Ahmad Aʼzam: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Farruxbek (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2: Qator 2:
: Ahmad A'zam – [[yozuvchi]], [[munaqqid]], [[ssenarist]], [[telejurnalist]].
: Ahmad A'zam – [[yozuvchi]], [[munaqqid]], [[ssenarist]], [[telejurnalist]].


: 1949 yili [[Samarqand]] viloyati, [[Jomboy tumani]]dagi G’azira qishlog’ida tug’ilgan.
: 1949 yili [[Samarqand]] viloyati, [[Jomboy tumani]]dagi G’azira qishlog’ida tug’ilgan. 2014 yili Toshkent shahrida vafot etgan.


: 1971 yili Samarqand davlat universitetining o’zbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
: 1971 yili Samarqand davlat universitetining o’zbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.

28-Oktyabr 2014, 11:25 dagi koʻrinishi

Ahmad A'zam
Ahmad A'zam – yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist.
1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi G’azira qishlog’ida tug’ilgan. 2014 yili Toshkent shahrida vafot etgan.
1971 yili Samarqand davlat universitetining o’zbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin “Guliston” jurnali, “O’zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi, “Sovet O’zbekistoni san'ati” jurnali redaksiyalarida, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shug’ullangan, “Birlik” xalq harakati hamraisi, “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi bo’lgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar).
1995 yildan O’zbekiston televideniesida bosh muharrir, “O’zbekiston” telekanali bosh direktori, “O’zbektelefilm” studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
O’zbekiston televideniyesida yuzlab ko’rsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: “O’zlik”, “Xalqning ko’ngli”, “To’rtinchi hokimiyat”.
“Oyning gardishi”, “Bu kunning davomi”, “Asqartog’ tomonlarda”, “Soyasini yo’qotgan odam”, “O’zi uylanmagan sovchi”, "O'zim bilan o'zim" degan nasriy asarlar, “Mas'ul so’z” degan adabiy-tanqidiy maqolalar to’plamidan iborat kitoblari bosilgan.
Yozuvchining ijodi bilan ahmadazam.com sahifasida tanishish mumkin.