Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa)
k Sociologist moved page Moʻgʻuliston to Mongoliya over redirect: OʻzMEda Mongoliya
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
Qator 2: Qator 2:
{{Maʼnolari|Mongoliya (maʼnolari)}}
{{Maʼnolari|Mongoliya (maʼnolari)}}
{{Mongoliya maʼlumotlari}}
{{Mongoliya maʼlumotlari}}
'''Mongoliya''' (Mongol Uls) yoki '''Moʻgʻuliston''' — Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakat. Mayd. 1565 ming km2. Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti — Ulan-Bator sh. Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet sh.lari mustakil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.
'''Mongoliya''' (Mongol Uls) yoki '''Moʻgʻuliston''' — Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakat. Mayd. 1565 ming km². Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti — Ulan-Bator sh. Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet sh.lari mustakil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.


== Davlat tuzumi ==
== Davlat tuzumi ==
Qator 8: Qator 8:


== Tabiati ==
== Tabiati ==
M. hududi aksari qismining bal. 1000—2000 m. Yirik togʻ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (bal. 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Togʻ tepalari, asosan, yasen. Jan. va jan.sharqida Gobi choʻlining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad koʻtargan. Shim. va shim.-gʻarbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi shim.-sharq, jan. va jan.-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Koʻllar soyligi va Gobi choʻlida 30 ming km2 yer kum bilan qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shim. qismi kaledon, jan. qismi gersin burmalariga ajralgan.
M. hududi aksari qismining bal. 1000–2000 m. Yirik togʻ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (bal. 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Togʻ tepalari, asosan, yasen. Jan. va jan.sharqida Gobi choʻlining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad koʻtargan. Shim. va shim.-gʻarbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi shim.-sharq, jan. va jan.-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Koʻllar soyligi va Gobi choʻlida 30 ming km² yer kum bilan qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shim. qismi kaledon, jan. qismi gersin burmalariga ajralgan.


Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —10°, —35° (eng past t-ra —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning oʻrtacha t-rasi 18—26° (eng yuqori t-ra 40°). Yillik yogʻin 100—300 mm, togʻaarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda toʻlib oqadi. Yirik koʻllari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. M. hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qoʻngʻir, togʻlarda qora, vodiylarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarning 2 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakatning shim. va shim.-sharqi dasht, jan. va jan.-sharqi chala choʻl va choʻldan iborat. Chala choʻlda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% oʻrmon. Togʻ yon bagʻirlarida tilogʻoch, kedr, qaragʻay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qoʻshoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, boʻri, tulki va h.k. bor. Baʼzi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayigʻi) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Oʻla qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —10°, —35° (eng past t-ra —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning oʻrtacha t-rasi 18—26° (eng yuqori t-ra 40°). Yillik yogʻin 100–300 mm, togʻaarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda toʻlib oqadi. Yirik koʻllari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. M. hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qoʻngʻir, togʻlarda qora, vodiylarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarning 2 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakatning shim. va shim.-sharqi dasht, jan. va jan.-sharqi chala choʻl va choʻldan iborat. Chala choʻlda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% oʻrmon. Togʻ yon bagʻirlarida tilogʻoch, kedr, qaragʻay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qoʻshoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, boʻri, tulki va h.k. bor. Baʼzi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayigʻi) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Oʻla qoʻriqxonasi tashkil etilgan.


Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shim.da buryatlar, shim.-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.
Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shim.da buryatlar, shim.-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.

24-Dekabr 2014, 13:54 dagi koʻrinishi

Mongoliya / Moʻgʻuliston
moʻgʻ.: Mongol Uls
Klass.mõğ. ᠮᠤᠩᠭᠤᠯ ᠤᠯᠤᠰ Mongγol ulus
ShiorDayar Mongol
Madhiya: Bügd Nairamdakh Mongol
Location of Mongoliya
Poytaxt Ulan-Bator
Rasmiy til(lar) mongolcha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
• Prezident
Tsakhiagiin Elbegdorj
• Bosh vazir
Sükhbaataryn Batbold
Mustaqillik (Xitoydan)
• Sana
11-iyul 1921
Maydon
• Butun
1 564 116 km2 (19-oʻrin)
• Suv (%)
0.43
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
2 791 272 (136-oʻrin)
• Zichlik 1.8/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$6,022 mil. (153-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,157
Pul birligi Tugrik (MNT)
Vaqt mintaqasi UTC+8
• Yoz (DST)
UTC+8
Qisqartma MG
Telefon prefiksi 976
Internet domeni .mn

Mongoliya (Mongol Uls) yoki Moʻgʻuliston — Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakat. Mayd. 1565 ming km². Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti — Ulan-Bator sh. Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet sh.lari mustakil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.

