Xanoy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
kTahrir izohi yoʻq
Qator 8: Qator 8:


{{stub}}
{{stub}}

{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

26-May 2014, 19:45 dagi koʻrinishi

Xanoy — Vyetnam poytaxti, Xongxa daryosining Bakbo qoʻltigʻiga kuyilish yeridan 175 km masofada joylashgan. Atrofidagi hududlar bilan markazga boʻysunuvchi maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 1,24 mln. kishi (1998). Iklimi mussonli, subekvatorial, yanvar

ning oʻrtacha trasi 16°, iyulniki 29°. Yillik yogʻin 1800 mm. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dengiz avanporti — Xayfon.

X. — mamlakatning muhim iktisodiy va madaniy markazi. Mamlakat sanoat mahsulotining 1/6 qismi X.da ishlab chikariladi. Mashinasozlik (jumladan, stanoksozlik, transport, elektrotexnika), kimyo, yogʻochsozlik, toʻqimachilik (ip gazlama, ipak), oziq-ovqat (jumladan, tamaki), keramika sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda uyroʻzgʻor, badiiy buyumlar tayyorlanadi. Kauchuk qayta ishlanadi. universitet (1918), politexnika inti, Xo Shi Min maqbarasi, muzeylar, botanika bogʻi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Konfutsiyga bagʻishlangan "Adabiyot maskani" ibodatxona majmuasi (1070), DyenBo pagodasi (11-a.) va b. saklangan. Shahar 2 qismdan: Eski shahar va Yangi shahardan iborat. X.ga 5-a.da (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 8-a. da) asos solingan. 9—11-a.larda Dayla, 11-a.dan 1833 y.gacha Txanglaung yoki Dongkin deb atalgan. 1804 y.da poytaxt Xyue sh.ga koʻchirilgach, X. Vyetnam shim. qismining bosh shahri boʻlib qoldi. 19-a.

ning 80-y.lari oʻrtalarida Tonkiy fransuz protektoratining maʼmuriy markazi, 1902 y.dan Fransiya Hindixitoyi mustamlakasi maʼmuriy markazi. 1976 y. 2 iyuddan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi poytaxti.