Tohir Malik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Adib
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
| Ism = Tohir Malik
| Ism (oz tilida) = Hobilov Tohir Abdumalikovich
| Surat =
| Taxallus =
| Tavallud sanasi = {{birth date|1946|12|27}}
| tavallud joyi = [[Toshkent]], [[Tasvir:Flag of Uzbek SSR.svg|22px]] [[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi]], [[Tasvir:Flag of the Soviet Union.svg|22px]] [[SSRI|Sovet Ittifoqi]]
| Fuqaroligi = [[Tasvir:Flag of the Soviet Union.svg|22px]] [[SSRI|Sovet Ittifoqi]], {{UZB}}
| Vafot sanasi =
| Kasb = yozuvchi
| Faoliyat =
| Yonalish = [[Nasr]]
| Janr = Detektiv, [[ilmiy fantastika]], tarixiy asarlar
| Mashxur asari = [[Saytanat (asar)|Shaytanat]]
}}
'''Tohir Malik''' ({{lang-uz|asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich}}) — Mohir hikoyanavis, qissanavis va romannavis, [[Oʻzbekiston xalq yozuvchisi]], [[Oʻzbek adabiyoti|oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri]], maʼrifat arbobi.
'''Tohir Malik''' ({{lang-uz|asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich}}) — Mohir hikoyanavis, qissanavis va romannavis, [[Oʻzbekiston xalq yozuvchisi]], [[Oʻzbek adabiyoti|oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri]], maʼrifat arbobi.


Qator 12: Qator 26:


== Faoliyati ==
== Faoliyati ==
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
Tohir Malik oʻnga yaqin radiop’esalar, hujjatli fil’m ssenariylari, badialar muallifi. Badiiy tarjima sohasida ham xizmat qilgan.
Tohir Malik oʻnga yaqin radiop’esalar, hujjatli fil’m ssenariylari, badialar muallifi. Badiiy tarjima sohasida ham xizmat qilgan.



8-Mart 2015, 11:51 dagi koʻrinishi

Tohir Malik
Asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich
Tavalludi 27-dekabr 1946-yil
Vafoti 16-may 2019
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish Nasr
Janr Detektiv, ilmiy fantastika, tarixiy asarlar

Tohir Malik (oʻzbekcha: asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich) — Mohir hikoyanavis, qissanavis va romannavis, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri, maʼrifat arbobi.

Tarjimai holi

1946-yilning 27-dekabrida Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqib, kunduzi qurilishda ishlarida qatnashgan. 1966-yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda „Sharq“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir.

Barcha tengdoshlari singari u ham urushdan keyingi turmush qiyinchiliklarini boshidan kechirgan. Oilada besh farzand boʻlib Tohir Malik eng kenja farzand boʻlgan. Tohir maktabga bormay turiboq, dars tayyorlab oʻtirgan akalari va opalari yonida savodni oʻzlashtirgan. Ukasining kitobga boʻlgan ixlosini sezgan akalari unga — Mard yigit ertaklar toʻplamini sovgʻa qilishadi va ushbu kitobni hozirga qadar eʼzozlab saqlashini aytgan. Taniqli oʻzbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy Tohir Malikning togʻasi boʻlib, uni 1949-yilda "xalq dushmani" degan tuhmat bilan qamoqqa olishadi. Bu haqida adibning oʻzi ushbu soʻzlarni aytgan[1]:

Kechasi uygʻonib ketib qarasam, ayam rahmatli qora chiroq nurida doʻppi tikib oʻtiribdilar. Qoʻllari ishda-yu, koʻzlarida yosh. "Nega yigʻlayapsiz?" deb soʻradim. Javob bermadilar. Sababini oradan yillar oʻtib bildim. Togʻamning "xalk dushmani" emasligi maʻlum boʻlib, "oqlanib" chiqqanlarida ikkinchi sinfda oʻqirdim. Dastlabki mashqlarim oʻshanda boshlangan. Ammo yozganlarimni talabchan togʻamga koʻrsatishga choʻchir edim.

Dastlabki hikoyasi 1960-yilda Gulxan jurnalida chop etiladi[2]. 1963-yilda Tohir Malik Toshkent Davlat Univeritetining kechki jurnalistika boʻlimiga oʻqishga kirib, kunduzi qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishlay boshlaydi. U ijodga doir mashqlarni davom ettirrib, togʻasining:

"Oʻzing yaxshi bilmagan narsani yozma", "Boshqalar yurgan yoʻldan yurma, oʻz yoʻlingni top"

degan ikki oʻgitiga hamisha amal kilgan. Bolalarga atab yozilgan hikoyalari bilan badiiy adabiyot sirlarini oʻrgangan Tohir Malik keyinchalik oʻzbek adabiyotida kam eʼtibor berilgan fantastika janriga qoʻl uradi va bir qator asarlari bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Uning talabalik yillari yozilgan Hikmat afandining oʻlimi asari oʻzbek adabiyotining fantastika yoʻnalishida yaratilgan birinchi qissa hisoblanadi. Yozuvchining bir qator asarlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Soʻnggi oʻq asari asosida yetti qismli, Shaytanat asari asosida yigirma qismli badiiy fil’m suratga olinib, namoyish etilgan[3].