Davlat tuzumi

M. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 y. 13 yanvarda qabul qilingan va 12 fevralda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (1997 y. dan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk davlat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga binoan, prezident bilan kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar mahkamasi boshligʻining nomzodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi.

Tabiati

M. hududi aksari qismining bal. 1000–2000 m. Yirik togʻ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (bal. 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Togʻ tepalari, asosan, yasen. Jan. va jan.sharqida Gobi choʻlining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad koʻtargan. Shim. va shim.-gʻarbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi shim.-sharq, jan. va jan.-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Koʻllar soyligi va Gobi choʻlida 30 ming km² yer kum bilan qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shim. qismi kaledon, jan. qismi gersin burmalariga ajralgan.

Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —10°, —35° (eng past t-ra —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning oʻrtacha t-rasi 18—26° (eng yuqori t-ra 40°). Yillik yogʻin 100–300 mm, togʻaarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda toʻlib oqadi. Yirik koʻllari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. M. hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qoʻngʻir, togʻlarda qora, vodiylarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarning 2 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakatning shim. va shim.-sharqi dasht, jan. va jan.-sharqi chala choʻl va choʻldan iborat. Chala choʻlda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% oʻrmon. Togʻ yon bagʻirlarida tilogʻoch, kedr, qaragʻay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qoʻshoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, boʻri, tulki va h.k. bor. Baʼzi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayigʻi) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Oʻla qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shim.da buryatlar, shim.-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.

Tarixi

M. hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-urugʻchilik, jez davrida patriarxal-urugʻchilik tuzumlari shakllandi. Mil. av. 4— 3-a.

lardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Mil. 4—10-a.larda Jujan, Turk, Uy-gʻur, Qirgʻiz xoqonliklari vujudga keldi. 10—12-a.larda M. hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. 13-a. boshida koʻpgina moʻgʻul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi moʻgʻul davlatini tashkil etdi. 1206 y. moʻgʻul noyonlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon — Chingizxon deb eʼlon qilindi. 1211 y. dan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-a. oʻrtalarida Shim. Xitoy, Tangut davlati, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qoʻl ostiga oʻtdi. Natijada yirik Moʻgʻullar davlati tashkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi boʻlmagan saltanat bosqinchilik urushlari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368 y. Xitoy, 1380 y.da Rossiya, 14-a.

ning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo moʻgʻullar zulmidan ozod boʻldi. 14-a.ning oxirgi choragida Moʻgʻullar davlati batamom barham topdi. 15-a.

da Esonxon (1440—55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Jan. Moʻgʻuliston va Shim. Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shim. Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da M. ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. 16-a. oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va 17-a. boshida davlat diniga aylandi. 1616 y.da Shim.-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634 y. Jan. Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688 y.da Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.

M.da yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758 y.da manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. Oʻz hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini koʻrdi. 20-a. boshlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19a. oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-a. boshlarida yanada kuchaydi. 1911 y. aratlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1911 y. noyabrda Urga (hoz. Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati agʻdarilib, mustaqil M. davlati tuzilganligi eʼlon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Boʻgʻdixon tuzgan hukumat M. suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 y. dan ortiqroq harakat qildi. 1915 y.da Rossiyaning Kyaxta sh.da chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillarining uch tomonlama konferensiyasi boʻldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919 y.da Xitoy M.ga qoʻshin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.

1921 y. iyulda Urga sh.da M. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1924 y. 26 noyabrda mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini maʼlum qildi va birinchi konstitutsiyani qabul etdi. 1992 y.gacha mamlakat shu nom bilan yuritildi. Shu yili qabul qilingan konstitutsiya kuchga kirgach, M. deb atala boshladi. 1990 y.larning boshlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtdi — markazlashgan rejali iqtisodiyot oʻrniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshladi, bir partiyali siyosiy tizimdan koʻp parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi.

M. — 1961 y. dan BMT aʼzosi. OʻzRb-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 25 yanvarda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 11 iyul — Xalq Inqilobi kuni (1921).

Siyosiy partiya va tashkilotlari, kasaba uyushmalari M. xalq-inqilobiy partiyasi, 1921 y.da tuzilgan, 1999 y. martda M. xalq partiyasi uning tarkibiga kirgan; M. milliy demokratik partiyasi, 1992 i. okt.da tashkil etilgan; M. birlashgan konservativ partiyasi, 1993 y.da asos solingan; M. demokratik uygʻonish partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; M. "koʻkatparvarlar" partiyasi, 1990 y.da asos solingan; M. ishchi partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; M. res-publikachilar partiyasi, 1992 y.da tashkil etilgan; M. sotsialdemokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; M. demokratik ittifoqi, partiyalar bloki, 1990 y.da asos solingan; "Vatan", koalitsiya, 1999 y.da tuzilgan, Yangi demokratik sotsialistik partiya bilan M. ishchi partiyasini birlashtiradi; Toʻrt ittifoq federatsiyasi, 1993 y.da tashkil etilgan (M. demokratik ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, M. yoshlari ittifoqi va M. talabalari ittifoqidan iborat). M. erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990 y. tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1927 y. tashkil etilgan.

Xoʻjaligi

M. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 34%, q.x.ning ulushi 16%.

Qishloq xoʻjaligi

20-a.ning 20-y.

lariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmogʻi mavjud boʻlib, u ham boʻlsa koʻchmanchi yaylov chorvachiligi edi. Astasekin q.x.ning boshqa tarmoqlari, jumladan, dehqonchilik vujudga keltirildi. Bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, yem-xashak yetishtirila boshladi. Chorvachilikda qoʻychilik yetakchi oʻrinda; qoramol, echki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joylarida qoʻtos, bugu, shahar atrofida choʻchqa va parranda boqiladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan chorva mol jihatidan M. du-nyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. 1991—92 y.larda sobiq 255 q.x. birlashmasi (q.x. kooperativlari) ak-siyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda chorvani xususiylashtirish asosan tugallandi. Chorva mollarning 90% xususiylashtirildi. Ilgari dehqonchilik hamda sof zotli va duragay chorva mollari yetishtirish bilan shugʻullanib kelgan koʻp davlat xoʻjaliklari oʻrniga ham aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi.

Sanoati

M.da dastlab yengil va oziqovqat sanoati, 20-a.ning 40—60-y.larida ogʻir sanoat (konchilik, energetika, yogʻochsozlik, qurilish ashyolari, metallsozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka koʻproq eʼtibor qaratildi. M. yer ostida foydali qazilma xazinalari koʻp. Hozircha 30 dan koʻproq turdagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshkoʻmir, qoʻngʻir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, kalay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va b. konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shagʻal, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va sh.k.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan koʻproq issiq va sovuq maʼdanli suv manbalari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun koʻpgina qoʻshma korxona va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. I.ch. sanoatida gusht, un k-tlari, non z-di, gilam f-kasi, poʻstin-moʻyna, oyna va chinni korxonalari, bosmaxonalar bor. Sement, gʻisht, uy bloklari, doridarmon, poyabzal, jun- gazlama ishlab chikariladi.

Transporti

Koʻp yuklar t.y. va avtomobil transportida tashiladi. T.y. uzunligi — 1,8 ming , avtomobil yoʻllari uz. — 46 ming km. Xubsugul koʻli, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956 y.dan ishlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda.

Tashqi savdosi

1980-y.larning oxirigacha mamlakat savdosi bir tomonlama, faqat Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi mamlakatlariga yunaltirilgan edi. Asosiy mijozi sobiq SSSR boʻlgan. 1990-y.

lar boshida M. "ochiq eshik" siyosatini faol utkaza boshladi, boshqa mamlakatlar, chunonchi Yaponiya, AQSH, Germaniya, Jach. Koreya, Singapur, Gonkong va b. bilan munosabatlar rivojlandi. Ekspor-tda chorvachilik, konchilik, yengil va oziqovqat sanoati mahsulotlari mu-him urin tutadi. Chetdan mashina-uskunalar, neft mahsulotlari, qora metallar, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari harid qiladi. Tashqi savdodagi mijozlari: MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya. Pul birligi — to'g'rik.

