Yuriy Gagarin: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
Qator 29: Qator 29:
{{bio-stub}}
{{bio-stub}}
{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
{{Link FA|fa}}
{{Link FA|cs}}

16-Sentyabr 2014, 14:05 dagi koʻrinishi

Yuriy Alekseyevich Gagarin
Юрий Алексеевич Гагарин
Tavalludi 9-mart 1934-yil
Vafoti 27-mart 1968-yil(1968-03-27)
(34 yoshda)
SSRI, RSFSR, Novosyolovo
Fuqaroligi SSSR
Otasi Aleksey Gagarin
Onasi Anna Gagarina

Yuriy Alekseyevich Gagarin (ruscha: Ю́рий Алексе́евич Гага́рин;[1] 1934-yil 9-mart1968-yil 27-mart) sovet uchuvchisi va fazogiri boʻlgan. 1961-yili 12-aprelda Vostok fazoviy kemasida Yer orbitasini aylanib chiqib, koinotdagi ilk inson boʻldi.

Gagarin butun dunyoda tanilgan, koʻplab medal va ordenlar, jumladan, "Sovet Ittifoqi Qahramoni" ordeni bilan taqdirlangan. Gagarin keyinchalik Moskva yaqinida joylashgan Kosmonavt Tayyorlash Markazining boshliq oʻrinbosari boʻldi; ushbu markaz hozirda uning nomi bilan ataladi. Gagarin 1968-yili Mig 15 uchogʻini boshqarayotib, halokatga uchradi va vafot etdi.

Gagarin sharafiga xotira tangalari, pochta markalari zarb etilgan, haykal va monumentlar oʻrnatilgan,[2] uning sharafiga maktab, kinoteatr, topografik joylar nomlangan. Har yili 12-aprelda Kosmonavtika Kuni nishonlanadi. 2011-yili odamzotning ilk parvozini Google ham xotirladi.[3]

Gagarin Yuriy Alekseevich (1934.9.3, Smolensk viloyati, Klushino qishlogʻi — 1968.27.3) — kosmonavt uchuvchi, dunyoda birinchi boʻlib kosmik fazoga parvoz etgan. Qahramon (1961), polkovnik. Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo muhandislik akademiyasini bitirgan (1968). 1961 y. 12 apr.da "Vostok" kosmik kemasida parvoz qilib, 1 soat 48 min .da yer sharini aylanib uchdi. Kosmonavtlar ekipajlarini oʻqitish va mashq qildirishda qatnashdi. Samolyotda mashq qilayotgan vaqtida falokat yuz berib halok boʻldi. Xalqaro aviatsiya federatsiyasi qarori bilan 1968 y.da Yuriy Alekseevich Gagarin nomidagi oltin medal taʼsis etildi. Jahondagi koʻp shaharlarda G. nomi abadiylashtirilgan. Jumladan Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida shahar uning nomiga qoʻyilgan; Toshkent sh.da haykali oʻrnatilgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga G.nomi berilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar