Qozoq tili: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 38: Qator 38:


[[Qozogʻiston]]ning [[davlat tili]] hisoblanadi.
[[Qozogʻiston]]ning [[davlat tili]] hisoblanadi.
== Eslatmalar ==
== Manbalar ==
<references/>
<references/>



23-Avgust 2014, 13:59 dagi koʻrinishi

Qozoq tili
Milliy nomi Қазақ тілі, قازاق ٴتىلى, Qazaq tili
Mamlakatlar Qozogʻiston, Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va b.
Rasmiylik holati

Qozogʻiston Rossiya:

Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 8,3 mln.
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi
Alifbosi kirill, arab, lotin
Til kodlari
ISO 639-1 kk
ISO 639-2 kaz
ISO 639-3 kaz

Qozoq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qoraqalpoq va noʻgʻay tillari bilan bir-galikda qipchoq tillarinnng qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qozogʻiston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qozogʻiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Mongoliyada, shuningdek, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkiya, Ukraina va b. mamlakatlarda tarqalgan. Q.t.da soʻzlashuvchilarning umumiy soni qariyb 9,5 mln. kishi.

Q.t.ning dialektik boʻlinishi haqida aniq bir fikr yoʻq: baʼzi manbalarda 2 ta, baʼzilarida esa 3 ta (shim.-sharqiy, jan. va gʻarbiy) lah-jaga boʻlinishi haqida fikrlar mavjud. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyatlari jihatdan oʻzaro farq qiladi.

Q.t.ning fonetik xususiyatlari: 9 unli fonemaga ega, unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud, soʻz urgʻusi, asosan, dinamik xususiyatga ega. Boʻgʻinlar 3 turga ajraladi: ochiq, yarim yopiq va yopiq. Morfologik xususiyatlari: otlar kelishiklar bilan turlanadi, ot yasalishida affiksatsiya va kompozitsiya usullari mavjud boʻlsa, sifatlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi; son va olmosh turkumlari farqli belgilarga ega emas. Feʼllar morfologik tuzilishiga koʻra, tub va yasama feʼllarga boʻlinadi, feʼl turkumida 4 mayl (aniqlik, buyruq, istak va shart), 3 zamon (oʻtgan, hoz., kelasi) farqlanadi. ravishlar asliy va nisbiy turlarga boʻlinsa, yordamchi soʻz turkumlari umumturkiy xususiyatlarga ega. Sintaktik xususiyatlari: 4 xil sintaktik aloqa turi (moslashuv, munosabatlashuv, boshqaruv, bitishuv), 4 xil gap turi (darak, soʻroq, buyruq va undov) farklanadi. Gap boʻlaklari tasnifi va tavsifi, gapda soʻzlar tartibi umumturkiy qonuniyatlarga asoslanadi. Qoʻshma gaplar bogʻlovchisiz va bogʻlovchili turlarga boʻlinadi. leksik xususiyatlari: Q.t. leksikasining oʻz qatlamini qad. turkiy tillardan semantik va struktur-morfologik oʻzgarishlarga uchrab oʻtgan umumturkiy qatlam tashkil etadi, shuningdek, unda arab, fors, moʻgʻul, oʻzbek, tatar, rus va xitoy tillaridan oʻzlashgan soʻzlar qatlami ham mavjud.

Arab grafikasiga asoslangan yozma adabiy Q.t. 19-a. 2-yarmida paydo boʻlib, taniqli qozoq maʼrifatparvarlari Abay Qoʻnonboyev va Ibray Oltinsarinlar faoliyati tufayli 19-a. oxirida toʻliq shakllandi. Yozuvi 1930 y.gacha arab grafikasi asosida, 1930—40 ylarda lotin grafikasi asosida boʻlgan. 1940 y.dan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan.

Ad. Musabayev G. G., Sovremennsh kazaxskiy yazmk, ch.1, Leksika, Alma-Ata, 1959; Musabayev G. G., Sovremenniy0 kazaxskiy yazik, ch.2, Fonetika i morfologiya, Alma-Ata, 1962;Tomanov M., Qazaqtan tarixi fammatikasi. Fonetika, Morfologiya, Almatn, 1981; Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2-izd., M., 1969.

Abduvahob Madvaliyev, Isroil Poʻlatov.


Qozoq tili — (qozoqcha: Қазақ тілі) — turkiy tillar oilasiga mansub til. Noʻgʻoy va qoraqalpoq tillariga yaqin. Markaziy Osiyo (jumladan, Oʻzbekiston), Xitoy, Rossiya, Ukraina va boshqa bir nechta mamlakatlardagi jami 8,5 million kishi tomonidan ona tili sifatida soʻzlashiladi.

Qozogʻistonning davlat tili hisoblanadi.

Manbalar

  1. Zakon Ryespubliki Altay „O yazikax“. Glava I, statya 4