Albaniya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 33: Qator 33:


== Tashqi savdosi ==
== Tashqi savdosi ==
Chetga asosan, xromitlar, temir-nikel, mis rudalari, neft, bitum, yog‘och-taxta, charm, zaytun yog‘i, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, dori-darmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: [[Italiya]], [[Yunoniston]], [[Turkiya]], [[Germaniya]]. Pul birligi — lek.
Chetga asosan, xromitlar, temir-nikel, mis rudalari, neft, bitum, yog‘och-taxta, charm, zaytun yog‘i, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, dori-darmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: [[Italiya]], [[Yunoniston]], [[Turkiya]], [[Olmoniya]]. Pul birligi — lek.


== Tibbiy xizmati ==
== Tibbiy xizmati ==

23-Aprel 2014, 18:27 dagi koʻrinishi

Albaniya Respublikasi
albancha: Republika e Shqipërisë
Shior«Ti Shqipëri, më jep nder, më jep emrin Shqipëtar»
«Albaniya sen menga sharaf ber, sen menga Alban degan nom ber»
Madhiya: «Hymni i Flamurit»
«Bayroq aro birlashaylik»
Location of Albaniya
Poytaxt Tirana
Eng katta shahar Tirana, Durres, Vlora, Elbasan va Shkoder
Rasmiy til(lar) Albancha
Hukumat Parlamentar Respublika
• Prezident
Bajram Begaj
• Vazirlar Kengashi Raisi
Edi Rama
• Xalq Majlisi Raisi
Lindita Nikolla
Mustaqillik (Usmoniylar imperiyasidan)
• Sana
28-noyabr 1912
Maydon
• Butun
28,748 km2 (140-oʻrin)
• Suv (%)
4,7
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
2,793,592
• Zichlik 97/km2
YIM (XQT) 2022-yil roʻyxati
• Butun
$51.1 milliard (118-oʻrin)
• Jon boshiga
$17,858
Pul birligi Lek (ALL)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma AL
Telefon prefiksi +355
Internet domeni .al

Albaniya, Albaniya Respublikasi (Republika e Shqipërisë) — Bolqon yarim orolining janubi-g‘arbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 36 retaga bo‘lingan[1]. Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni 28,7 ming km2. Aholisi 2 831 741 kishi[2] (2011). Poytaxti Tirana shahri.

Davlat tuzumi

Albaniya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi — bir palatali Xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 yil muddatga saylaydi. Davlat boshlig‘i — prezident. Albaniya Oliy ijroiya organi — hukumat boshlig‘i boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — tegishli xalq kengashlari[3].

Tabiati

Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, janubiy tog‘lardan iborat. Albaniya hududining salkam 70 % ni balandliklar 2692 m gacha bo‘lgan Shimoliy Alban Alplari (Prokletiye) va Janubiy Alplar egallaydi. Ular o‘rtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga bo‘linadi. Sohili past-baland dengiz bo‘yi tekisligidan iborat. Xromit, neft, bitum, temir-nikel va mis ruda konlari bor.

Iqlimi — O‘rta dengizga xos subtropik; iyulning o‘rtacha harorati 24 °C, 25 °C, yanvarniki 8 °C, 9 °C. Yiliga 1000 mm yog‘in yog‘adi. Soy va daryolari tog‘li, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari — Drin, Semani, Shkumbini, Skadar, Oxrid, Prespa ko‘llarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, tog‘larda qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari. Yer maydonining 38 % dan ko‘prog‘i o‘rmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va boshqa xil daraxtlar). Sohilda O‘rta dengizga xos o‘simliklar doimo ko‘karib turadi. Albaniyada 4 milliy bog‘ bor[4].

Aholisi

Albaniyaning asosiy aholisi — albanlar (salkam 98 %). Greklar, valaxlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili — alban tili. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km2 ga 87 kishi[5]. Aholining 35 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari — Tirana, Durres, Shkoder, Vlyora, Elbasan[6].

Tarixi

Albaniyaning eng qadimgi aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (mil.av. 2-ming yillikdan boshlab) boʻlgan. Mil. av. 2-asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan. 395-yildan 1347-yilgacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qo‘l ostida bo‘lgan. 1389-yildan Albaniyani Usmonlilar imperiyasi zabt eta boshladi. 15-asr o‘rtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qo‘zg‘oloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, biroq 1479-yilda uni yana turklar bosib oldi. 1912-yil bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qo‘zg‘oloni boshlandi. O‘sha yili 28-noyabr kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani mustaqil davlat deb eʼlon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qoldi. 1924-yil iyunidagi xalq qo‘zg‘oloni Ahmad Zogu to‘dasini ag‘darib tashladi. Ammo 1924-yil dekabrda u ajnabiy imperialistlar yordamida yana hokimiyatni egallab, o‘zini avvaliga respublika prezidenti, 1928-yil esa qirol deb eʼlon qildi[7]. Uning davrida Albaniya amadda Italiya mustamlakasiga 299 aylandi. 1939-yilda fashistlar Italiyasi, 1943—44 yillarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya 1944-yil 28-noyabrda fashist bosqinchilaridan ozod etildi. 1946-yil 11-yanvarda xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. 1976-yil 28-dekabrdan 1991-yil maygacha — Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991-yil maydan Albaniya Respublikasi[8]. Albaniya 1955-yildan — BMT aʼzosi. Albaniya va Oʻzbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda o‘rnatilgan. Milliy bayrami — 28 noyabr — Bayroq kuni (1912)[9].

Siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari

Albaniya sotsialistik partiyasi, 1941-yilda tuzilgan, 1948-yilgacha Albaniya Kompartiyasi, 1991-yilgacha Albaniya mehnat partiyasi deb atalgan. Hozirgi nomi 1991-yil 12-iyunda qabul qilingan; Albaniya demokratik partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Albaniya agrar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya respublikachilar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya sotsial-demokratik partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Inson huquqlari uchun ittifoq, 1992-yil tuzilgan; Albaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Albaniya mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi, 1991-yilda tuzilgan[10].

Xo‘jaligi

Albaniya mustaqil bo‘lgach, xo‘jalik sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishdi. U agrar-industrial mamlakatga aylandi. Albaniya milliy daromadining 46 % sanoatda, 33 % qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi.

Sanoati

Oziq-ovqat, yengil sanoat, konchilik va yog‘ochsozlik tarmoqlarining salmog‘i katga. Energetika neft va gidroenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya ishlab chiqariladi. Neft, xrom (1 yilda 1 mln. tonna — G‘arbiy Yevropada l-o‘rin), temir-nikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, yog‘-moy, baliq va meva-konserva, vinochilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda — asosan to‘qimachilik tarmog‘i mavjud. Kime, metallsozlik, mashinasozlik, yog‘ochsozlik sanoatining ayrim korxonalari ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiye-ri, Korcha, Shkoder.

Qishloq xo‘jaligi

Asosiy tarmog‘i — dehqonchilik. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlaqat hududining deyarli 20 %). 230 ming ga ga yaqini sug‘oriladi. Makkajo‘xori va bug‘doy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy texnika ekinlaridir. Tokchilik, zaytun va sitrus o‘simliklari o‘stirish rivojlangan. Chorvachiliqda qo‘ychilik va echkichilik ustun.

Transporti

Bunker

Transportningasosiy turi — avtomobil transporti (yuk ay-lanmasi hajmining salkam 65 % ni tash-kil etadi). Durres — Tirana, Durres — Elbasan va b. yo‘nalishdagi t.y.lar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti — Tirana (Rinas).

Tashqi savdosi

Chetga asosan, xromitlar, temir-nikel, mis rudalari, neft, bitum, yog‘och-taxta, charm, zaytun yog‘i, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, dori-darmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: Italiya, Yunoniston, Turkiya, Olmoniya. Pul birligi — lek.

Tibbiy xizmati

Albaniyada 10 mingdan ortiqo‘rinli kasalxonalar mavjud. 735 bemorga 1 shifokor to‘g‘ri keladi. Shifokorlarni Tirana universitetining tibbiyot fakulteti yetishtiradi. Lidjada kurortlar bor.

Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

Xalq taʼlimi tizimi 1969-yilda joriy etilgan bo‘lib, u maktabgacha muassasalar, 8 yillik umumiy majburiy, 4 yillik o‘rta (hunar yoki umumiy) va 3—4 yillik oliy o‘quv yurtlaridan iborat. Albaniyada 3 universitet bor. Fanlar akademiyasi 1973-yil tashkil etilgan. Milliy kutubxona va universitet kutubxonasi, arxeologiya, etnografik muzeyi va bohsqalari bor[11].

Matbuoti, radioeshittirishi, teleko‘rsatuvi

Albaniyada „Zeri i popullit“ 300(„Xalq ovozi“, 1942 y.dan) „Mesuyesi“ („Muallim“, 1961-yildan), „Bashkimi kom-betar“ („Milliy birlik“, 1943 y.dan), „Kombi“ („Millat“, 1991-yildan), „Drita“ („Hyp“, 1960-yildan), „Koxa Ione“ („Vaqtimiz“, 1991-yildan) va boshqa gazetalar nashr etiladi. Albaniya telegraf agentligi 1944-yil tashkil etilgan. „Albaniya radioeshittirishi va teleko‘rsatuvi“ davlat tashkiloti mavjud. Radioeshittirish — 1944-yildan, teleko‘rsatuv — 1961-yildan ishlaydi.

Adabiyoti

Albaniyada boy xalq ijodiyoti — qahramonlik dostonlari, tarixiy qo‘shiqlar mavjud. Alban tilida hozirgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manba — yepiskop Pal Engelaning „Cho‘qintirish taomili“ (1462)dir. 16— 17-asrlarda adiblar P. Budi, F. Barde, P. Bogdani, M. Barxeti ijod qildilar. 18-asrda T. Kavaloti va Danel alban tili lug‘atini tuzdilar. 19-asrda bir necha atoqli vatanparvar yozuvchilar, milliy uyg‘onish arboblari maydonga chiqdi. Adabiyotda romantizm oqimi hukmron bo‘lib qoldi. Shu davrning eng taniqli namoyandalari — shoirlardan I. De Rada („Milosao qo‘shig‘i“, „Sho‘rpeshona Skan-derbeg“ dostonlari), Kenja G. Dara („Balaning so‘nggi qo‘shig‘i“ dostoni). Z. Serembe („Taqdir“ dostoni), V. Shkodrani („O, mening Albaniyam“ dostoni), adib va tarjimon K. Kristoforidi. Adabiyotda novella, tarixiy roman, drama paydo bo‘la boshladi. Yangi adabiyotning asoschilaridan biri N. Frasherining „Poda va dala“ (1886), „Skanderbeg tarixi“ (1898) va boshqa dostonlari yuzaga keldi. 20-asr boshlaridagi shoirlar — A. Chayupi („Tomori ota“ to‘plami, 1902; „O‘n to‘rt yoshli kuyov“ komediyasi, 1902), N. Meda („Quvg‘in“, „Bulbul nolasi“ dostonlari), F. Shiroka, R. Silichi xalqni birlikka chaqiradi. Vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq va novellalar muallifi M. Grameno alban badiiy prozasining asoschilaridan biri bo‘ldi. Albaniya adabiyotining taniqli vakili Fan Noli o‘z sheʼrlarida fuqaroga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini ulug‘ladi („Salip Sulton qo‘shig‘i“, „Quvg‘in qurboni“, „Dragobiy g‘ori“, „Yugur marafonchi“ va boshqalar). 20-asrning 30-yillarida ijtimoiy mavzu qalamga olina boshladi. Ikinchi jahon urushi davrida va Albaniya ozodlikka chiqqanidan so‘ng adabiyotda italyan-nemis fashistlariga qarshi kurash mavzuidagi asarlar yaratildi (F. Gyataning „Partizan Banko haqida qo‘shiq“ dostoni, D. Shuterichining „Haloskorlar“ romani, 1952—55). Turmushni ijtimoiy jihatdan o‘zgartirishga bag‘ishlangan romanlar (S. Spassening „Ular yolg‘iz emas edi“, 1952; F. Gyataning „Botqoq“, 1959 va boshqalar) paydo bo‘ldi. 50—60-yillarda avtobiografik va tarixiy qissa hamda romanlar (D. Shuterichi, V. Kokona, Ya. Dzodza asarlari) yaratildi.

Meʼmorligi

Antik davr (mil. av. 7-asr)dan Albaniya hududida mudofaa inshootlari, jamoat va uy-joy binolari, meʼmoriy bezaklarning qoldiqlari, o‘rta asrlardan Vizantiya inshootlari (13— 14-asrlarga mansub bo‘lgan Lyavdari, Mborya qishloqlaridagi cherkovlar) va romantik uslubdagi imoratlar (Shasi qishlog‘idagi sobor, Vau-i-Deyes, Oboti qishloqlaridagi cherkovlar, 13-asr), shuningdek, istehkomva qasrlar saqlanib qolgan. Saroylar, timlar, machitlar ham mavjud. Albaniya Xalq meʼmorligiga xos xususiyatlar — tog‘lardagi mustahkam minorasimon uylar, ikki-uch qavatli, oldi peshayvonli, yassi cherepitsa tomli uylar. Albaniya shaharlarida o‘rta asrlar va 20-asr boshlaridagi inshootlar bilan yonma-yon zamonaviy imoratlar ko‘zga tashlanadi.

Uchlik bunker
yarim xaroba bunker

Tasviriy sanʼati

O‘rta asrlarda rassomlik va haykaltaroshlik birmuncha rivoj toptan (Lyavdaridagi Troitsa cherkovi devorlariga ishlangan suratlar). 16-asrning 50-yillarida Sheltsan va Balsh cherkovlarida neokastrlik usta Onufriy suratlar chizgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida dunyoviy rang-tasvir (rassomlardan N. Martini, K. Xidromeno) paydo bo‘ldi. Keyingi yillarda musavvirlik, grafika, haykaltaroshlikning turli janrlari rivojlandi. Albaniyada xalq 301 amaliy sanʼati (gilamdo‘zlik, tikuvchilik, to‘quvchilik, o‘ymakorlik, zargarlik) qadim zamonlardan maʼlum.

Musiqasi

Alban xalq musiqasida xilma-xil mahalliy uslublar, tabiiy besh pardali (pentatonik) kuylar, ozarbayjon musiqasida uchraydigan ohanglar bor. O‘zbek musiqasidagi kabi vazni o‘zgarib turadigan qo‘shiq va raqs kuylari taraqqiy topgan. Aksari 3 ovozli qo‘shiqlar kamonli cholg‘ular jo‘rligida aytiladi. 20-asr 50-yillaridan professional musiqa sanʼati: opera (P. Yakovaning „Mrika“, 1954, „Skanderbeg“, 1968), balet (T. Dayyaning „Xalil va Xayriya“, 1963), operetta, simfoniya, kamer, cholgu, xor musiqasi rivojlandi. Tiranada davlat opera va balet teatri bor.

Teatri

1874-yilda Testorati boshchiligidagi teatr to‘garagi dastlabki sahna asarini qo‘ydi. 19-asr 2-yarmida S. Frasheri, M. Grameno, F. Noli, A. Chayupi pesalarini havaskor teatr truppalari sahnalashtirdi. 1944-yil Tiranada professional xalq teatri, keyinroq Korcha va Durresda teatrlar barpo etildi. Albaniya Moisei nomidagi oliy aktyorlik bilim yurti ochilgan (1959).

Kinosi

Albaniya kinematografiyasi ikkinchi jahon urushidan so‘ng rivojlana boshladi[12]. 1952-yilda tashkil etilgan „Yangi Albaniya“ kinostudiyasi hujjatli filmlar va kinojurnallar chiqaradi. Birinchi rangli badiiy film — „Albaniyaning buyuk farzandi Skanderbeg“ (1954). Keyinchalik „Tana“, „Yer alanga ichra“ va boshqa badiiy filmlar yaratildi.[13]

Manbalar

Havolalar