Kopengagen: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 7: Qator 7:


{{stub}}
{{stub}}

{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

8-Iyun 2014, 14:54 dagi koʻrinishi

Kopengagen — Daniya poytaxti. Zelandiya o.ning sharqiy sohili va unga yondosh Amager o.da joylashgan. Aholisi 495,6 ming kishi (2000). K. atrofi va yoʻldosh shaharlar bilan birga alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan — Katta K. shahar aglomeratsiyasini tashqil etadi. Shahar qoʻlyozmalarda dastlab 1043 y. tilga olingan. 1167 y.da u yerda qasr qurilgan. 1254y.dan shahar maqomini olgan, 1443 y.dan qirol qarorgohi.

K. — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Xalqaro transport yoʻllari tuguni. Eresunn boʻgʻozining gʻarbiy sohilidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t chamasida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. T.y. va paromlar orqali Malme, Xelsingborg va Landskruna (Shvetsiya) hamda Varnemyunde (Germaniya) kabi shaharlar bilan bogʻlangan. Mamlakat sanoatining 1/4 qismi K.da. Sanoatining asosiy tarmogʻi —mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, priborsozlik, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar, velosiped, mototsikl, soat, tibbiy soha uchun priborlar i.ch., avtomobilsozlikdir. Shuningdek, kimyo, qogoz, sement, yengil sanoat, xususan, chinni va sopol buyumlar i.ch. rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Daniya FA, universitet (1479), texnika oliy maktabi, texnologiya, farmatsevtika institutlari, Nafis sanʼat qirollik akademiyasi, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, koʻplab ilmiy muassasalar, muzeylar, botanika bogʻi, teatrlar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Kristiansborg saroyi, birja binosi, Sharlottenborg saroyi va b. saqlangan. Harbiy dengiz baʼzasi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil