Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Birlashgan Qirollik_info}}
{{Birlashgan Qirollik_info}}
'''Buyuk Britaniya''', Britaniya, ({{lang-en|Great Britain}}) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi ({{lang-en|United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland}}) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan [[Atlantika okeani]], sharqaan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 62 698 362<ref name=cia>{{cite web|url=https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/uk.html|title=Великобритания|accessdate=2011-11-03|work=[[The World Factbook]]|publisher=CIA}}{{ref-en}}</ref> kishi (2011-yil). Poytaxti — [[London]] shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.
'''Buyuk Britaniya''', Britaniya, ({{lang-en|Great Britain}}) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi ({{lang-en|United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland}}) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan [[Atlantika okeani]], sharqaan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 63.23 mln <ref name=cia>{{cite web|url=https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/uk.html|title=Великобритания|accessdate=2011-11-03|work=[[The World Factbook]]|publisher=CIA}}{{ref-en}}</ref> kishi (2012-yil). Poytaxti — [[London]] shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.


== Davlat tuzumi ==
== Davlat tuzumi ==

27-Fevral 2014, 09:36 dagi koʻrinishi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
United Kingdom of Great Britain and Nothern Ireland1
ShiorDieu et mon droit
(Fransuzcha: Xudo va mening huquqim)
Madhiya: Xudo shohni saqlasin
Location of Birlashgan Qirollik
Poytaxt London
Eng katta shahar London
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdoʻstlik
• Qirol
Charles III
Rishi Sunak
Mustaqillik
• Angliya va Shotlandiya qirolliklar birlashishi
26 mart 1707
• Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashishi
1-yanvar 1801
Maydon
• Butun
244,820 km2 (78-oʻrin)
• Suv (%)
1.34
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
59,553,800 (22-oʻrin)
• Zichlik 243/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,869,000 mil. (6-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$31,383
Pul birligi Pound Sterling (GBP)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma UK
Telefon prefiksi 44
Internet domeni .uk, .gb, .co.uk

Buyuk Britaniya, Britaniya, (inglizcha: Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi (inglizcha: United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqaan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 63.23 mln [1] kishi (2012-yil). Poytaxti — London shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.

Davlat tuzumi

Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yoʻq. 1215-yilgi Ulugʻ Erkinliklar hartiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya oʻzining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishda Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdoʻstlikka boshchilik qiladi.

Tabiati

B. B.ning yer yuzasi asosan pastgekislik. Angliyaning shim.gʻarbi toglikdan, markazi va jan.sharki tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgʻogi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga boʻlib turgan Shim. Shotlandiya togʻligidan iborat. Bu ikkala qismning jan.da (Grampian togʻlari) mamlakatning eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib turadi. Grampian togʻlaridan jan.da Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Jan. Shotlandiya qiri (bal. 842 m gacha) joylashgan. Ulardan gʻarbda Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels ya. o.ning gʻarbida Kembriy toglari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va jan. qismlarida pasttekisliklar (Shim.

Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (bal. 200— 300 m) bor. Shim. Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va b.) iborat.

B. B.da foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq mikdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shim. dengizning B. B. qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.

B. B.da moʻʼtadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogʻin, oʻzgaruvchan, tez-tez shamol boʻlib turadi. Jan.gʻarbida yanvar ning oʻrtacha t-rasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shim.gʻarbida yoz salqin, sernam, jan.

sharqda ancha iliq va quruq. Shim. da iyulning oʻrtacha t-rasi 13°, jan.sharkda 16,5°. London va u ning atrofida tra yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18° gachatushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va kishda bir oz koʻproq) tushadi, jan.sharqida yoz va kuzda koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, Shim. Irlandiya, Angliya bilan Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000—1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yogʻadi. Jan.sharqda 600—750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, Kishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; kuz va qishda toʻlib oqadi, yaxlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan. Eng yirik koʻllari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim .da togʻpodzol tuproq, togʻ tepalarida togʻtundra tuproq, pasttekisliklarda, shim.gʻarbda va shim.

da chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va jan.da qoʻngʻir oʻrmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shim.da tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub, oq qayin), jan.da keng bargli oʻrmonlar (dub, grab, shumtol) Usadi. Oʻrmonlar B. B. maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar hamma joyda uchraydi. Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, oʻrdak, qizilishton, karqur va b. bor. Milliy bogʻlar, oʻrmon qoʻriqxonalari mavjud.

Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uels lar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va b. xalqlar bor. Davlat tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til — ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.

Tarixi

Hoz. B. B. hududida mil. av. 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-a.ning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-a. boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 y.larda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.

1066 y. Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-a.larda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-a.larda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 y. paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 y.lardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-a.da Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-a.ning 30-y.

larida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shim. Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-a. oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-a.dagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar q. x. hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, i. ch. kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-a. oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-a. oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan korxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-a.ning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-a. oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.

17—18-a.larda B. B. Hindiston, Shim. Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83) natijasida Shim. Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan B. B. burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Jan. Afrikadagi Kap mustamlakasi va b. hududlar B. B.ga oʻtdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi.

19-a.ning 30-y.larida i. ch.ning fka tizimi qaror topdi. 30—40-y.larda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Jan. Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-a.ning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va b.), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878 y. Kipr o.ni, 1882 y. Misr, 1898 y. Sharqiy Sudanni, 1899—1902 y.larda Jan. Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.

20-a. boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Germaniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Germaniya oʻrtasidagi ziddiyat 1-jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Germaniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-y.larda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 y. B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib, 2-jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939 y. 3 sent.da B. B. Germaniyaga urush eʼlon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. 2-jahon urushidan soʻng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-y.larning oʻrtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. 2-jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979 y.dan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 18 fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tugʻilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).

Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 y. tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 y. tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 y.da tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 y.da tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 y.da B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920 y. tashkil etilgan.

Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 y. tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 y. tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 y. tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 y. tashkil etilgan.

Xoʻjalngi. B. B. — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. 2-jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat i. ch. urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ‘tushirilishi koʻpdankoʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat i. ch.ida 1948 y.da B. B. ulushi 11,9 % edi, 1968 y.da 7,4 % ga tushib qoldi.


Sanoati

B. B. eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. 2-jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat korxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari i. ch. ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota i. ch.), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va b. tarmoqlari boʻyicha yirik korxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Jan. va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild sh.larida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Jan. Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya korxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati korxonalari Shim.

Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shim. dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati korxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shim. dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. B. B. qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Q. x.ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shim. dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.


Transporti

T.y.laruzunligi 32 ming km. Asosiy t. y. uzeli — London; undan 11 tomonga t. y. ketgan. T. y.larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2oʻrinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1oʻrinda. 368,8 ming km avtomobil yoʻli bor (1990-y.lar oxirlari). Yoʻlovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va b.

Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmogʻi beradi. B. B. chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, poʻlat, toshkoʻmir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va b. keltiriladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — funt sterling .

Tibbiy xizmatn. B. B. sogʻliqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi (1990-y.lar oʻrtalari). Kasalxonalarda pulli oʻrin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. B. B.da Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor.

Maorifi va madaniy-maʼrifin muassasalari. B. B.da boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta taʼlim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlangʻich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha oʻqiladi. Oʻrta maktablar asosan 3 turga: 5—7 y.lik grammatik maktablar, 5 (baʼzan 7) y.lik texnika maktablari va 4 y.lik zamonaviy maktablarga boʻlinadi. Oʻquvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin taʼlimni kollej, unt va b. oliy oʻquv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. B. B.da 79 unt, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi untlari Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlaridir.

Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va b. Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va b.

Ilmiy muassasalarn. B.B. fani taraqqiyotida Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlari katta ahamiyatga ega. 1662 y.da London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat B. B. fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. 1675 y. Grinvichda B. B.ning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi — Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945 y.dan boshlab i. t. markazlari kupaya bordi. 1990-y. oʻrtalarida 50 ga yakln unt va kollejlarda i. t. ishlari olib borildi. Xususiy sanoat lab.lari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan koʻpini bajaradi. Koʻp firmalarda (500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib bori l ad i. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda ikki baravardan koʻproq ortdi. Davlat tadqiqot intlari va markazlari ham mavjud. 1954 y.da yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat intlari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va b. sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. B. B.ning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni rivojlantirish boʻyicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik sanʼat akademiyasi, Britaniya akademiyasi, B. B. Klrollik inti, Angliya va ingliz tili toʻgʻrisidagi bilimlarni yoyish boʻyicha Britaniya kengashi (hammasi London sh.da), Edinburg qirollik jamiyati.

Matbuoti, radnoeshnttirishi va telekoʻrsatuvi. B.B.da juda koʻp gaz. va jur. lar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gardian“ („Posbon“, kundalik gaz., 1821 y.dan), „Deyli meyl“ („Kundalik pochta“, kundalik gaz., 1896 y.dan), „Deyli star“ („Kundalik yulduz“, kundalik gaz., 1978 y.dan), „Tayme“ („Vaqt“, kundalik gaz., 1785 y.dan), „Vumen“ („Ayol“, xotinqizlar uchun suratli haftanoma, 1932 y.dan) va b. B. B.da Press Assoshieyshn (ichki axborot toʻplashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi axborot agentligi, 1868 y.da asos solingan), Reyter (xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1851 y.da tashkil etilgan; asoschisi Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi) matbuot agentliklari bor.

B. B.da radioeshittirishlar 1922 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1936 y.dan olib boriladi. B. B.da 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv korporatsiyasi — „British Brodkasting Korporeyshn“ — Bibisi 1922 y.da tashkil etilgan.


Adabiyoti

Ingliz adabiyoti 5—6-a.

larda vujudga kela boshlagan. 5—11-a.larda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. B. B.ni normannlar zabt etgach (11-a.), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-a.ning ikkinchi yarmiga kelib, oʻrta ayerlar B. B. adabiyoti yuqori bosqichga koʻtarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan B. B. adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani anʼanalari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning „Qoʻshchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uygʻonish davri B. B. adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser sheʼrlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulugʻ Temur“, „Doktor Faustning fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uygʻonish davri B. B. adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bogʻliqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi — burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, maʼnaviy oʻzgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari („Hamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining soʻnggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon boʻldi.

18-a. ingliz maʼrifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilgʻor gʻoyalarni targʻib qilish xosdir. Bu davrda sheʼriyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zoʻr irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-a. B. B. adabiyotidagi asosiy adabiy yoʻnalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilgʻor romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning oʻtmishi, urfodati, siyosiy kurashlari oʻz ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-a.ning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo boʻldi.

19-a.ning oxiri, 20-a.ning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-a. tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich boʻldi. 20-a.ning ikkinchi yarmida dekadentlik va b. reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz oʻgirib, voqelikni toʻgʻri koʻrsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi.

B. B. adabiyotining eng yaxshi namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „Soʻna“ romanlari va b.


Meʼmorligi

B. B.da misjez davriga mansub ibtidoiy meʼmoriy yodgorliklar (Stonxenj — megalit inshooti) va oʻrta asrda qurilgan Vinchester, Norij va b. ibodatxonalar mavjud. Meʼmorlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga boʻlinadi: roman (11— 12-a.lar); gotika (12—15-a.lar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels sh.laridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-a.lar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koʻproq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur meʼmorlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-a.), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va b.) avj oldi. 19-a. oxiri, 20-a. boshlarida shaharlar qurish („bogʻshahar“, „yoʻldoshshahar“ — E. Govarx, R. Envin kabi meʼmorlar), maktab, turar joy, maishiymaʼmuriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va b. meʼmorlar) kjsaldi. 20-a. boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boʻylab bu oqim inqirozga uchradi va b. („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi meʼmorlar zamonaviy meʼmorlikning rivojlanishiga hissa qoʻshdilar.


Tasviriy sanʼati

7— 12-a.larda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh oʻymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-a.

ga mansub ibodatxonalarda haykalchalar oʻrnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-a. rassomligida portret salmoqli oʻrin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret sanʼatini yaratdilar.

18-a. birinchi yarmida paydo boʻlgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U oʻsha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-a. ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygʻularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo boʻldi.

19-a. birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat korxonalari bilan toʻla shaharlar, koʻmkoʻk maysazor dalalar, oʻrmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng oʻrin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, oʻtgan zamonni qoʻmsab oʻrta asr qoʻl mehnati (badiiy hunarmandlik korxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targʻib qildilar. 19-a. oʻrtalaridagi realistik sanʼat X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boʻldi.

19-a. oxiri, 20-a. boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-a.ning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagʻishlagan.


Musiqasi

B. B. musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoʻshikchilari ijodida ballada (doston qoʻshigʻi) asosiy oʻrin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. B. B. polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-a.larda paydo boʻldi. Bular J. Dansteybl (15-a.) ijodida rivojlandi. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-a.

da U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone B. B.ning mashxur kompozitorlari boʻlishdi. 17-a.ning oxirida G. Pyorsellnit „Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-a.da B. B.da G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.

19-a. oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida koʻzga koʻrinarli oʻringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol oʻynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi B. B.ning asosiy musiqa oʻquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967 y.da ochilgan Yelizaveta nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qoʻyiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va b. 20-a.ning atoqdi musiqachilaridir.


Teatri

B. B. teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq oʻyinlar va urfodatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-a.dan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-a. oxiri — 17-a. boshi B. B. teatrining „oltin davri“ boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-a.ga kelib, teatr maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy oʻrinni egalladi. 19-a. dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga oʻtdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon sh.da Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961 y.dan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. B. B. teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (20-a. boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. 20-a.ning 30—40-y.larida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963 y. Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rej.lar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud B. B. teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. B. B.dagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi (1904 y.dan), Bristol untining teatr fakulteti.

B. B.da teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. B.da „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.

B. B. sirki 18-a.da laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oʻynadi. B. B.da yezda koʻchma sirklar ishlaydi.

Kinosn. B. B.da kino i. ch. 1896 y.dan boshlandi. 1929 y. birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932 y.da tashkil etgan „London filme“ firmasi B. B. va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rej. A. Askvit, „39 qadam“, rej. A. Xichkok kabi). 2-jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur vodiy“, rej. P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rej. R. Boulting, „Yongʻinlar boshlandi“, rej. X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rej. L. Olivye, „Oliver Tvist“, rej. D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar i. ch.da „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 6070-y.larga oid „Oʻziga xos ishq“ (rej. J. Shlezinger), „Yolgʻonchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rej. L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem B. B. kinosining mashhur artistlaridir.

Oʻzbeknston — B. B. munosabatlarn. OʻzR bilan B. B. oʻrtasidagi savdoiqtisodiy hamkorlik 1993 y. noyabr

da OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning B. B.ga qilgan tashrifi chogʻida imzolangan „Savdoiqgisodiy hamkorlik toʻgʻrisida“, „Kapital qoʻyilmalar sarflanishini ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish haqida“ hamda „Ikki yoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida“gi shartnomalarga asoslanadi.

