Daniya — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
qisqa izoh tahrirlanmadi
(Removing Link FA template as it is now available in wikidata)
da oʻrtacha t-ra 0°, iyulda 15—16°. Yillik yogin 600—900 mm. Yogʻinning koʻp qismi kuzda yogʻadi, bahorda va yozda yogʻin kam boʻladi. Tez-tez tuman tushadi. Daryolari juda qisqa (eng kattasi Gudeno, 158 km). Kichik oqar koʻl koʻp. Mamlakat gʻarbining tuprogʻi podzol, sharqiniki qoʻngʻir oʻrmon tuproqlardir. Bu yerlarda dehqonchilik qilinadi. Dengiz sohillarida oʻtloqi allyuvial tuproq, karbonat jinslarda esa karbonatli qoʻngʻir tuproqlar paydo boʻlgan. Hududining 10 % ga yaqini oʻrmon b-n band. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qoraqayin va dub oʻrmonlari bor. Bu oʻrmonlarda yovvoyi xayvonlardan ohu, asil va chipor bugʻu, elik, tiyin, tustovuq uchraydi. Sohillarda parranda koʻp. Yirik qoʻriqxonalari: Xesselyo, Vorse.
 
Aholisining 98 % danlar; nemislarolmonlar va frizlar ham bor. Aholining oʻrtacha zichligi bir km2 ga 114 kishi. Aholining 84,9 % shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91 % — lyuteranlar. Yirik shaharlari: Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg .
 
 
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida roʻy bergan siyosiy va ijtimoiy uzgarishlar 1915 y.gi konstitutsiyada oʻz aksini topdi. 1-jahon urushida D. betaraf turdi.
 
1930-y.lardagi jahon iqtisodiy buhroni D. iqtisodiyotiga katta salbiy taʼsir etdi. 1940 y. apr.da GermaniyaOlmoniya D.ni bosib oldi va uni oʻzining oziqovqat bazasiga aylantirdi. 1942—43 y.larda mamlakatda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943 y. sent.da qarshilik koʻrsatish qarakatining rahbar organi hisoblangan Ozodlik kengashi tuzildi. 1945 y. 5 mayda mamlakat toʻla ozod qilindi. D.— 1945 y.dan BMT aʼzosi. 1949 y. 4 apr.dan Shim. Atlantika pakti (NATO) aʼzosidir.
 
Milliy bayramlari — 16 apr. — Qirolicha tugʻilgan kun (1940), 5 iyun — Konstitutsiya kuni (1849). OʻzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 25 yanv.da oʻrnatgan.
 
== Transporti ==
T. y. uzunligi 3 ming km dan ortiq, undan 2470 km elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻllari uz. 71 ming km. Asosiy porti — Kopengagen. Tashqi savdosi yalpi ichki mahsulotning 37 % ini tashkil etadi. Chetga asosan mashina va asbob-uskunalar, q.x. va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: GermaniyaOlmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — D. kronasi.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. D. maorif tizimining ilk boʻgʻini — bolalar bogʻchalari. 6 yoshdan bolalar uchun 9 y.lik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati — 7 y., kichik oʻrta (real) maktablarda 3 y., yuqori oʻrta maktab (gimnaziya)larda 3 y., xunar-texnika bilim yurtlarida 1 — 3 y. Bolalarning 90 % bepul davlat maktablarida taʼlim oladi. Oliy oʻquv yurtlariga gimnaziya attestatlari asosida tanlov yoʻli b-n qabul qilinadi. 5 ta un-t, 3 ta texnika un-ti, 20 ga yaqin in-t va kollejlarda oliy maʼlumot beriladi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Kopengagen (1479 y.da asos solingan) va Orxus (1928 y.da asos solingan) un-tlari, D. muxandislik akademiyasi, Kopengagen texnika un-ti. Ilmiy muassasalari: Daniya qirolligi fanlar akademiyasi (1742 y. Kopengagen sh.da tashkil etilgan, 210 dan ortiq aʼzosi bor), Nafis sanʼat akademiyasi (1754 y.da asos solingan), Daniya qirolligi texnika fanlari akademiyasi (1937 y. Lingbi sh.da tashkil etilgan, 580 dan ortiq aʼzosi, 25 i.t. in-ti va assotsiatsiyalari bor), 20 dan koʻproq i. t. muassasalari va b. Kutubxonalari: Kopengagendagi Qirollik va Munitsipal, Orxusdagi davlat va un-t kutubxonalari va b. Muzeylari: Kopengagendagi milliy qirollik nafis sanʼat muzeyi, Kirollik dengiz muzeyi, Odensedagi X. K. Andersen uymuzeyi va b.
 
== Tasviriy sanʼati ==
D. hududidan tosh, jez, temir davri madaniyat yodgorliklari topilgan (kahrabo haykalchalar, urush va ov manzaralarining toshga oʻyilgan tasvirlari, qurol-yarogʻlar, ziynat buyumlari, kumush idishlar, oltin tangalar va b.). Roman davri (12— 13-a.lar) monastirlari naqshlar b-n bezatilgan. Gotika davri (13-a.—16-a. boshlari) soborlaridagi naqshlarda realistik elementlar mavjud. 15-a. ning 2-yarmida D.ga GermaniyaOlmoniya, Niderlandiya, Fransiyadan koʻplab rassom va ustalar koʻchib keldi. Kopengagenda Badiiy akademiya tashkil etilishi (1754) va klassitsizm taraqqiyoti D. milliy rassomlik maktabining tashkil topi-shiga olib keldi. 19-a. 1-yarmida rassomlik sanʼatida K. V. Ekkersberg va uning izdoshlari K. Kyobke, V. Bends va b. ijodida lirizm, voqelikning bevosita tasviri kuchli boʻldi. 20-a. boshlarida D. sanʼatiga fovizm, kubizm, 30-y.lar oʻrtalaridan impressionizm va abstraksionizm kabi turli oqimlar kirib keldi. Realizm ruhida ijod etuvchi O. Rude, X. Yensen, X. Bidstrup kabi rassomlar ijodi abstraksionizm va b. modernistik oqimlarga qarama-qarshi turdi. Neoklassitsizm tamoyillari asosida ijod etuvchi rassomlar ham bor. Keyingi yillarda maishiy va siyosiy mavzular rassomlarni koʻproq qiziqtira boshladi.
 
 
Anonim foydalanuvchi

Navigatsiya