Mumbay: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link GA template as it is now available in wikidata
Qator 54: Qator 54:





{{Link GA|de}}
{{Link FA|es}}
{{Link FA|es}}
{{Link FA|mr}}
{{Link FA|mr}}

16-Sentyabr 2014, 13:53 dagi koʻrinishi

Mumbay
Skyline of Mumbay
19°4′33″N 72°52′39″E / 19.07583°N 72.87750°E / 19.07583; 72.87750 G OKoordinatalari: 19°4′33″N 72°52′39″E / 19.07583°N 72.87750°E / 19.07583; 72.87750 G O
Hukumat
 • mer Sunil Prabhu
[[File:|290px|Mumbay xaritada]]

Mumbay (avvalgi nomi Bombay) — Hindistonning sobiq poytaxti, hozirda Maharashtra shtatining markazi.

Fayl:Mumbai Montage.jpg
Mumbay manzaralari

Bombay, Mumbay (Mumba maʼbudasi nomidan) — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatining maʼmuriy markazi (I960 y.dan). Hindistonning gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi Bombay va Solsett o.larida joylashgan, koʻprik va koʻtarmalar bilan materikka tutashgan. Aholisi 9,9 mln. kishi (1991).

B.ni 1532 y.da Portugaliya mustamlakachilari bosib olgan. 1661 y.dan Angliya ixtiyoriga oʻtdi. 1668 y.dan inglizlarning OstIndiya kompaniyasi B. da harbiy va savdo bazalar qura boshladi. 19-a.da Hindistonning muhim iktisodiy va ijtimoiy markaziga aylandi. B.da hindistonliklarning ingliz mustamlakachilariga qarshi siyosiy chiqishlari boʻlib oʻtgan (1908, 1946). B. mamlakat shaharlari orasida aholisining soni boʻyicha birinchi, iktisodiy va madaniy mavqei jihatidan ikkinchi oʻrinda. Shaharda turli dindagi har xil millat vakillari (marathlar, gujoratlar, sekxlar, balujlar, otashparast forelar) yashaydi. B. Hindistonning Arabiston dengizi sohilidagi eng katta porti. Bir yillik yuk ortib tu shiri sh 30 mln. t. B.da yirik tovar, fond, paxta birjalari, milliy va chet el banklari, sugʻurta kompaniyalari joylashgan. Ichki va xalkaro aviatsiya yoʻllari tuguni. Mamlakatning asosiy eksport va importi B. orkali utadi. Chetga marganes va b. r udal ar, paxta, ip gazlama, teri va charm, moyli oʻsimlik urugʻlari chiqariladi. Chetdan mashina va uskunalar, kumir, neft, gʻalla keltiriladi. Sanoati rivojlangan. B. mamlakatning asosiy sanoat xususan, toʻqimachilik sanoati markazlaridan biri (mamlakat ip gazlama sanoatining kariyb 3/4 qismi B.da), shuningdek bankmoliya markazi; B.da nefti i qayta ishlash, mashinasozlik, yogʻochsozlik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoklari mavjud.

B. binolari yevropacha va hindcha uslub bilan asosan 19—20-a.larda qurilgan. B. orolidagi fort (qalʼa) shaharning shahristoni hisoblanadi. Bu yerda davlat muassasalari, banklar, unt (18S7) va b. bor. B. markazida katta Kroford bozori (1871) joylashgan. B. yaqinida Tarapur AES bor. Shahar 16 a.dan maʼlum.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar




Andoza:Link FA Andoza:Link FA