Kamerun: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2: Qator 2:


<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kamerun''' (ing . Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing . Republic of Cameroon, frans. Republique du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi b-n tutash. Mayd. 475,4 ming km2, axoliyey 15,8 mln. kishi (2001). Poytaxti — Yaunde sh. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi .
'''Kamerun''' (ing . Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing . Republic of Cameroon, frans. Republique du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi b-n tutash. Mayd. 475,4 ming km2, axoliyey 21,7 mln. kishi (2012). Poytaxti — Yaunde sh. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi .





27-Fevral 2014, 09:21 dagi koʻrinishi

Kamerun Respublikasi
ShiorPaix, Travail, Patrie
(Fransuzcha: Peace, Work, Fatherland)
Madhiya: Chant de Ralliement
(Rallying Song)
Location of Kamerun
Poytaxt Yaunde
Rasmiy til(lar) Fransuz tili
Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Paul Biya
Philémon Yang
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi Fransiya ma'muriyatidan)
• Sana
1-yanvar 1960
Maydon
• Butun
475,440 km2 (53-oʻrin)
• Suv (%)
0.57
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
16,380,005 (59-oʻrin)
• Zichlik 34/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$31,770 mil. (93-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,940
Pul birligi CFA Franc (XAF)
Qisqartma CM
Telefon prefiksi 237
Internet domeni .cm


Kamerun (ing . Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing . Republic of Cameroon, frans. Republique du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi b-n tutash. Mayd. 475,4 ming km2, axoliyey 21,7 mln. kishi (2012). Poytaxti — Yaunde sh. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi .


Davlat tuzumi

K. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 y. 2 iyundan kuchga kirgan, unga 1995 y.da tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi -prezident (1982 y.dan Pol Biyya). U umumiy, toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli b-n 7 y. ga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.


Tabiati

K. ekvatorial va shim. subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Yer yuzasi shim.ga tomon pasayib boradigan yassitogʻlik (1500—2000 m). K. markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qoʻltigʻi sohilida Kamerun vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km cha. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gaz.

Iqlimi jan.da ekvatorial, nam iqlim. Oʻrtacha t-ra fevral yoki martda 24— 28°, iyulyo avg .da 22°—24°. Yillikyogʻin ichki hududlarda 1500—2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining gʻarbiy va jan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida — 10000 mm gacha). K.ning boshqa qismida iqlim — ekvatorial-mussonli, seryomgʻir, qishi quruq. Oʻrtacha t-ra 19°—24°, shim.da 26°—33°. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Daryolari koʻp va sersuv, ostonali, gidroenergiyaga boy. Koʻplarida kema qatnay olmaydi. Hududining ‘/, qismiga yaqini oʻrmon. Jan. dagi qizgʻish-sariq ferralit tuproqda doim yashil oʻrmonlar, sohilda mangra chakalakzorlari bor. Qimmatbaho yogʻoch beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) koʻp. Shim.

dagi qizil-qoʻngʻir va qora tropik tuproklarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Oʻrmonlari daraxtlarda yashaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv aygʻiri, timsoh, ilon, qushlar va turli hasharotlarga boy. Qoʻtos, karkidon, kiyik, jirafa, arslon, gepard va b. koʻp. Hay-vonlarni saqlab qolish uchun Benue, Bubanjida, Vaza milliy bogʻlari va Bafia, Ja, Duala-Edea, Kampo qoʻriqxonalari barpo etilgan.

Aholisining koʻpchiligi bantu (duala, balundu, basa va b.), sharqiy bantoid (bamileke, bamum, tikar va b.) til oilalariga mansub. Rasmiy tillar — fransuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy eʼtiqodni saqlagan, 35% qismidan ortigʻi xristian (asosan, katolik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, Morva, Garva va b.


