London universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Cekli829 (munozara | hissa)
Qator 8: Qator 8:


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

[[Turkum:Buyuk Britaniyadagi universitetlar‎]]

21-Mart 2015, 18:03 dagi koʻrinishi

London universiteti - Buyuk Britaniyadagi eng yirik universitet va i.t. markazlaridan biri. 1836 y. qirol Vilgelm IV farmoniga muvofiq, mamlakatning ayrim universitetlari talabalariga ilmiy daraja beradigan (tegishli imtihonlarni topshirgandan soʻng) muassasa sifatida tashkil etilgan. 1898 y. qayta tuzilib, oliy oʻquv yurti vazifasini ham oʻtay boshladi. 1907 va 1910 y.da parlamentning maxsus qarori bilan L.u. tarkibiga Universitet (1826 y. tashkil etilgan) va Qirollik (1829) kollejlari qoʻshildi. L.u. texnika fanlari, iqtisodiyot, yuridik, teologiya, tibbiyot, ped., musiqa fanlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha turli i.t. intlari bor. 1947 y. L.u. huzurida Britaniya tibbiyot federatsiyasi tashkil etilgan. Kutubxonasida 1 mln.dan ortiq asar saqlanadi. Un-tda 55 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, 1,5 mingga yaqin oʻqituvchi ishlaydi. Ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar nashr etadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil