Tohir Malik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
'''Tohir Malik''' (taxallusi; asl ism-sharifi Hobilov Tohir Abdumalikovich) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2000). Oʻzbek adabiy fantastikasinkng asoschilaridan biri. Toshkent untining kechki jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Quruvchi (1963—64), maktabda oʻqituvchi (1965—66) boʻlib ishlagan. "Lenin uchquni" gaz., "Guliston" (1975—78), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda mugʻarrir (1981—82), "Choʻlpon" nashriyotida bosh muharrir (1985—87), "Sharq yulduzi" (1982—85), "Yoshlik" (1989— 91) jurnalilarida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1988— 90). Birinchi yirik asari — "Hikmat afandining oʻlimi" (1972). "Zaharli gʻubor" (1974), "Falak" (1975), "Somon yoʻli elchilari" (1978), "Chorrahada qolgan odamlar" (1982), "Bir koʻcha, bir kecha" (1983), "Alvido, bolalik" (1989), "Soʻnggi oʻq" (1990), "Ov" (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. "Soʻnggi oʻq" kissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. "Qaldirgʻoch" (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-y.lar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi.
'''Tohir Malik''' ({{lang-uz|asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich}}) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2000). Oʻzbek adabiy fantastikasinkng asoschilaridan biri. Toshkent untining kechki jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Quruvchi (1963—64), maktabda oʻqituvchi (1965—66) boʻlib ishlagan. "Lenin uchquni" gaz., "Guliston" (1975—78), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda mugʻarrir (1981—82), "Choʻlpon" nashriyotida bosh muharrir (1985—87), "Sharq yulduzi" (1982—85), "Yoshlik" (1989— 91) jurnalilarida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1988— 90). Birinchi yirik asari — "Hikmat afandining oʻlimi" (1972). "Zaharli gʻubor" (1974), "Falak" (1975), "Somon yoʻli elchilari" (1978), "Chorrahada qolgan odamlar" (1982), "Bir koʻcha, bir kecha" (1983), "Alvido, bolalik" (1989), "Soʻnggi oʻq" (1990), "Ov" (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. "Soʻnggi oʻq" kissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. "Qaldirgʻoch" (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-y.lar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi.


== ==
== ==

8-Mart 2015, 09:26 dagi koʻrinishi

Andoza:Oʻzbek adabiyoti Tohir Malik (oʻzbekcha: asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2000). Oʻzbek adabiy fantastikasinkng asoschilaridan biri. Toshkent untining kechki jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Quruvchi (1963—64), maktabda oʻqituvchi (1965—66) boʻlib ishlagan. "Lenin uchquni" gaz., "Guliston" (1975—78), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda mugʻarrir (1981—82), "Choʻlpon" nashriyotida bosh muharrir (1985—87), "Sharq yulduzi" (1982—85), "Yoshlik" (1989— 91) jurnalilarida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1988— 90). Birinchi yirik asari — "Hikmat afandining oʻlimi" (1972). "Zaharli gʻubor" (1974), "Falak" (1975), "Somon yoʻli elchilari" (1978), "Chorrahada qolgan odamlar" (1982), "Bir koʻcha, bir kecha" (1983), "Alvido, bolalik" (1989), "Soʻnggi oʻq" (1990), "Ov" (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. "Soʻnggi oʻq" kissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. "Qaldirgʻoch" (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-y.lar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi.

Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir «Sharq» NMAK Bosh tahririyatida muharrir.

"Shaytanat" romani (1kitob, 1992; 2kitob, 1995; 3kitob, 1997; 4kitob, 2000) T.M.ning yirik asarlaridan. Asar asosida koʻp seriyali telefilm yaratildi. Romanda turli qiyofadagi zamondoshlarimizning obrazlari yorqin lavhalarda katta mahorat bilan chizilgan, muhim maʼnaviyaxloqiy muammolar koʻtarilgan. Asarda jinoyat olamidagi voqealar fonida asosiy eʼtibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini taxlil etishga karatilgan. Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot boʻlishga chaqiruvchi ushbu ogohlantiruvchi asar mazmuni T.M.ning "Jinoyatning uzun yoʻli" (2004) ilmiytahliliy risolasida davom ettirilgan. "Mexmon tuygular" (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar toʻplamida adabiy jarayondagi muammolar aks etgan. T. M. ning yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy ijodiy faoliyatini yorituvchi "Yozuvchining baxti va baxtsizligi" (1988), Asqad Muxtor ijodini taxlil etuvchi "Sobir" (2003), Oʻlmas Umarbekov ijodiga bagʻishlangan "Qiyomat qarz" (2002) hamda Abdulla Qodiriy romanlari taxlil etilgan "Ibrat maktabi" (1993) badialari xam bor. T.M. xujjatli kino sohasida xam faoliyat koʻrsatgan. Uning "Amir Temur davri adabiyoti" (1998), "Varaxsha" (1999), "Unvoni inson" (1999), "Sohilsiz dentiz" (2000), "Zulmat saltanati", (2001), "Moshtabib" (2002) siyenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan. Rus yozuvchisi F.M. Dostoyevskiyning "Maʼsuma" kissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

T. Malik. Shaytanat

Hozirgacha yozuvchining 20dan ortiq qissasi chop etildi. 1971 yilda chop etilgan «Hikmat afandining oʻlimi» dan keyin «Falak» (1976), «Somon yoʻli elchilari» (1976) tahayyul, ilmiy-tahayyul qissalari bosildi. «Chorrahada qolgan odamlar» qissasida tahayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. «Alvido bolalik» (1989), «Qaldirgʻoch» (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mutaqillik yillarida T.Malik «Soʻnggi oʻq» (1990), 4 qismdan iborat «Shaytanat» (1994—2001), «Odam ovi» (2001), «Charxralak», «Murdalar garirmaydilar» (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20 asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh tahayyul, goh izchil xolis, goh detektiv yoʻsinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002 yilda yozuvchining «Mehmon tuygʻular» oʻylari, «Jinoyatning uzun yoʻli» risolasi chop etildi. Tohir Malikka «Oʻzbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan (2000). Mustaqillik yillarida eng koʻp adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.

Asarlari

Adabiyotlar

  • A. Rasulov «Koʻrgulik» Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1991, 2 avgust.

Tohir Malik internetda

Manbalar

  • Tanlangan asarlar, 1—2j.lar, T., 2004.