Tyumen viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 21: Qator 21:


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{Ural federal okrugi}}
{{Rossiya Federatsiyasining subʼektlari}}
{{Rossiya Federatsiyasining subʼektlari}}

6-May 2014, 15:04 dagi koʻrinishi

Tyumen viloyati - RF tarkibidagi viloyat. 1944 y. 14 avg .da tashkil etilgan. Asosan, Gʻarbiy Sibir shim.

da joylashgan, shim.da Kara dengiziga tutash. XantiMansilar muxtor okrugi va Yamal Nenetslari muxtor okruginp oʻz ichiga oladi. Ularning tarkibiga Kara dengizining Beliy, Oleniy, Vilkitskiy, Shokalskiy va Neupokoyev o.lari kiradi. Mayd. 1435,3 ming km2. Aholisi 3265,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar (73,6%), shuningdek, ukrain, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 77,4%. Markazi — Tyumen sh. Boshqa yirik shaharlari — Tobolsk, Ishim. Tarkibiga 38 tuman, 28 shahar va 40 shaharcha kiradi.

T.v. Gʻarbiy Sibir tekisligida joylashgan, bal. 285 m (Sibir Uvallari). Viloyat gʻarbida Ural togʻlarining sharqiy yon bagʻirlari (eng baland joyi 1895 m, Narodnaya choʻqqisi) yondosh. T.v. hududida 1950—60 y.larda neft va gaz konlari ochildi. Uralning sharqiy yonbagʻirlarida qoʻngʻir kumir, temir rudasi, qurilish qumi konlari bor.

Iqlimi kontinental. Shim.da qishi uzoq, sovuq (8—10 oy davom etadi). Yanv.ning oʻrtacha trasi —29°, iyulniki 4—15°. Yillik yogʻin 200— 600 mm. Viloyat shim.da kup yillik muzloq yerlar bor. Vegetatsiya davri jan. qismida 150—162 kun, XantiMansilar muxtor okrugida 115—125 kun.

Viloyatning asosiy daryosi — Ob (1500 km chamasida) va uning eng katta irmogʻi Irtish (900 km chamasida). Viloyatning shim.sharqida Taz va Pur, Nadim daryolari oqib utadi. Yamal ya.o. va T.v.ning jan.da kul koʻp.

Asosan, podzollashgan qumoq va qumloq, shuningdek, torfbotqoq, chekka shim.da (Yamal va Giden ya.o.da) tundra tuproklari, viloyatning jan. da qoratuproqsimonoʻtloq tuproqlar, dare vodiylari boʻylab allyuvial tuproqlar tarqalgan. Shim.da tundra, jan.roqda oʻrmonli tundra oʻsimliklari oʻsadi. Viloyatning kattagina qismi tayga zonasi bilan band. Jan. oʻrmonli dasht zonasida, tundra zonasida shimol bugʻusi, oq tulki, oq tovushqon, lemming , oq kaklik, burunduq, qoʻngʻir ayiq, rosomaxa, kolonok, sobol, boʻri, tulki; qushlardan karqur, chil, kedr chumchugʻi; oʻrmonli dashtda qur yashaydi. Ondatra, norka, barguzin soboli va qunduz iqlimlashtirilgan. Yezda gʻoz va urdaklar uchib keladi. Dare va koʻllarda baliq kup. Viloyat hududida Verxnetazovskiy, Malaya Sosva, Yuganskiy qoʻriqxonalari joylashgan.

Sanoatining asosiy tarmoklari: neftgaz sanoati (T.v.da Rossiya neftining 66%dan ziyodi va gazining 92% qazib olinadi). Neft konlari: Samotlor, Xolmogor, Fyodorov va b.; gazniki — Urengoy, Yamburg , Medvejye va b.). Mashinasozlik va metallsozlik (Rossiyada ishlab chiqarilgan akkumulyator va qoʻrgʻoshinli avtomobil akkumulyator batareyalarining 31%dan ziyodini, yogʻochsozlik stanoklarining 9% hamda metall kesuvchi stanoklari; neft apparaturasi va jihozlari, burgʻilash, geologiyarazvedka jihozlari, tibbiy asbobuskunalar, jumladan, bir marta foydalanadigan shpritslar va b.), oʻrmon va yogʻochsozlik (fanera, yigʻma devorli uylar, mebel), kimyo va neft kimyosi (plastmassalar, kimyofarmatsevtika mahsulotlari); qurilish materiallari ishlab chiqarish. rivojlangan. Suyakdan oʻymakor badiiy buyumlar tayerlanadi (Tobolsk sh). Eng yirik korxonalari: "Surgutneftegaz", "Noyabrskneftegaz", "Tyumenneftegaz", "Yuganskneftegaz" (Nefteyugansk), "Urengoygazprom" (Noviy Urengoy sh.); "Yamburggazdoboʻcha" davlat korxonasi. Motorsozlik ishlab chiqarish. birlashmasi, avtotraktor elektr asbobuskunalari zdi, "Tyumenmebel", uysozlik kti (Tyumen sh.), "Krosno" (Tyumen sh), "Tobol nefteximkombinat" korxonalari; Surgut issiklik elektr styalari bor.

Q.x.ning yetakchi tarmogʻichorvachilik, asosan, sutgoʻsht chorvachiligi va choʻchqachilik. Qoʻy va echkilar ham boqiladi. Viloyat shim.da bugʻuchilik, darrandachilik (ok, tulki, sobol, suvsar, ondatra), moʻynachilik rivojlangan. Viloyatning jan. qismida don (javdar, bugʻdoy, suli, arpa) va ozuqa ekinlari ekiladi, kartoshka va sabzavotlar yetishtiriladi.

T.y. uzunligi 2451 km. Avtomobil yoʻllari uz. 11458 km, shu jumladan, qattiq qoplamalisi 9033 km. Ob, Irtish, Tobol, Tura va b. daryolarda kema qatnaydi. Havo transporti muhim ahamiyatga ega. 7 oliy oʻquv yurti, 7 muzey, 3 teatr bor. Viloyatda 30 dan ortiq sanatoriy, Bolshoy Taraskul balneobalchiq kurorti faoliyat koʻrsatadi.