Maktab: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
Qator 37: Qator 37:
=== Dinga nisbatan: ===
=== Dinga nisbatan: ===
* Dunyoviy maktab
* Dunyoviy maktab
*
* Diniy maktab
Maktab-naqadar sehrli soʻz! Hozirgi kundagi raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, har bir viloyatning oʻzida yuzga yaqin umumtaʼlim maktablari va maktab-internetlar mavjud. Maktab-internatlar maʼlum bir fanga ixtisoslashgan boʻlib, unda oʻquvchilar asosan ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha chuqurroq bilim olishadi. Bunday maktab internatlarda tumanlardan qatnab oʻqiydigan oʻquvchilar yotoqxona bilan taʼminlanadi. Surxondaryo viloyatining oʻzida ham koʻplab maktab internatlar mavjud. Ayniqsa koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilgan Fizika va matematika maktab internati ham 300 dan ortiq oʻquvchilarni oʻz oldiga jalb qilmoqda. Shu maktab internat Yaponiya grantini yutib olgan. Bu grant 4 333 $ AQSH dollariga teng.

[[Turkum:Maktab|*]]
[[Turkum:Maktab|*]]
[[Turkum:Maktablar]]
[[Turkum:Maktablar]]

== Manbalar ==
== Manbalar ==

13-Oktyabr 2014, 14:47 dagi koʻrinishi

Maktab - o'qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma'lumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan o'quv tarbiya muassasasi. O'zbekistonda maktab, asosan, davlat mulki bo'lib, unda o'qish bepuldir. Shu bilan birga oliy o'quv yurtlarida o'qish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining 1997-yilda qabul qilingan «Ta`lim to'g'risida»gi qununi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilab berilganidek, O'zbekiston maktablarida ta`lim oʻquvchilarning ona tilida olib boriladi. Barcha maktablarda o'quvchi va talabalar uchun uzliksiz tarzda ta`limning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga o'tish ta`minlangan. Boshlang'ich va O'rta maktablarda ta`limning asosiy shakli - dars, o'rta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy maktablarda - lektsiya.

Maktab — 1) oʻqituvchi rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi. M.ni kuyidagi turlarga boʻlish mumkin: a) beriladigan bilimning harakteriga kura — umumiy va professional; b) bilimning koʻlamiga koʻra — boshla-ngʻich (yoki quyi), oʻrta, oliy; v) kimning qaramogʻida boʻlishiga qarab — davlat, munitsipal (jamoa) va xususiy; g) oʻquvchilar jinsiga koʻra — aralash (har ikki jinsdagi oʻquvchilar uchun), ayollar hamda erlar maktabi;d) dinga nisbatan — dunyoviy vadiniy (konfessional); ye) bolalar M.da boʻlish vaqtiga qarab — qatnab oʻqiydigan M. va tunab qolinadigan M. (pansion, internat va t.k.). Oʻzbekistonda M., asosan, davlat mulki boʻlib, unda oʻqish bepuldir. Shu bilan birga oliy oʻquv yurtlarida oʻqish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. OʻzR ning 1997 y.da qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qoluni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida taʼlim oʻquvchilarning ona tilida olib boriladi. Barcha M.larda oʻquvchi va talabalar uchun uzluksiz tarzda taʼlimning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga oʻtish taʼminlangan. Boshlangʻich va oʻrta M.larda taʼlimning asosiy shakli — dars, oʻrta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy maktablarda — leksiya.

Ilk M.lar qad. Sharq mamlakatlari (Xitoy, Bobil, Misr va b.)da paydo boʻlgan; bu mamlakatlardagi ibodatxonalarda kohinlar va kotiblar M.lari boʻlgan. Yevropada dastlabki M.lar taxminan mil. av. 6-a.da Yunonistonda, mil. av. 4-a.da Qad. Rimda vujudga kelgan.

Oʻrta Osiyoda boshlangʻich taʼlim beradigan M. maktabxona deb nomlangan. Oʻrta Osiyoda M.lar tipidan yana Madrasa, qorixonank koʻrsatish mumkin. Madrasa oʻrta va oliy tipdagi M. hisoblangan; qorixonada Qurʼonni tilovat qilish oʻrganilgan.

Turkistondagi rus aholi mahalliy aholiga nisbatan M.lar bilan yaxshi taʼminlangan. 1876 y.dan gimnaziya, real M., muallimlar seminariyasi va b. xil M.lar ochilgan. Rus M.larining ayrimlarida mahalliy millat bolalari ham oʻqigan. 19-a. oxirlarida mahalliy millat bolalari uchun rus-tuzem maktablari tashkil etila boshladi. Bu M.lar, asosan, chorizmning mustamlakachilik siyosatiga xizmat qilgan boʻlsada, oʻlkada ilgʻor oʻqish usullarining yoyilishida maʼlum rol oʻynadi. Sovet tuzumi davrida M.lardagi taʼlim jarayonining oʻzi va oʻqitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qoldi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maktablarning moddiy texnika bazasini rivojlantirish, ularni ilmiy metodik jihatdan taʼminlash sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda M. ishlari yuksak surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda 9672 umumiy oʻrta taʼlim maktabi (6 mln. dan ortiq oʻquvchi), 224 oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurti (223 ming oʻkuvchi), 61 oliy oʻquv yurti (125,5 ming talaba) mavjud (2002). Yana q. Xalq taʼlimi, Boshlangʻich maktab, Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Akademik litsey, Kasb-hunar kolleji, Oliy oʻquv yurtlari; 2) fan, adabiyot, sanʼat, ijtimoiysiyosiy hayot va sh.k.da oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan yoʻnalish, oqim (mas, geolog olim Habib Abdullayev maktabi va h.k.).

M. atamasi, shuningdek, rangtasvir, haykaltaroshlikka, oʻziga xosligi aniq ifodalangan shahar yoki maʼlum vilo-yat meʼmorligiga, u yoki bu darajada anik, uslubiy va tarixiy chegaralariga ega boʻlgan butun bir mamlakatning milliy sanʼatiga nisbatan ham qoʻllanadi (mas, Hirot miniatyura maktabi).

Rohatoy Safarova, Laylo Shermamatova. [1]

Maktabni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

Beriladigan bilimning xarakteriga ko'ra:

  • Umumiy maktab
  • Professional maktab

Bilimning ko'lamiga ko'ra:

  • Boshlang'ich maktab
  • O'rta maktab
  • Oliy maktab

Kimning qaramog'ida bo'lishiga qarab:

  • Davlat maktabi
  • Jamoa maktabi
  • Xususiy maktab

O'quvchilar jinsiga ko'ra:

  • Aralash (barcha uchun) maktab
  • Ayollar maktabi
  • Erkaklar maktabi

Dinga nisbatan:

  • Dunyoviy maktab

Maktab-naqadar sehrli soʻz! Hozirgi kundagi raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, har bir viloyatning oʻzida yuzga yaqin umumtaʼlim maktablari va maktab-internetlar mavjud. Maktab-internatlar maʼlum bir fanga ixtisoslashgan boʻlib, unda oʻquvchilar asosan ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha chuqurroq bilim olishadi. Bunday maktab internatlarda tumanlardan qatnab oʻqiydigan oʻquvchilar yotoqxona bilan taʼminlanadi. Surxondaryo viloyatining oʻzida ham koʻplab maktab internatlar mavjud. Ayniqsa koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilgan Fizika va matematika maktab internati ham 300 dan ortiq oʻquvchilarni oʻz oldiga jalb qilmoqda. Shu maktab internat Yaponiya grantini yutib olgan. Bu grant 4 333 $ AQSH dollariga teng.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil