Pierre de Fermat: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Nataeva Ferma Pyer sahifasini Pyer Fermaga koʻchirdi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 7: Qator 7:


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Matematiklar]]

12-Aprel 2014, 11:10 dagi koʻrinishi

FERMA (Fermat) Pyer (1601.17.8, BomondeLoman — 1665.12.1, Kastr) — fransuz matematigi. 1631 y.dan Tuluzada parlament maslahatchisi. Bir necha asar muallifi boʻlib, ularning koʻpchiligi F. vafotidan keyin ugli tomonidan "Har xil matematik asarlar" (1679) nomi bilan nashr ettirilgan. F. hayotligida uning ishlari maktublari va shaxsiy aloqalari orqali boshqa olimlarga maʼlum boʻlgan.

F. darajalarni differensiallashning umumiy qonunini yaratdi va uni kasrli darajalarga tatbiq etdi. Koordinatalar usulini rivojlantirib, toʻgʻri chiziq va ikkinchi tartibli chiziklar tenglamalarini berdi. Hamma ikkinchi tartibli chiziklar — konus kesimli egri chiziklar ekanligini isbotlab, analitik geometriyaga asos soldi. Ekstremumlarni topish qoidasini yaratdi. Sonlar nazariyasida ikkita mashhur teorema, yaʼni Fermaning buyuk teoremasi va Fermaning kichik teoremasi F. nomi bilan bogʻliq. F. fizikada geometrik optikaga asos soldi. Differensial hisobva integral hisobsh F.ning hissasi katta.