OzodWiki: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 21: Qator 21:
* [http://www.ozodlik.org/archive/ozodwiki/latest/16981/16981.html OzodWiki rukni sahifasi], ''[[Ozodlik radiosi]]''
* [http://www.ozodlik.org/archive/ozodwiki/latest/16981/16981.html OzodWiki rukni sahifasi], ''[[Ozodlik radiosi]]''
* [http://www.personal.ceu.hu/students/11/Nodir_Ataev/Maqolalarim.html OzodWiki rukni ostida berilgan barcha maqolalar], ''Nodir Atayev''
* [http://www.personal.ceu.hu/students/11/Nodir_Ataev/Maqolalarim.html OzodWiki rukni ostida berilgan barcha maqolalar], ''Nodir Atayev''
* [http://www.youtube.com/playlist?list=PLU66USi_nvT-PBuFa_V6WcX2tjl9cnO9- OzodWiki rukni ostida berilgan intervyular], ''YouTube''


[[Turkum:Oʻzbekcha Vikipediya]]
[[Turkum:Oʻzbekcha Vikipediya]]

26-Iyun 2014, 10:15 dagi koʻrinishi

OzodWiki rukni banneri

OzodWiki (yoki OzodViki) — Ozodlik radiosining Oʻzbekcha Vikipediya haqidagi rukni.[1][2] OzodWiki eshittirshlari 2014-yilning 6-fevralida taʼsis qilingan. Ruknning asosiy maqsadi Oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishiga hissa qoʻshishdir.

OzodWiki rukni ostida turli materiallar, jumladan faol Vikipediya tahrirchilaridan olingan intervyular,[2][3][4][5][6][7] mavjud maqolalarga taqrizlar[3][4][8] hamda Vikipediyada tahrir qilish boʻyicha darslar[7] berildi. Bundan tashqari, Oʻzbekcha Vikipediyani ommalashtirish uchun Ozodlik radiosi xabarlarida ishlatilgan ayrim soʻzlar ensiklopediyadagi mos maqolalarga ulandi.[1] OzodWiki loyihasi har ikki taraf uchun ham foydali boʻldi: „Ozodlik radiosi oʻquvchilari kengroq maʼlumotga yoʻnaltirildi va Vikipediya yangi oʻquvchilar va mavzular hisobiga ommalashdi. Bundan tashqari, Ozodlik radiosi Vikipediyaga turli mavzularni yoritishni taklif qildi, Vikipediyada boʻlsa oʻz navbatida Ozodlikka havolalar qoʻshildi.“[1] 2014-yil 22-mayda OzodWiki rukni ostida yakuniy maqola berildi.[9] Ammo kelajakda rukn yana oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkinligi aytildi.

Oʻzbekcha Vikipediyaga koʻrsatgan taʼsiri

Qisqa vaqt ichida OzodWiki rukni ostida berilgan materiallarning Oʻzbekcha Vikipediyaga ijobiy taʼsir qilayotgani kuzatildi.[10] OzodWiki eshittirishi boshlanganidan keyin roʻy bergan oʻzgarishlarning barchasi faqat OzodWiki eshittirishi taʼsirida boʻlgani ehtimoldan xoli boʻlsada, oʻzgarishlarning aksari aynan shu loyiha doirasidagi eshittirishlar boshlanganidan soʻng yuz berdi.

2014-yil yanvar oyida Oʻzbekcha Vikipediyaning bosh sahifasiga 20 368 marta tashrif qilingan boʻlsa, shu yilning mart oyiga kelib bu koʻrsatkich 56 274 ga yetdi.[10] 2013-yil martida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 20 403 ni tashkil qilgan edi. 2014-yil aprel oyida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni boʻlsa 136 592 ni tashkil qildi.[11] 2013-yil aprelida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 12 134 ni tashkil qilgan edi.

Yanvar oyiga qaraganda fevral oyida Oʻzbekcha Vikipediyada faollik sezilarli darajada oshdi. Yanvarda taxminan 1 400 marta tahrir tugmasi bosilgan boʻlsa, fevralda qomus 2 200 atrofida tahrir qilindi.[10] Boshqacha qilib aytganda, fevralda avvalgi oyga qaraganda tahrirlar soni 59 foizga oshdi. Yanvar oyida dekabrga qaraganda tahrirlar soni 32 foizga ozaygani eʼtiborga olinsa, bu sezilarli oʻsishdir.

2014-yil yanvarda kuniga oʻrtacha bir dona maqola yaratilgan boʻlsa, fevralda bu koʻrsatkich uch baravarga oshdi.[12] Yaʼni, OzodWiki eshittirishi berila boshlangan oyda Oʻzbekcha Vikipediyada kuniga oʻrta hisobda uchta maqola yaratildi. 2013-yilning oktabr, noyabr, dekabr oylarida kuniga oʻrtacha ikkita maqola yaratilgan edi.

Shunday boʻlsada, 2014-yilning fevral oyida yangi foydalanuvchilar sonida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmadi.[13] Mazkur oyda ham yanvar oyidagidek kamida oʻn dona tahrir qilgan yangi foydalanuvchilar soni avvalgi oyga solishtirganda uch kishiga oʻsdi: Oʻzbekcha Vikipediyada dekabrda 184, yanvarda 187, fevralda boʻlsa 190 ta yangi foydalanuvchi paydo boʻldi. Shunday boʻlsada, mart va aprelda yangi foydalanuchilar soni bir oz oʻsdi. Kamida oʻn dona tahrir qilgan yangi foydalanuvchilar soni martda toʻrt, aprelda olti kishiga oʻsdi.

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 Omuemu, Sophia. „Fighting Censorship in Uzbekistan, One Entry at a Time“ (2014-yil 17-iyun). Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  2. 2,0 2,1 „The Uzbek Wikipedia Is About to Become More Active“ (Uzbek) (2014-yil 6-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Misha Ge of Uzbekistan will Take Part in the Sochi Winter Olympics on February 13“ (Uzbek) (2014-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  4. 4,0 4,1 „The Uzbek Wikipedia Is Not Keeping up With Euromaidan“ (Uzbek) (2014-yil 19-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  5. „Uzbekistan Has Many Educated Young People Who Can Contribute to Wikipedia, But...“ (Uzbek) (2014-yil 6-mart). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  6. „21 Year Old Doniyor has Added an Article about NATO to the Uzbek Wikipedia“ (Uzbek) (2014-yil 20-mart). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  7. 7,0 7,1 „The Bell has Rung and the Wiki Lesson has Started“ (Uzbek) (2014-yil 27-mart). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  8. „The Uzbek Wikipedia is Closely Watching the Crisis in Crimea“ (Uzbek) (2014-yil 7-mart). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  9. „Today is the "Last Bell" on the Uzbek Wikipedia, Tomorrow Starts Summer Break“ (Uzbek) (2014-yil 22-may). Qaraldi: 2014-yil 23-may.
  10. 10,0 10,1 10,2 „OzodWiki has Increased Visits to the Uzbek Wikipedia by 300 percent“ (Uzbek) (2014-yil 10-aprel). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  11. „Wikipedia article traffic statistics“. Wikipedia article traffic statistics. Qaraldi: 2014-yil 22-may.
  12. „Articles - New articles per day“. Wikipedia Statistics. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.
  13. „Wikipedians - New wikipedians“. Wikipedia Statistics. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.

Havolalar