Maorifi, ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. 2000 y.da 660 umumiy taʼlim maktabida 381 ming bola, 47 oliy oʻquv yurti, jumladan, 27 ta davlat unti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyicha bakalavr, 32 ixtisoslik boʻyicha magistr unvonini olish uchun 26265 talaba taʼlim oldi. Ulan-Bator sh.da Mongoliya FA ish olib boradi. M.da bir qancha i.t. muassasalari ham mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiriklari: Davlat xalq kutubxonasi, FA va universitet kutubxonalari. Muzeylari: Davlat markaziy muzeyi, Nafis sanʼat muzeyi, Din tarixi muzeyi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Asosiylari: "Unen-uu?" ("Haqiqatmi?", haftada Z marta chiqadigan gaz., 1920 y.dan; 1996 y. urtalarigacha "Unen" nomi bilan nashr etilgan; 1996 y. sent.dan hozirgi nomda), "Zalgamjlagch" ("Oʻrinbosar", 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1926 y.dan), "Xudulmur" ("Mehnat", haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1928 y.dan), "Xumuun" ("Inson", gaz., 1990 y.dan), "Ardin tur" ("Xalq hokimiyati", yiliga 4 marta chiqadigan jur., 1950 y.dan), "Mongolii duu xooloy" ("Mongoliya ovozi", gaz., 1992 y.dan), "Mongolii xudoo" ("Mongol qishlogʻi", haftalik gaz., 1970 y.dan), "Ardchilal tayme" ("Demokratiya vaqti", gaz., 1993 y.dan), "Yertons" ("Koinot" gaz., 1990 y.dan), "Sog" ("Mashʼala", 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1994 y.dan). Mongol telegraf agentligi (MONSAME), qukumat agentligi, 1921 y.da tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992 y.da tashkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992 y.da asos solingan. Mongol radioasi 1934 y.da, Mongol telekoʻrsatuvi 1967 y.da tashkil etilgan.

Aaabiyoti. Mongol xalq ogʻzaki ijodiyotida qoʻshiq, doston, ertak, madhiya, pandnasihat, afsona, topishmoq, maqollar koʻp. Yozma adabiyoti 12— 13-a.

larda boshlangan. "Argasun xuurch qissasi", "Yetim bolaning toʻqqiz chingiziy baxrdir bilan suhbati", "Togontemurning yigʻisi" kabi asarlar keng tarqalgan. 17-a.da yilnomalar vujudga keldi. 19-a.da yaratilgan "Koʻk kitob" trilogiyasi (muallifi Injinash) va b. koʻpgina asarlar xalq orasida mashhur. 20-a.da M. adabiyoti folklorga, adabiy merosning eng yaxshi anʼanalariga tayanib, ilgʻor jahon adabiyoti bilan aloqani kuchaytirib, rivoj topa boshladi. 1929 y.da adiblar toʻgaragi tashkil topdi, u 1930 y.da M. yozuvchilari uyushmasiga aylantirildi. D. Na-sagdorj, S. Damdinsuren kabi yozuvchilar pyesalari, sheʼrlari bilan mongol adabiyoti rivojida muhim rol oʻynadilar. 40— 50-y.larda S. Dashdendev, D. Sevegmid, Ch. Lhamsuren, D. Tarva, B. Baast kabi adiblar tarixiy mavzularda, xalqlar doʻstligi va hamkorligi samaralari toʻgʻrisida asarlar yaratdilar. 50— 60-y.larda yirik polotnoromanlar ijod qilindi. D. Sengee xalq qahramoni haqida "Ayushi" qissasini (1947), B. Rinchen "Choʻl tongi" romanini (1955), Ch. Lodoydam "Oltoyda" romanini (1949) yaratdilar. Bu asarlarda mongol xalqining hayoti yorqin aks ettirildi. B. Basst, M. Gaadamba, S. Ud v a l kabi adiblarning hikoyalari axloq masalalariga, mongol ayollari qismatiga bagʻishlandi. Hoz. davr adabiyotida S. Gaytav, B. Yavuxulan, Ch. Chimid, D. Purevdorj va b. shoirlarning sheʼrlari alohida ajralib turadi. Ja-hon adabiyotining eng yaxshi asarlarini tarjima qilishga alohida ahamiyat berildi. Hamza, Oybek, Gʻ. Gʻulom, Mir-muhsin, Rahmat Fayziy, Turob Toʻla va b. oʻzbek yozuvchilarining asarlari mongol tiliga, shuningdek, mongol yozuvchilarining bir qancha asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (L. Tudevning "Suxe-Bator" qissasi, D. Na-sagdorjning "Tanlangan asarlari", "Mongol ertaklari" va b.) hududidan jez davrining boshlariga oid qoyalarga oʻyib tushirilgan yoki boʻyoq bilan ishlangan hayvon (ot, qulon, yovvoyi echki, boʻri, ilon)larning tasvirlari topilgan. Xovd somoni (tumani)dagi qoya toshlariga ishlangan odamlar va toʻrtta ot qoʻshilgan toʻrt gʻildirakli arava tasviri ayniqsa diqqatga sazovor. 6—8-a.larda hunarmandchilik rivojlanib, matolar, kigiz, kuchmanchi chorvadorlar va jangchilarning ot abzallari va qurol-yarogʻlari oʻsimliksimon naqshlar bilan bezatila boshlagan. 6—9-a.lardagi shahar vayronalaridan toshga ishlangan boʻrtma va bosma usulda naqshlangan sopol idishlar topilgan. M.ning turli joylarida gʻisht va guvaladan tiklangan daxmalar tepasiga haykalchalar oʻrnatilgan. 10-a.

