Oila: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k A. Jassin Doe tahrirlari DastyorBot versiyasiga qaytarildi
Qator 1: Qator 1:
{{Maʼnolari|Oila (maʼnolari)}}
{{Maʼnolari|Oila (maʼnolari)}}
[[File:Family by Edwina Sandys.JPG|thumb|''Family'']]

'''Oila''' deb [[qon-qarindoshlik]], [[qarindoshchilik]] (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat [[ijtimoiy guruh]]dir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy [[institut]] vazifasini oʻtaydi. [[Antropologiya|Antropolog]]lar oilalarni [[matrilokallik|matrilokal]] (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, [[nuklear oila]] deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.
'''Oila''' deb [[qon-qarindoshlik]], [[qarindoshchilik]] (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat [[ijtimoiy guruh]]dir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy [[institut]] vazifasini oʻtaydi. [[Antropologiya|Antropolog]]lar oilalarni [[matrilokallik|matrilokal]] (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, [[nuklear oila]] deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.



9-Fevral 2015, 16:27 dagi koʻrinishi

Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.


Oila — nikoht yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. O.ning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, O. aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos O. tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.

O. jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar mu-ayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruxli O. paydo boʻlgan. Lekin, bu O.larda hali er-xotin nikohi bar-qaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazi-fasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana k,. Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).

Ijtimoiy i.ch. — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot i.ch.da ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal O. vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual O.ning oʻtmishdoshi — monogam O. vujudga kelgan (k,. Monogamiya).

O. xalqning , jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. O. oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ij-timoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa O. jamiyat yoʻnalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa O. qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek O.larining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda O.larning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼna-viy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek O.lari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va b. qadriyatlari bilan ajralib turadi (q. Oila tarbiyasi).

Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar O.ni mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati O. masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. OʻzR Konstitutsiyasining 63-moddasiga kura, O. jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat xdmda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida" 1994 y. 22 avg .da farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. O.ni jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, O.larning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida OʻzR Prezidenta 1998 y.ni "O. yili" deb eʼlon qildi. Shunga asosan, O. manfaatlarini taʼminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻri-sida davlat dasturi ishlab chiqildi. OʻzR Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiyamaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.

Adabiyot

  • Rizouddin ibn Faxriddin, Oila, T., 1991.

Ochiya Bursev, Akmal Saidov. [1]

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil