Oʻzbek tili: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 6: Qator 6:
{{Bayroq|Oʻzbekiston}} har xil baholashlar bo'yicha 21,5 mlndan<ref>[http://www.ethnologue.com/show_country.asp?name=UZ Ethnologue report for Uzbekistan]</ref> 24 mlngacha<ref name=autogenerated1>[https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/uz.html CIA — The World Factbook — Uzbekistan]</ref>

{{Bayroq|Oʻzbekiston}} har xil baholashlar bo'yicha 21,5 mlndan<ref>[http://www.ethnologue.com/show_country.asp?name=UZ Ethnologue report for Uzbekistan]</ref> 24 mlngacha<ref name=autogenerated1>[https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/uz.html CIA — The World Factbook — Uzbekistan]</ref>

{{bayroq|Afgʻoniston}} 1,4 mln atrofida<ref>[http://www.ethnologue.com/show_country.asp?name=AF Ethnologue report for Afghanistan]</ref>

{{bayroq|Afgʻoniston}} 1,4 mln atrofida<ref>[http://www.ethnologue.com/show_country.asp?name=AF Ethnologue report for Afghanistan]</ref>

{{bayroq|Tojikiston}} 1021 ming<ref>{{lang-az|21-30 sentyabr 2010-cu il siyahıyaalınmasına əsasən Tacikistanda etnik özbəklərin sayı 1054726 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər isə 1020820 nəfər (özbəklər 926344 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 903211 nəfər, laqaylar 65555 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 60392 nəfər, qonqratlar 38078 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 37831 nəfər, durmənlər 7608 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 7565 nəfər, qataqanlar 7601 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 7552 nəfər, barlaslar 5271 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 0 nəfər, yüzlər 3798 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 3798 nəfər, minqlər 268 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 268 nəfər, kesamirlər 156 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 156 nəfər, semizlər 47 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 47 nəfər) olmuşdur. İstinad olaraq bax: Барӯйхатгирии аҳолӣ ва фонди манзили Ҷумҳурии Тоҷикистон дар соли 2010. Ҳайати миллӣ, донистани забонҳо ва шаҳрвандии аҳолии Ҷумҳурии Тоҷикистон. Ҷилди III. Ҳайати таҳририя: Муҳаммадиева Б.З. – Раиси ҳайати таҳририя, Шокиров Ш.Ш., Асоев А.Р., Норов К.Д., Бойматов К.Ф., Гукасова Т.П., Абдуллоев М.А., Жданова Л.В. Агентии омори назди Президенти Ҷумҳурии Тоҷикистон, Душанбе, 2012, саҳ. 12-16}}</ref>

{{bayroq|Tojikiston}} 1021 ming<ref>{{lang-az|21-30 sentyabr 2010-cu il siyahıyaalınmasına əsasən Tacikistanda etnik özbəklərin sayı 1054726 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər isə 1020820 nəfər (özbəklər 926344 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 903211 nəfər, laqaylar 65555 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 60392 nəfər, qonqratlar 38078 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 37831 nəfər, durmənlər 7608 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 7565 nəfər, qataqanlar 7601 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 7552 nəfər, barlaslar 5271 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 0 nəfər, yüzlər 3798 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 3798 nəfər, minqlər 268 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 268 nəfər, kesamirlər 156 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 156 nəfər, semizlər 47 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 47 nəfər) olmuşdur. İstinad olaraq bax: Барӯйхатгирии аҳолӣ ва фонди манзили Ҷумҳурии Тоҷикистон дар соли 2010. Ҳайати миллӣ, донистани забонҳо ва шаҳрвандии аҳолии Ҷумҳурии Тоҷикистон. Ҷилди III. Ҳайати таҳририя: Муҳаммадиева Б.З. – Раиси ҳайати таҳририя, Шокиров Ш.Ш., Асоев А.Р., Норов К.Д., Бойматов К.Ф., Гукасова Т.П., Абдуллоев М.А., Жданова Л.В. Агентии омори назди Президенти Ҷумҳурии Тоҷикистон, Душанбе, 2012, саҳ. 12-16.}}</ref>

{{bayroq|Qirgʻiziston}} 870 ming<ref>[http://212.42.101.100:8088/nacstat/node/23 Перепись-2009]</ref>

{{bayroq|Qirgʻiziston}} 870 ming<ref>[http://212.42.101.100:8088/nacstat/node/23 Перепись-2009]</ref>

{{bayroq|Qozogʻiston}} 450 ming atrofida.

{{bayroq|Qozogʻiston}} 450 ming atrofida.

22-Dekabr 2014, 09:31 dagi koʻrinishi

Oʻzbek tili
Milliy nomi O‘zbek tili, ئۇزبېك تیلى, Ўзбек тили
Mamlakatlar Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston, Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston, Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston, Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston , Tojikiston bayrogʻi Tojikiston , Rossiya bayrogʻi Rossiya , Xitoy bayrogʻi Xitoy , Turkiya bayrogʻi Turkiya va boshqa mamlakatlar.
Rasmiylik holati

Oʻzbekiston Oʻzbekiston

Afgʻoniston Afgʻoniston[1]
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni

Butun dunyo 30 milliondan ortiq (2012)[2]
Oʻzbekiston har xil baholashlar bo'yicha 21,5 mlndan[3] 24 mlngacha[4]
Afgʻoniston 1,4 mln atrofida[5]
Tojikiston 1021 ming[6]
Qirgʻiziston 870 ming[7]
Qozogʻiston 450 ming atrofida.
Turkmaniston 317 ming[8]

Rossiya 273 ming[9]
Tartiblovchi tashkilot Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti
Oʻrni 28
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qarluq guruhi
Qarluq-xorazmiy ostguruhi
Qipchoq guruhi
Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi lotin, kirill, arab
Til kodlari
ISO 639-1 uz
ISO 639-2 uzb
ISO 639-3 uzb,
uzn — Shimoliy,
uzs — Janubiy

Oʻzbek tili (O‘zbekcha yoki O‘zbek Turkchasi) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.

Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.

O‘zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:

Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VIVII asrlar) shu tilda yaratilgan.

XIXIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lug‘atit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.

XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi o‘zbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o‘zbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.

O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski o‘zbek adabiy tili shakllanib bo‘ldi.

Eski o‘zbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bog‘liqdir. U eski o‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lug‘atayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda o‘zbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.[10]

Grammatikasi

Kelishiklar

O‘zbek tilida 6 ta kelishik bor.

Kelishiklar Kelishik ko‘rsatkichlari Kelishik savollari Misollar
1 Bosh kelishik  — Kim? nima? qayer? Dono, kitob, Toshkent
2 Qaratqich kelishigi -ning Kimning? nimaning? qayerning? Dononing, kitobning, Toshkentning
3 Tushum kelishigi -ni Kimni? nimani? qayerni? Dononi, kitobni, Toshkentni
4 Chiqish kelishigi -dan Kimdan? nimadan? qayerdan? Donodan, kitobdan, Toshkentdan
5 Joʻnalish kelishigi -ga Kimga? nimaga? qayerga? Donoga, kitobga, Toshkentga
6 Oʻrin-payt kelishigi -da Kimda? nimada? qayerda? Donoda, kitobda, Toshkentda

Leksikasi

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibi asosan, 5 manba negizida tashkil topgan :

1. umum turkiy so‘zlar.
2. o‘zbekcha so‘zlar.
3. fors-tojikcha so‘zlar.
4. arabcha so‘zlar.
5. ruscha so‘zlar.

Umumturkiy so‘zlar ko‘pchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan ko‘pgina so‘zlar borki ular azaldan turkiy qabilalar tilida mavjud edi, ular hozir ham ishlatiladi. Masalan: kishi, ot, qo‘l, oyoq…

O‘zbekcha so‘zlar o‘zbek tili sharoitida, o‘zbek tili yoki boshqa til elementlari yordamida ko‘pgina so‘zlar yaratilgan. Masalan: ishxona, so‘roq, ulfatchilik, bog‘dorchilik…

Fors-tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida tubandagi kabi so‘zlar bor. Ular dasturxon, chiroq, parda, marvarid, marjon…

Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar. Arab so‘zlari o‘zbek tiliga VIIVIII asrlardan boshlab kiradi. Bu hol arablarning shu davrda O‘rta Osiyoni jabt etishlari bilan bog‘liq. Hozirgi o‘zbek tilida arab tilidan kirgan quyidagi kabi so‘zlar mavjud: kasb, mehnat, hayvon, ittifoq, millat… Arab so‘zlari birinchidan kitob, madrasa, din, davlat tuzimi orqali kirgan. Ikkinchidan Eroni tillar orqali kirgan. Uni masalan arab so‘zlariga tojikcha morfemalar qo‘shib yasalgan. Masalan: darxaqiqat, mansabdor, mulkdor, baquvvat… kabi so‘zlardan bilsa bo‘ladi.

Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar. O‘zbek milliy tilining shakillanishi va rivojlanishida rus millatining tili g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Rus xalqi bilan o‘zbek xalqi orasidagi yaqin aloqa, ayniqsa ruslarning iqtisodiy va madaniy taʼsiri rus tilidan ruscha va yevropa tillariga oid so‘zlkarning o‘zbek tiliga kirishiga sabab boʻlgan. Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar: fabrika, gimnaziya, doktor, shapka…

Yozuvi

Tarixda oʻzbek tilini yozish uchun koʻp alifbolardan qoʻllanilgan. 1928-yilgacha savodli kishilar oʻzbek tilini arab yozuvida yozishgan. 1928-yildan 1940-yilgacha oʻzbek tili lotin yozuvida yozilgan. 1940-yil Iosif Stalinning buyrugʻi bilan majburan kirill yozuviga oʻtilgan. 1992-yilgacha oʻzbek tili shu yozuvda yozilgan. 1993-yil Oʻzbekiston rasman lotin yozuvini yana qaytadan kirgizdi. Hozirda Oʻzbekistonda taʼlim joylarida lotin yozuvidan qoʻllaniladi. Shunday boʻlsa ham yoshi kattalar va Oʻzbekiston tashqarisida yashaydigan oʻzbeklar hali ham kirill yozuvidan qoʻllanishadi.

Alifbodagi o‘zaro farqlar (Alifbodagi oʻzaro farqlar)
Arabcha (Arabcha) Lotincha (Lotincha) Kirillcha (Kirillcha) Lotincha (Lotincha) Xalqaro Fonetik Alifbosi (Xalqaro Fonetik Alifbosi)
—1929 1936—-1940 1940—-1992 1992—
ﺍ, ه Ə ə А а A a [a], [æ]
B b Б б B b [b]
D d Д д D d [d]
E e Э э E e [ɛ]
F f Ф ф F f [f]
گ G g Г г G g [gʻ]
ﺡ,ﻩ H h Ҳ ҳ H h [h]
ی I i И и I i [ɪ]
ﺝ, ژ Ç ç, Ƶ ƶ Ж ж J j [ʤ]
K k К к K k [k']
L l Л л L l [l]
M m М м M m [m]
N n Н н N n [n]
A a О о O o [ɔ]
پ P p П п P p [p]
Q q Қ қ Q q [q]
R r Р р R r [r]
ﺙ,ﺱ,ﺹ S s С с S s [s]
ﺕ,ﻁ T t Т т T t [t]
U u У у U u [u]
V v В в V v [v], [w]
X x Х х X x [x]
ی J j Й й Y y [j]
ﺫ,ﺯ,ﺽ,ﻅ З з Z z Z z [z]
O o Ў ў O‘ o‘ [o]
Ƣ ƣ Ғ ғ G‘ g‘ [ɣ]
Ş ş Ш ш Sh sh [ʃ]
چ C c Ч ч Ch ch [ʧ]
ء, ع ' Ъ [ʔ]

Arab yozuvi

Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 19291930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

Yanalif

1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) o‘tilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.

A a B b C c Ç ç D d E e Ə ə F f
G g Ƣ ƣ H h I i J j K k L l M m
N n N̡ n̡ O o Ө ө P p Q q R r S s
Ş ş T t U u V v X x Y y Z z Ƶ ƶ

Kirill yozuvi

1940-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 19291940-yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.

А а Б б В в Г г Д д Е е Ё ё Ж ж
З з И и Й й К к Л л М м Н н О о
П п Р р С с Т т У у Ф ф Х х Ц ц
Ч ч Ш ш Ъ ъ Ь ь Э э Ю ю Я я Ў ў
Қ қ Ғ ғ Ҳ ҳ

1940-yildan 1991-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.

Lotin yozuviga koʻchish

Lekin, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.

A a B b D d E e F f G g H h I i
J j K k L l M m N n O o P p Q q
R r S s T t U u V v X x Y y Z z
Oʻ oʻ Gʻ gʻ Sh sh Ch ch ng ʼ

Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.

Eslatmalar

1. The Constitution of Afghanistan. Article 16
2. Languages of the World
3. Ethnologue report for Uzbekistan
4. CIA — The World Factbook — Uzbekistan
5. Ethnologue report for Afghanistan
6. ozarbayjoncha: 21-30 sentyabr 2010-cu il siyahıyaalınmasına əsasən Tacikistanda etnik özbəklərin sayı 1054726 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər isə 1020820 nəfər (özbəklər 926344 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 903211 nəfər, laqaylar 65555 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 60392 nəfər, qonqratlar 38078 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 37831 nəfər, durmənlər 7608 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 7565 nəfər, qataqanlar 7601 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 7552 nəfər, barlaslar 5271 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 0 nəfər, yüzlər 3798 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 3798 nəfər, minqlər 268 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 268 nəfər, kesamirlər 156 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 156 nəfər, semizlər 47 nəfər – onlardan öz millətinin dilini ana dili hesab edənlər 47 nəfər) olmuşdur. İstinad olaraq bax: Барӯйхатгирии аҳолӣ ва фонди манзили Ҷумҳурии Тоҷикистон дар соли 2010. Ҳайати миллӣ, донистани забонҳо ва шаҳрвандии аҳолии Ҷумҳурии Тоҷикистон. Ҷилди III. Ҳайати таҳририя: Муҳаммадиева Б.З. – Раиси ҳайати таҳририя, Шокиров Ш.Ш., Асоев А.Р., Норов К.Д., Бойматов К.Ф., Гукасова Т.П., Абдуллоев М.А., Жданова Л.В. Агентии омори назди Президенти Ҷумҳурии Тоҷикистон, Душанбе, 2012, саҳ. 12-16.
7. Перепись-2009
8. Ethnologue report for Turkmenistan
9. >Информационные материалы об окончательных итогах Всероссийской переписи населения 2010 года
10. O‘zbek tili haqida sayt

Havolalar