Xartum: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 7: Qator 7:


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{Afrika poytaxtlari}}

31-May 2014, 10:29 dagi koʻrinishi

Xartum — Sudanning poytaxti. Mamlakatning eng yirik shahri, savdomoliya, sanoat va madaniyat markazi. Koʻk Nilning chap va Oq Nilning oʻng sohilida, ular qoʻshilgan yerda 380 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi tropik, quruq va issiq, yanvarning oʻrtacha trasi 23°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 160 mm. Transport yoʻllari chorrahasi, daryo porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. X.da xorijiy va davlat banklari, savdo firmalari shtabkvartiralari joylashgan. Oziq-ovqat, paxta tozalash, trikotaj, toʻqimachilik, koʻnteri, rezinatexnika, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. universitet, Qohira universiteti filiali, teatr va muzeylar bor.

Shaharga 1822 y.da misrliklar harbiy lager sifatida asos solgan, 1825 y.dan Sudan poytaxti. 1898 y.da inglizlar bosib olgan. 1956 y.dan mustakil Sudan poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Respublika saroyi (1889), Jome masjidi (1900) va b. saklangan.