1996 y. yakunlariga koʻra B. B. Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi boʻyicha 2oʻrinda turadi (Germaniyadan keyin). Oʻzbekistondan B. B.ga paxta tolasi, qimmatbaho toshlar, qora metallar, volfram va ulardan yasalgan buyumlar yuborilsa, B. B.dan mexanik va elektr asbobuskunalar, qandshakar va qandolat mahsulotlari, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, mineral yoqilgʻi, farmatsevtika mahsulotlari, shu jumladan dori-darmon, qogʻoz va karton, mebel, optik priborlar va apparatlar, tamaki, sut mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, noorganik kimyo mahsulotlari va b. keltiriladi.

OʻzR 1992 y.da jahon paxta savdosi meʼyorlari va qoidalarini muvofiqlashtirib turadigan muhim nohukumat tashkiloti — Liverpul paxta uyushmasiga aʼzo boʻldi. Oʻzbekiston shu uyushma bilan birgalikda mamlakatimizda paxtani sertifikatsiyalashning xalqaro tizimini joriy etish boʻyicha ish olib bordi.

Keyingi yillarda ikkala mamlakatning turli darajalardagi delegatsiyalari oʻzaro tashriflari natijasida hamkorlik tobora yaxshilana bordi. 1994 y. 14 okt.da Londondagi asil metallar bozori uyushmasi Zarafshon affinaj (oltin tozalash) zavodiga eng maqbul oltin quymalar maqomini tasdiqlovchi sertifikat berdi, bu esa Oʻzbekistonning tamgʻasi butun dunyoda eng yuqori sifat belgisi ekanini biddiradi. 1996 y. okt.da esa mazkur uyushma huzurida yuqori sifatli kumush quymalar ishlab chiqaruvchi Olmaliq konmetallurgiya k-ti vakolatxonasi rasmiylashtirildi.

1997 y. 4—12 okt. kunlari Toshkentda „Britaniya festivali“ oʻtkazildi. Festival dasturi doirasida B. B.ning 30 ga yaqin kompaniyasi mahsulotlari koʻrgazmasi, „Britaniya qirollari xonadoni merosi“ koʻrgazmasi, toʻqimachilik mashina uskunalari va meʼmorlikka bagʻishlangan seminar oʻtkazildi, B. B. filmlari namoyish qilindi va h.k.

Oʻzbekiston—Britaniya savdo va sanoat kengashining majlislari muntazam ravishda oʻtkazilib turibdi. Bu majlislarda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari, savdo-sotiq, iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Ayrim yirik firma, kompaniya va banklar oʻrtasidagi hamkorlik ham rivojlangan. „British Eyrveyz“ kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan 1992 y. 31 dek.dan boshlab „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ millim aviatsiya kompaniyasining samolyotlari haftasiga 4 marta Londonga qatnab turibdi.

1994 y.da „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviatsiya kompaniyasi B. B. transport departamenti bilan kelishib, Toshkent—Manchester—Toshkent oʻrtasida muntazam reyslar bajarish huquqini oldi.

„Oʻzyogʻmoytamakisanoat“ uyushmasi xorijiy sarmoya yordamida oʻz korxonalarini yangilab va taʼmirlab, jahon andozalari darajasiga yetkazish maqsadida „Kraun“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga binoan Qoʻqon yogʻmoy k-tini ingliz sarmoyasi hisobiga qayta qurib, asbobuskunalarini zamonaviylashtirishga kirishildi.

Oʻzbekistonda tamaki sanoatini rivojlantirish uchun tamaki bargi yetishtirish, uni qayta ishlash va sigareta i. ch. boʻyicha „British Ameriken Tobakko“ kompaniyasi bilan qoʻshma korxona barpo etish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq 232 mln. AQSH dollari miqsoridagi mablagʻ sarflandi. Bu mablagʻ asosan Toshkent tamaki fkasini, Urgut tamaki fermentatsiyasi fkasini rekonstruksiyalash va modernizatsiyalashga, Samarqand tamaki fkasini qurishga, ijtimoiy tadbirlarga va mutaxassislar tayyorlashgaishlatildi. Toshkent tamaki fkasida „Saraton“ va „Xon“ sigaretalarini i. ch. yoʻlga qoʻyilgan.

1996 y. oxirida Surxondaryo viloyatining Xandiz konida rangli metallarni qidirish haqida „Oxus Resonrses Corporation“ korporashyasi bilan dastlabki bitim imzolandi. Bitimga koʻra, B. B. firmasi yil davomida oʻz mablagʻi hisobidan konni uzilkesil oʻrganishi, rangli metallarni kompleks qazib olishni tashkil etishga oid texnikaviyiqtisodiy asoslamalarni tayyorlashi, soʻngra taxm. 100—150 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan loyiha asosida qoʻrgʻoshin, pyx, mis, kumush qazib chiqaradigan qoʻshma korxona barpo etishi lozim. 1997 y.ning 10 iyulida B. B.ning mazkur korporatsiyasi bilan Navoiy viloyatidagi Aristantov va Balpantov konlarini oʻrganib, aniklash toʻgʻrisida ham dastlabki bitim imzolandi. Oʻzbekiston gʻarbiy qismida geol. maʼlumotlarini birgalikda oʻrganish borasida ham hamkorlik oʻrnatilgan.

OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida „Meredit Jons“ kompaniyasi bilan paxta seleksiyasi, uni yetishtirish va qayta ishlashning ilgʻor usullari asosida ishlaydigan agrofirma barpo etish rejasi mavjud. Fargʻona viloyati Yozyovon tumanining 11 xoʻjaligini oʻz ichiga oladigan bu firma paxta hosildorligini koʻpaytirishga, tola sifatini oshirishga va tuproq unumdorligini yaxshilashga olib borishi lozim.

„Oʻzbektelekom“ konserni „Jeneral Plassi Telekommunikeyshnz“ („JiPiTi“) kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent uchun zamonaviy raqamli aloqani tashkil etuvchi „Buzton“ qoʻshma korxonasini barpo qildi. Bu loyiha muassislar mablagʻi, shuningdek eksport kreditlarni kafolatlash departamenti sugʻurtasi asosida olingan kredit hisobidan taʼminlandi.

OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B. B.ning 5 ta banki bilan va xorijiy banklarning Londondagi 11 ta boʻlimi bilan vakillik munosabatlari oʻrnatdi. „Barklayz Bank“ tijorat toʻlovlari boʻyicha asosiy vakil hisoblanadi. Navoiy viloyatidagi oltin konini oʻzlashtirish boʻyicha „NyumontZarafshon“ loyihasi amalga oshirilishi Milliy bank bilan „Barklayz Bank“ qoʻshma faoliyatining yoʻnalishlaridan biri boʻldi. „Barklayz Bank“ 161 mln. fransuz franki (salkam 32 mln. AQSH dollari miqdoridagi) kreditni „Sosyete Jeneral“ banki bilan birgalikda yangi „Metropol“ mehmonxonasi qurilishi uchun 10 y. mudsatga, ikkinchi kreditni 1,7 mln. AQSH dollari miqaorida Toshkent toʻqimachilik k-tiga B. B.ning „Krosrol“ firmasi yuboradigan asbobuskunalar haqini toʻlash uchun berdi.

Toshkent sh. hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasi „Handy Hayl“ firmasi bilan birgalikda diplomatiya korpusi xodimlari, xorijiy firmalarning vakillari yashaydigan 22 ta 2 qavatli kottej qurishni moʻljallagan. Bu yerda kichik supermarket, kafe, bar, 2 ta tennis korti boʻladi (1998).

OʻzRda B. B. sarmoyasi ishtirokidagi 115 ta korxona mavjud, shundan 34 tasida ingliz kapitali 100 % ni tashkil etadi. B. B.ning 36 ta firmasi vakolatxonasi rasmiylashtirilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA



  1. „Великобритания“. The World Factbook. CIA. Qaraldi: 2011-yil 3-noyabr. (ingl.)