botir Qorayev
9  UZB HJ Ilhom Shomurodov
15  SVN HM Rok Roj
17  TKM HJ Artur Gevorkyan (S)
18  UZB YH Bahrom Abdurahimov
20  UZB YH Erkin Baydullayev
21  UZB DR Ahmed Karimov
22  UZB YH Shohruh Gadoyev
Amplua Futbolchi
23  UZB HM Sherzod Aʼzamov
25  UZB DR Eldorbek Suyunov
27  UZB YH Ilhom Yunusov
28  UZB HM Shuhrat Muhammadiyev
29  UZB YH Xudoberdi Holiqov
30  UZB DR Oʻtkir Yusupov
32  UZB YH Hamza Karimov
33  UZB HM Odiljon Hamrobekov
34  UZB YH Farruh Sayfiyev
99  UKR HJ Oleksandr Kablash
  1. „Nasaf Qarshi » Squad 2014/2015“ (inglizcha). worldfootball (2015-yil 2-mart).