Missuri: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 54: Qator 54:


{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
{{AQSh maʼmuriy birligi}}

7-May 2014, 09:04 dagi koʻrinishi

Missuri — AQShning markaziy qismidagi shtat. Missisipi va Missuri daryolari havzasida. Mayd. 180,5 ming km2. Aholisi 5,67 mln. kishi (2002), shundan 69% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Jefferson-Siti sh.; yirik shaharlari — SentLuis va Kanzas-Siti. M.ning yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Jan.da Ozark platosi (eng baland joyi 540 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil iqlim. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —G, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 1000 mm; tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Daryolari kuchli toshadi.

M. — industrial-agrar shtat. Iqtisodiy faol aholining 25% sanoatda band. Qoʻrgʻoshin, temir rudasi, toshkoʻmir, bariy, qurilish materiallari qazib chiqariladi. Mashinasozlik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Aviaraketa, avtomobilsozlik, radioelektronika, kimyo, goʻsht-konserva, un tortish korxonalari bor. Yoʻl qurish va q.x. mashinalari, koʻn-poyabzal, sement ishlab chiqariladi. Kora va rangli metallurgiya korxonalari mavjud. Q. x.ning yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Asosiy q.x. ekinlari: makkajoʻxori, soya, bugdoy. Ozark platosida suli, Missisipi daryosi vodiysida paxta ekiladi.[1]

Missuri
Missouri
Shtat
Missuri bayrog`i
Missuri bayrog`i Missuri tamg`asi

Shtat laqabi:
(Show Me State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Jefferson City
Eng yirik shaharlar Kansas City
Saint Louis
Springfield
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 21-oʻrinda

180,533 km²
1.17 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 18-oʻrinda

5,800,310
31.36 kishi/km²
9
11

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 20-oʻrinda

$203,294 million
$35,297

Ittifoqqa kirish

   • Sana

24-boʻlib

10 avgust 1821

Vaqt UTC-6 (CST)
Qisqartma MS [28]
Shtat guli Hawthorn

(Crataegus)

Shtat daraxti Flowering dogwood

(Cornus florida)

Missuri - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Jefferson City shahri. AQSh ittifog`iga 10 avgust 1821 yilda kirgan, undan oldin - Missouri Territory.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil