Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k logo
Qator 2: Qator 2:
|nomi = Toshkent Islom Universiteti
|nomi = Toshkent Islom Universiteti
|qisqartma = TIU
|qisqartma = TIU
|ramz = [[Fayl:Ташкентский исламский университет при Кабинете Министров Республики Узбекистан (ТИУ).JPG|230px]]
|ramz =
|tasvir =
|tasvir =
|original =
|original =

31-Yanvar 2015, 20:19 dagi koʻrinishi

Toshkent Islom Universiteti
(TIU)




Xalqaro nomi Tashkent Islamic University
Shiori diniy bagʻrikenglik
Asos solingan 1999
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Ravshan Abdullayev
Talabalari 125
Fakultetlar 5
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Akademiklar 1 ta
Fan doktorlari 11 ta
Oʻqituvchilar 35 ta
Manzili Abdulla Qodiriy ko`chasi 11, Toshkent sh., O`zbekiston
Vebsayti www.tiu.uz

Koordinatalari: 41°19′24.60000000001″N 69°15′28.799999999984″E / 41.3235000000000028°N 69.25799999999999557°E / 41.3235000000000028; 69.25799999999999557 G O

Islom universiteti, Toshkent islom universiteti — islom dini boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida, 1999-yil 7-aprelda tashkil etilgan. Universitetda islom tarixi va falsafasi; shariat (fiqh), iqtisod va tabiiy fanlar fakultetlari; dinshunoslik, islomshunoslik; demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti; sharq tillari; gʻarb tillari; informatika va tabiiy fanlar; jismoniy tarbiya kafedralari hamda jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha YUNESKO kafedrasi bor. Oʻquv bosqichlari: bakalavrlik — 4 yil, magistratura — 2 yil Universitet dinshunoslik, islomshunoslik, islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyasi buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda 2002—2003 oʻquv yilida 470 dan ortiq talaba oʻqidi, 100 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, shu jumladan, 15 fan doktori, 41 fan nomzodi va dotsent ishladi. Aspirantura va doktorantura bor. 2000 y.dan universitet qoshida akademik litsey ochilgan. Un-t ilmiy kutubxona (42 ming asar, asosan, darslik va ilmiy kitoblar), manbalar xazinasi, nashriyotiga ega. Manbalar xazinasi mamlakatimiz va xorijda mavjud boʻlgan qoʻlyozma va nodir kitoblar bilan boyitib boriladi. Un-t tarkibida Islomshunoslik i.t. markazi bor. Bu markazda Qurʻon, tafsirlarni oʻrganish, islom tarixi va falsafasi, shariat (fiqh), maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat, manbashunoslik va qoʻlyozmalarni oʻrganish boʻlimlari mavjud. I. u.da "Sharqshunoslik fanlari" sohasi boʻyicha d-rlik dissertatsiyalari himoyasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Un-t Sharq va Gʻarb tillarini mukammal oʻqitish maqsadida zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan. Lingofon kabineti va arab tili markazi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan (1999). I. u. AQSH, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, BAA va b. davlat universitetlari hamda i.t. markazlari bilan aloqalar oʻrnatgan.

Abdulhay Abdullayev.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil