Stavropol oʻlkasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 92: Qator 92:




{{OʻzME}}


{{Shimoliy Kavkaz federal okrugi}}
{{Rossiya Federatsiyasining subʼektlari}}
{{Rossiya Federatsiyasining subʼektlari}}


[[Turkum:Rossiya o'lkalari]]
[[Turkum:Rossiya o'lkalari]]
[[Turkum:Stavropol oʻlkasi]]
[[Turkum:Stavropol oʻlkasi]]

{{OʻzME}}

6-May 2014, 14:50 dagi koʻrinishi


Stavropol oʻlkasi
Ставропольский край
Bayrog'i Abrantish
Bayrog'i Gerbi

Mamlakat Rossiya
Markazi Stavropol
Maydoni
  • barchasi
Rossiyada 48-o'rinda
  • 66 160 km²
Aholisi
Rossiyada 14-o'rinda

2 786 084 kishi

  • 42,1 kishi/km²
YaIM
  • barchasi
  • jon boshiga
Rossiyada 33 o'rinda
Federal okrug
Simoliy-Kavkaz
Iqtisodiy tumani
Simoliy-Kavkaz
Gubernatori
Gayevskiy Valeriy Veniaminovich
RF sub'ektining kodi
26
Vaqt mintaqasi MSK (UTC+4)

Stavropol oʻlkasi (ruscha: Ставропольский край) - Rossiyadagi o'lka.

Stavropol oʻlkasi - RF tarkibidagi oʻlka. 1924 y. 13 fev.da tashkil etilgan [Jan.sharqiy viloyat (oʻlka); 1924—1937 y.larda Shim. Kavkaz oʻlkasi; 1937—1943 y.larda Orjonikidze oʻlkasi]. Mayd. 66,5 ming km2. Aholisi 2730,5 ming kishi (2002), asosan, ruslar (84%), shuningdek, arman, korachay, cherkas, abaza, noʻgʻay, osetin, kabardin, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Stavropol sh. Shahar aholisi 54%. Boshqa yirik shaharlari: Pyatigorsk, Nevinnomisk, Kislovodsk. S.oʻ. tarkibida 26 maʼmuriy tuman, 18 shahar, 7 shaharcha bor. S.oʻ.ga Kavkaz oldining markaziy qismi, Kaspiyboʻyi payettekisligining gʻarbiy qismi va Katta Kavkazning shim. yon bagʻirlari kiradi. Gʻarbida Kuban daryosining keng terrasalari yoyilgan. Tekislik hududining katta qismini platosimon Stavropol qirlari egallagan. Asosiy daryolari: Kuban (yuqori oqimi) va irmoqlari (Teberda, Kichik va Katta Zelenchuk), Kuma, Kalaus, Yegorlik. Bir necha koʻl bor. Tabiiy gaz konlari mavjud. Sharqiy qismida neft, togʻlarda mis va qoʻrgʻoshinrux, polimetall konlari, toshkoʻmir, barit, oʻtga chidamli gil, dolomit, marmar, shifobaxsh balchiq, turli xil mineral va termal buloklar mavjud. Tekislik qismining iqlimi kontinental dasht iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —3,4°, —4,9° (togʻlarda — 10°, —20° gacha pasayadi), iyulniki 22°— 25°. Yillik yogʻin 300—600 mm, vegetatsiya davri 207—220 kun. Tuproklari, asosan, qoratuproq va kashtan tuproqlar. Oʻrmonlar, koʻpincha, togli joylarda. Keng bargli, balandrokda igna bargli oʻrmonlar, undan yuqorida subalp oʻtlokdari bor. Yovvoyi hayvonlardan, dasht yerlarda kemiruvchilar, tipratikan, tulki, boʻri, latcha, saygʻoq, Kuma daryosi boʻyidagi qamishzorlarda yovvoyi mushuk, qobon, Manich vodiysidagi koʻl va botqoqliklarda suv parrandalari, togʻlarda bugʻu, yelik, qoʻngʻir ayiq, silovsin, oltoy tiyini yashaydi. Har xil qush koʻp. Togʻ echkisi, tur uchraydi. Togʻli qismida Teberda qoʻrikxonasi joylashgan. S.oʻ.ga Kavkaz qoʻriqxonasining bir qismi ham kiradi.

Sanoatning asosiy tarmoqlari: oziqovqat (goʻsht, un, yogʻ, mevasabzavot konserva va b.), yengil (toʻqimachilik — Nevinnomisk jun k-ti, poyabzal), mashinasozlik va metallni qayta ishlash (stanoklar, asboblar, poʻlat armatura, chorvachilik va aralash yem ishlab chiqarish. uchun mashinalar; "Kinotexnika" korxonasi, sovitkich asboblari, avtokranlar, "KamAZavtopritsep", elektr oʻlchash asboblari, elektr texnikasi buyumlari, yarimoʻtkazgich texnikasi va b.), kimyo va neft kimyosi (mineral oʻgʻitlar, "Nevinnomiskazot", sintetik smolalar va plastmassalar, "Stavropolpolimer", texnika uglerodi, uyroʻzgʻor kimyosi mahsulotlari) sanoatlari korxonalaridir. Tabiiy gaz, neft, rangli metall rudalari, toshkoʻmir (togʻli Femida) qazib olinadi. Nevinnomisk, Stavropol issiklik elektr st-yalari, Kuban GESlari kaskadi bor. Asosiy sanoat markazlari: Stavropol, Nevinnomisk, Pyatigorsk, Neftekumsk, Budyonnovsk, Georgiyevsk, Lermontov.

Su. — yirik qishloq xoʻjaligi. rayoni. Bugʻdoy, makkajuxori, kungaboqar, qand lavlagi va b. ekiladi. Mevachilik, tokchilik rivojlangan. Mayin junli qoʻychilik, goʻshtsut chorvachiligi mavjud. Katta Stavropol, Nevinnomisk va b. kanallar, sugʻorish sistemalari bor. Zaterechniy — Grozniy neft quvuri, Stavropol — Ukraina — Moskva — SanktPeterburg gaz quvurlari mavjud. T.ylar uz. 944 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 7459 km. Mineralniye Vodi va Stavropol xalqaro aeroportlari bor.

Su. Rossiyaning eng yirik kurort r-nlaridan biridir. Oʻlkada 30 dan ziyod sanatoriy va kurort faoliyat koʻrsatadi. Mavjud 130 dan ziyod mineral buloqning 90 tasidan davolash maqsadida foydalaniladi. Yessentuki, Jeleznovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Kavkaz mineral suvlari kabi kurortlar mashxur. S.oʻ.da 7 oliy oʻquv yurti, 8 ilmiy tadqiqot inti, 7 muzey, 4 teatr bor.

Tarixi

Geografiyasi

Aholisi

Hududiy bo'linishi