Faoliyati

Andoza:Oʻzbek adabiyoti Tohir Malik oʻnga yaqin radiop’esalar, hujjatli fil’m ssenariylari, badialar muallifi. Badiiy tarjima sohasida ham xizmat qilgan.

Tohir Malik 1966-yildan eʼtiboran matbuot sohasida ishlagan. Lenin uchquni (Hozir Tong yulduzi deb nomlanadi), Oʻzbekiston radiosida, Gʻafur gʻulom nomidagi va „Choʻlpon“ nashriyotlarida, „Sharq yulduzi“, „Yoshlik“ jurnallarida faoliyat yuritgan. U ijodiiy faoliyati davomida hayotni, insonlar tabiatini atroflicha oʻrgana boshlaydi. Yozuvchi insonlarni, ularning ichki kechinmalarini, ruhiyatlarini sinchilab oʻrganadi va kitobxonni ham mana shu ruhiyat olamiga olib kiradi. Uni shu holga solgan sabablarni tahlil qilishga va xulosa chiqarishga yoʻnaltiradi. Yozuvchi yaratgan asarlari asosida koʻplab tele va baʼdiyfilmlar yaratilgan. Asarlarida turli qiyofadagi zamondoshlarimizning obrazlari yorqin lavhalarda katta mahorat bilan aks etgan, muhim maʼnaviyaxloqiy muammolar koʻtarilgan[4]. Rus yozuvchisi F.M. Dostoyevskiyning Maʼsuma qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1961-1964-yillarda quruvchi, 1965-1966-yillarda maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Lenin uchquni gazetasi, 1975-1978-yillarda Guliston nashriyotida, 1981-1982-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1982-1985-yillarda Sharq yulduzi jurnalida, 1985-1987-yillarda Choʻlpon nashriyotida bosh muharrir, 198991-yillarda „Yoshlik“ jurnalida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasida 198890-yillar davomida kotib boʻlib faoliyat olib borgan.

Asarlari

Birinchi yirik asari — „Hikmat afandining oʻlimi“ (1972). „Zaharli gʻubor“ (1974), „Falak“ (1975), „Somon yoʻli elchilari“ (1978), „Chorrahada qolgan odamlar“ (1982), „Bir koʻcha, bir kecha“ (1983), „Alvido, bolalik“ (1989), „Soʻnggi oʻq“ (1990), „Ov“ (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. „Soʻnggi oʻq“ kissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. „Qaldirgʻoch“ (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-y.lar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi. „Mexmon tuygular“ (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar toʻplamida adabiy jarayondagi muammolar aks etgan. T. M. ning yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy ijodiy faoliyatini yorituvchi „Yozuvchining baxti va baxtsizligi“ (1988), Asqad Muxtor ijodini taxlil etuvchi „Sobir“ (2003), Oʻlmas Umarbekov ijodiga bagʻishlangan „Qiyomat qarz“ (2002) hamda Abdulla Qodiriy romanlari taxlil etilgan „Ibrat maktabi“ (1993) badialari xam bor. T.M. xujjatli kino sohasida xam faoliyat koʻrsatgan. Uning „Amir Temur davri adabiyoti“ (1998), „Varaxsha“ (1999), „Unvoni inson“ (1999), „Sohilsiz dentiz“ (2000), „Zulmat saltanati“, (2001), „Moshtabib“ (2002) siyenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan.

T. Malik. Shaytanat

Asarda jinoyat olamidagi voqealar fonida asosiy eʼtibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini taxlil etishga karatilgan. Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot boʻlishga chaqiruvchi ushbu ogohlantiruvchi asar mazmuni T.M.ning „Jinoyatning uzun yoʻli“ (2004) ilmiytahliliy risolasida davom ettirilgan. Hozirgacha yozuvchining 20dan ortiq qissasi chop etildi. 1971 yilda chop etilgan „Hikmat afandining oʻlimi“ dan keyin „Falak“ (1976), „Somon yoʻli elchilari“ (1976) tahayyul, ilmiy-tahayyul qissalari bosildi. „Chorrahada qolgan odamlar“ qissasida tahayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. „Alvido bolalik“ (1989), „Qaldirgʻoch“ (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mutaqillik yillarida T.Malik „Soʻnggi oʻq“ (1990), 4 qismdan iborat „Shaytanat“ (1994—2001), „Odam ovi“ (2001), „Charxralak“, „Murdalar garirmaydilar“ (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20 asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh tahayyul, goh izchil xolis, goh detektiv yoʻsinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002 yilda yozuvchining „Mehmon tuygʻular“ oʻylari, „Jinoyatning uzun yoʻli“ risolasi chop etildi. Tohir Malikka „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni berilgan (2000). Mustaqillik yillarida eng koʻp adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.

Mukofotlari

Yozuvchining bir qator asarlari kitobxonlar orasida oʻtkazilgan soʻrov asosida turli yillarda yillik mukofotlar bilan, xususan Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofotlar bilan taqdirlangan. Yoshlar tarbiyasiga oid asarlari inobatga olinib Maorif fidoyisi unvoni berilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Doʻstlik ordeni va Oʻzbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.[5]

Asarlari

Adabiyotlar

Tohir Malik internetda

Manbalar

  • Tanlangan asarlar, 1—2j.lar, T., 2004.