Tarixi

K. hududidan oʻrta va yuqori paleolit davriga oid tosh qurollar topilgan. K.da dastlab pigmeylar yashab, ovchilik, chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik b-n shugʻullangan. 16-a.

ning2-yarmidan K.ga portugallar, gollandlar, 18-a boshlaridan ingliz, fransuz, nemis, amerika din daʼvatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boshladi. Ular kamerunliklarga tuz, gazmol, idish-tovoq, mis quymasi, spirtli ichimliklar olib kelib sotishgan. Yevropaliklar K.dan fil suyagi, palma moyi, murch va b. olib ketgan. 17— 18-a.larda Shim. K.da Mandora sultonligi tashkil topdi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida fulbe koʻchmanchilari Shim. va Markaziy K.da bir necha musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-a.da Markaziy K.da shakllangan Bamum davlati fulbelarga qarshi kurashdi. 18—19-a.larda Markaziy va Jan. K.da yana bir qancha davlatlar paydo boʻldi.

20-a. boshlarida Germaniya K.ning shim. va markaziy qismlariga hukmronlik qila boshladi. 1 -jahon urushi davrida ingliz-fransuz qoʻshinlari K. hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Sharqiy K. Fransiya, Gʻarbiy K. Bukj Britaniya nazoratiga oʻtdi. Mahalliy aholining ommaviy tashkiloti — Nigeriya va K. Milliy kengashi (1944) hamda K. xalklari ittifoqi partiyasi rahbarligida K. xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi.

Nihoyat, 1960 y. 1 yanv.da Sharqiy K. mustaqilligi eʼlon qilinib, 13 no-yab.

dan K. Respublikasi deb yuritila boshladi. 1961 y. 1 okt.da Gʻarbiy K.ning K. Respublikasiga birlashuvi natijasida K. Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini koʻtarish choralari koʻrildi: yagona pul va oʻlchov birligi qabul qilindi; barcha siyosiy partiyalar K. milliy ittifoqiga birlashtirildi. Ittifoqning 1-sʼyezdida KFRni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972 y. 20 maydagi referendum natijasida KFR K. Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984 y. 25 yanv.dan boshlab K. Respublikasi deb ataladigan boʻldi. K. — 1960 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 may — respublika eʼlon qilingan kun (1972).


Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

Respublikani himoya qilish harakati, 1991 y. da tuzilgan; K. xalqi demokratik birlashmasi, 1966 y.da asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy ittifoq, 1991 y.da tuzilgan; Ijtimoiy demokratik front, 1990 y.da asos solingan; K. xalqlari ittifoqi, 1991 y.dan oshkora ishlay boshlagan. K. mehnatkashlari kasaba uyushmasi tashkiloti, 1972 y.da tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi .


Xoʻjaligi

K. — agrar mamlakat. Markaziy Afrika mintaqasida iqtisodiy koʻrsatkichlari jihatidan oʻrtacha daromadli mamlakatlar guruhiga kiradi. 1980—90-y.larda yalpi ichki mahsulotning oʻrtacha yillik oʻsish surʼatlari 7%ni tashkil etdi. Sanoat ildamroq rivojlanishi tufayli yalpi ichki mahsulot tarkibi oʻzgardi: sanoatning solishtirma salmogʻi 44%, q.x. salmogʻi 24% boʻldi.


Sanoati

K.da neft qazib oladigan va uni kayta ishlaydigan, alyuminiy, charmpoyabzal, toʻqimachilik va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Qimmatli nav yogʻoch (temir yogʻoch, qizil yogʻoch) eksport qilishda K. dunyoda 6-oʻrinda turadi. Mustaqillik yillarida mamlakat oʻzini oziq-ovqat b-n toʻla taʼminlabgina qolmay, chetga ham sota boshladi. Elektr energiyaning yarmiga yaqini suv kuchi va yarmidan koʻprogʻi yoqilgʻi yordamida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 2,6 mlrd. kVtsoat ).

Qishloq xoʻjaligi ning yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Ekinzorlarning 50% dan koʻprogʻi oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar b-n band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, maniok, yams, makabo, taro, banan, yer yongʻoq, sabzavot, shakarqamish, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauchuk, tamaki, paxta, choy, moyli palma va b. ham yetishtiriladi. K. shim. va gʻarbida koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik muhim rol oʻynaydi. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va Biafra qoʻltigʻida turli baliqlar ovlanadi.


Transporti

Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 70% t.y. transportiga toʻgʻri keladi. T. y.ning uz. 1175 km, avtomobil yoʻllarining uz. — 65 ming km. Asosiy dengiz porti — Duala, daryo porti — Garva, xalqaro aeroportlar — Yaunde, Duala, Garvada.

K. chetga neft, yogʻoch, paxta tolasi, kauchuk, banan, yer yongʻoq, moyli palma mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, keng isteʼmol mollari, yoqilgʻi hamda moylash materiallari va b. oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Niderlandiya, Fransiya, AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Ispaniya. Pul birligi — Afrika franki.


Tibbiy xizmati

K.da shifokorlar Yaunde sh.dagi universitet tibbiyot-sanitariya markazida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼri-fiy muassasalari. 6—12 yoshdagi bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Taʼlim Sharqiy K.da fransuz, Gʻarbiy K.da ingliz tilida olib boriladi. Bolalarning 85% oʻqishga jalb etilgan. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. Hunar-texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida tashkil etilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Yaunde unti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy q.x. kolleji, Milliy maʼmuriy maktab, Milliy sport instituti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassasalari: Ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengashi (1962), Fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga koʻmaklashish uyushmasi (1972), Afrika tillarini oʻrganish mintaqa i.t. markazi, Q. x. tadqiqot inti, Demografiya tadqiqotlari instituti, Geogr. milliy instituti, Konchilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), Paxta inti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy arxiv (1952), Yaunde unti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, Yaundedagi milliy kutubxona, Demografiya tadqiqotlari institutining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy K. xalqlari sanʼati muzeyi, Bafusamda bamilike sanʼati muzeyi, Fumbanda bamum sanʼati muzeyi bor .

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Kamerun tribyun" ("Kamerun minbari", ingliz va fransuz tilidagi kundalik gaz., 1974 y.dan), "Kamerun autluk" ("Kamerun istiqboli", ingliz tilidagi xususiy gaz., 1971 y.dan), "Kamerun nuvo" ("Yangi Kamerun", fransuz tilidagi xususiy gaz., 1984 y.dan), "Kamerun tayms" ("Kamerun vaqti", ingliz tilidagi xususiy gaz., 1960 y.dan), "Ofjektif" ("Maqsad", fransuz tilidagi oylik jur., 1979 y.dan). Kamnyus — hukumat axborot agentligi 1978 y.da tashkil etilgan. K. radio va telekoʻrsa-tuvi — hukumat mahkamasi, 1988 y.da tuzilgan, umuman radioeshittirishlar 1955 y.dan olib boriladi.


Adabiyoti

Xalq ogʻzaki ijodiyoti K. xalqi hayotida muhim rol oʻynaydi. 20-a. boshlarida bamum yozuvi paydo boʻlib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-y.lardan mahalliy (bulu, duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor harakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, fransuz, qisman, ingliz tillarida boʻlib, milliy ozodlik harakati b-n chambarchas bogʻlangan. Koʻpchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-a. 50-y.laridagi ozodlik kurashining taʼsiri sezilib turadi (E.E. Yondonning "Kamerun! Kamerun!" sheʼriy toʻplami va b.). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini koʻrsatdilar, mustamlakachilikni tanqid qildilar (Mongo Betining "Shafqatsiz shahar", "Tugallangan missiya" romanlari va h.k.). K. mustaqillikka erishgach, K. madaniyati jamiyati, K. shoirlari va adiblari uyushmasi tuzildi. 1963 y.dan madaniyat masalalarini yoritadigan "Abbia" jur. chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (koʻp xotinlik, qalin olishberish)ni fosh etish, ozodlik kurashi tarixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy oʻrin tutadi. Dramaturgiya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalarini davom ettirish b-n birga hozirgi zamon muammolarini ham qalamga oladilar. S. M. Eno-Belinganing lirik-falsafiy sheʼrlardan iborat "Negrcha niqoblar" toʻplami keyingi yillardagi salmoqli asar boʻldi.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Loy, tosh, yogoch va bambukdan qilingan aylana, toʻgʻri burchakli, qamish tomli kulbalar, idishga oʻxshatib loydan qurilgan 6—8 m li konussimon uylar koʻp. 19-a. oxirida yirik shaharlar (Yaunde, Duala) vujudga keldi, ularda arabcha va yevropacha uslub qorishib ketgan binolar qad koʻtardi. Keyingi yillarda zamonaviy meʼmoriy inshootlar mahalliy meʼmorlarning loyihalari asosida ham qurila boshladi (Dualadagi "Kokotye" mehmonxonasi, savdo palatasi; Yaundedagi prezident qarorgohi, fransuz madaniy markazi, vokzal binolari). K. xalqlari oʻrtasida yogʻoch oʻymakorligi (uy jihozlari, yogʻochdan yasalgan odam, hayvon haykalchalari va ularga naqsh solish) rivojlangan. Zamonaviy yogʻoch oʻymakorlaridan Mombe Massanga, uning ugli G. Muafo, shuningdek, Isam Kanko eng mashhurlaridir.


Musiqasi

K. aholisining milliy tarkibi xilma-xilligi musiqa madaniyatining oʻziga xosligini belgilaydi. Cholgʻu asboblari ham turlicha: urma cholgʻulardan katta-kichik barabanlar, ksilofon, balafon; torli-tirnama sozlardan ngombi, mvet, molori va b.; puflama sozlardan kakaki, sanri kabilar. Har bir xalqning qushiqlari, cholgʻu dastalari tarkibi, ijro uslubi har xil. Ayrim tumanlarda mehnat jarayoniga joʻr buladigan musiqa: baliqchilar qoʻshigʻi, makkajoʻxori uqalovchi ayollar qoʻshigʻi va b. mavjud. Ayrim qoʻshiqlar yakkaxonlikda, boshqalari joʻr ovozlikda hamda koʻp ovozliqda ijro etiladi. Koʻpgina qoʻshiqlarni raqsdan ajratib boʻlmaydi. Pigmeylarning qoʻshiq-raqs anʼanasi ham oʻziga xos. Ularning "mvet" musiqa tomoshalari gʻoyat jozibador. Xalq musiqa ijodi b-n birga anʼanaviy professional (saroy) musiqa janrlari ham rivoj topgan.

20-a. da Yevropa va Amerika musiqasining taʼsiri kuchaydi. Zamonaviy kompozitorlar, dirijyorlar, sozandalar yetishib chikdi, ashula va rake ansambllari tashkil topdi. K. musiachilar va kompozitorlar uyushmasi tuzildi (1972). Folklor namunalarini toʻplash va oʻrganish yoʻlga qoʻyildi .


Teatri

K. xalqlari oʻrtasida qadimdan raqs-musiqa oʻyinlari — pantomimalar odat boʻlgan. Ayrim raqslar baʼzan tomosha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga oʻxshab ketadi. 1955 y. Yaundeda yosh artistlar uyushmasi tashkil etildi. Truppa rahbari S. Avona oʻzining "Ebutuning uylanishi", "Ishsiz" pyesalarini sahnalashtirdi. 1961 y. da Dualada K. xalk, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan "Afrika avangardi" dramatik truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning koʻriklari, sanʼat festivallari oʻtkazildi .


Kinosi

K.da yaratilgan dastlabki filmlar etn. tusida edi: "Tam-tam Parijda" (1963, rej. T. Sita-Bella), "Bambilikening katta uyi" (1966, rej. J. P. Ngassa). 1966 y.da Axborot vazirligi huzurida kino boʻlimi ochildi. 1973 y.da kino sanoati jamgʻarmasi taʼsis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamgʻarmadan mablagʻ berila boshladi. Rej. J. P. Dikong-Pipaning "Shoxlar" (1964) va "Otamni qaytarib beringlar" (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin "Begona bola" (1975), "Ozodlik qadri" (1979) filmlari shuhrat qozondi. Rej. D. Kamva "Belanchak" va "Bizning qizimiz" nomli hajviy filmlar yaratdi.[1]

Kamerun (Kamerun Respublikasi) poytaxti — Yaoundé shahri. BMT aʼzosi

Andoza:Link FA Andoza:Link FA

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil