Xalqaro mehnat tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
kTahrir izohi yoʻq
Qator 4: Qator 4:


{{stub}}
{{stub}}
{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

17-Aprel 2014, 05:53 dagi koʻrinishi

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) — BMTning ixtisoslashgan muassasasi. 1919 y.da Millatlar ligasi (ittifoqi) huzurida mehnat qonunlari va mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalari boʻyicha konvensiya va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun xalqaro komissiya sifatida tuzilgan; X.m.t. 8 soatlik ish kuni, onalikni himoya qilish, bolalar mehnatiga oid qonunlar va ish oʻrinlarida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan xalqaro meʼyorlar ishlab chiqilishiga, ish bilan bandlik dasturlarini tayyorlashga kagga hissa qoʻshdi.

X.m.t.ga 170 dan ortiq davlat aʼzo (2000). Oʻzbekiston Respublikasi 1992 y. X.m.t.ga aʼzo davlatlar tarkibiga kirgan, tashkilotning 11 ta konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Bu tashkilot mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash, ish bilan toʻliq bandlikni taʼminlash va turmush darajasini koʻtarish, tadbirkorlar va mehnatkashlar oʻrtasida hamkorlikni ragʻbatlantirish choralarini ishlab chiqish uchun hukumatlar, tadbirkorlar va mexnatkashlarni teng huquqlarda birlashtiradi. X.m.t. tarkibi Xalqaro mexnat konferensiyasi; maʼmuriy kengash; xalqaro mehnat byurosi; uch tomonlama qoʻmitalar; mintaqaviy va maxsus konferensiyalardan tashkil topgan. Qarorgohi Jenevada. Tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1969).