dagi mamlakat poytaxti Oʻrda Baliq (key-inroq Hara Balgas) harobalari orasida mudofaa istehkomlari, uylar, ibodatxonalar koʻzgatashlanadi. 10—12-a.

larda shaharlar jadal qurildi. Odatda, shahar imoratlari yorugʻlik tushishiga qarab rejalangan, zovurlar va tepaliklar bilan oʻralgan, darvozalari va minoralari boʻlgan. Bir yoki bir necha koʻcha chetlaridagi maʼmuriy binolar, ibodatxonalar va turar joylar atrofi devor bilan oʻralgan. Imoratsiz joylarda aholi va jangchilarning oʻtov hamda chodirlari boʻlgan. Qad. Bars-Xot (10—12-a.

lar) sh. kavlanganda budda ibodatxonasi va pagodalari qoldiqlari, maʼbuda va hayvonlarning loydan ishlangan haykalchalari, oʻyma yogʻoch bezaklar va meʼmoriy boʻlaklar chiqqan. 16-a.dan 20a. boshlarigacha shahar va qishloqlardagi asosiy turar joylar yogʻoch sinchli, surma panjara devorli, eshikli oʻtovlardan iborat boʻlgan. Monastir va ibodatxonalar koʻplab qurilgan.

20-a.ning 20-y.laridan eski shaharlar (Ulan-Bator) qayta qurilib, yangi shaharlar (Darxan, Nalayxa, SaynShand) barpo etildi. Binolar kurishda 20— 30-y.larda konstruktivizm taʼsiri koʻrindi. 40—50-y.larda binolarning old tomonlari hashamli — kolonnali, milliy bezakli qilib ishlandi (Ulan-Batordagi universitet). 50-y.larning oʻrtalaridan boshlab iqlim hisobga olingan holda binolarni keng va qulay qilib qurishga ahamiyat berildi. 60—90y.larda qurilishda industrial va yigʻma uysozlik usullaridan keng foydalanildi. Keyingi davrlarda metallsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik kabi anʼanaviy tarmoqlar bilan bir qatorda chinni pishirish, kulolchilik, gilamchilik, suyak oʻymakorligi rivoj topa boshladi.

Musiqasi qad. anʼanalarga boy. Qoʻshiqchi, sozanda, xalq dostonlarini kuylovchi baxshilar azaliy xalq ijodiy merosini saqlab qolganlar. Qahramonlar haqidagi rivoyatlarni qoʻshiq qilib aytish qadimdan odat boʻlgan. Xalq aytishuvlari (ikki xonanda basmabas aytadigan qoʻshiqlar) ayniqsa keng ommalashgan. M.da tomoqdan ikki xil tovush chiqarib qoʻshiq aytishning oʻziga xos usuli ham urf boʻlgan. Ishqiy, maishiy, inqilobiy, tarixiy, diniy qoʻshiqlar, safarga chiqqanda aytiladigan va hazil-mutoyiba qoʻshiklari koʻp. Xalq cholgʻu asboblari: limba (nayning bir turi), morinxur va xuchir (torli kamoncha), shanz (chertib chalinadigan asbob), yoochin (changning bir turi) va b.

Zamonaviy M. musiqasi 20-a.ning 20—30-y.larida vujudga kelib, rivojlana boshladi. "Shive Kyaxta" deb atalgan birinchi partizanlar qoʻshigʻi 1921 y.da ijod qilindi. S. Gonchiksumla, U. Lubsanxurchi va M. Dugorjav kabi kompozitorlar tanilgan. Turli musiqiy janrlar (xor, opera, simfoniya) rivojlana boshladi. Ulan-Batorda Opera va balet teatri o"childi, unda mahalliy va chet el mualliflarining asarlari sahnalashtirildi. M. xalq ashula va raqs ansambli, simfonik orkestr, duxovoy orkestr, aymoq markazlarida musiqali drama teatrlari, Ulan-Batorda musiqalixoreografiya bilim yurti bor.

Teatrning kelib chiqish ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoshalarining shakllari xilma-xil boʻlgan. Xonandalarni xurch, baxshilarni uligerch deb ataganlar. Yaxshi niyat tilaguvchi yorolch va magtalchlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Biyeleg raqslarida teatr unsurlari koʻzga tashlanadi. Toʻylar, farzand tugʻilishiga bagʻishlangan marosimlar, hosil bayramlarida voqeiy tomoshalar koʻrsatilgan. 17-a.dabu joylarda buddaviylik yoyilishi munosabati bilan vujudga kelgan sam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyoviy saroy teatrlariga ham ushbu teatr shakllari kirib keldi. Yangi yil bayrami kunlari koʻchalarda qoʻgʻirchoq spektakllari koʻrsatiladi. 20-a. boshlarida havaskorlik toʻgaraklari rivojlana boshladi. 20-y.larda Ulan-Batorda tashkil etilgan drama toʻgaraklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930 y. poytaxtda teatr studiyasi ochildi va oʻsha yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri tashkil etildi. 1948 y.dan Ulan-Batorda qoʻgʻir-choq teatri, 1950 y.dan Markaziy bolalar teatri ishlaydi. Ularda mongol xalqining tarixi va hozirgi hayotini aks ettiruvchi pyesalar bilan bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham oʻrin olgan.

Kinosi

1935 y. Ulan-Batorda " Mongolkino" studiyasi tashkil qilingach, kino sanʼati rivoj topdi. 1936 y.dan hujjatli filmlar chiqarila boshladi. "Norjmaning yoʻli" birinchi badiiy filmi 1938 y.da suratga olinds. "Boʻri galasi" (1939), "Birinchi saboq" (1940), "Ikki chorvador" (1955), "Yoʻlimizdagi toʻgʻanoqlar" (1956), "Qalb amri" (1966), "Toshqin" (1966) kabi filmlar mongol xalqining hayotini tasvirladi. Keyingi yillarda "Kuyov", "Visol", "Motor shovqini", "Dovon ketidan dovon" filmlari yaratildi. Yiliga bir necha badiiy film, 30 ga yaqin qisqa metrajli hujjatli film ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston — Mongoliya munosabatlari

1977 y.dan 1994 y.gacha Toshkentda M.ning Bosh konsulxonasi ishladi, M.ning moliyaviy ahvoli yomonlashuvi munosabati bilan Bosh konsulxona yopib qoʻyildi. Xoz. paytda ikkala mamlakat oʻrtasidagi diplomatiya munosabatlari M.ning Qozogʻiston Respublikasidagi elchixonasi orqali amalga oshirilmoqda. 1996 y. 11— 13 fevral kunlari M. delegatsiyasi OʻzR ga tashrif buyurdi, Oʻzbekiston va M. tashki ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar haqida bayonnoma imzolandi. OʻzR bilan M. oʻrtasida ozroq hajmda boʻlsada, savdosotiq yoʻlga qoʻyilgan. 1998 y.da ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,8 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. 1999— 2002 y.larda ham tovar ayirboshlash davom etdi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil