Vikipediya:Dars: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.79.2 (munozara) tahrirlari Addbot versiyasiga qaytarildi
Qator 7: Qator 7:
[[Tasvir:vikidars_tahrir.png|left|thumb|'''Tahrir''' tugmalari.]]
[[Tasvir:vikidars_tahrir.png|left|thumb|'''Tahrir''' tugmalari.]]
[[Vikipediya:Qumloq|Qoralama sahifasini]] ochib, ''tahrir'' tugmasini bosing. Bunda ''Tahrirlash'' sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi ''Saqla'' tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi.
[[Vikipediya:Qumloq|Qoralama sahifasini]] ochib, ''tahrir'' tugmasini bosing. Bunda ''Tahrirlash'' sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi ''Saqla'' tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi.
=== Koʻrib chiqish ===
=SAMDU QOSHIDAGI 2-SON AKADEMIK LITSEYI 212-GURUH TALABALARI BULBOYEV ABDULBASIR
[[Tasvir:vikidars_saqla.png|right|thumb|338px|Tahrir oynasi tagida:<br/> '''Qisqa tavsif''' maydoni;<br/> '''Bu kichkina tahrir''' va '''Sahifani kuzat''' tasdiqlari;<br/> '''Saqla''', '''Koʻrib chiqish''' hamda '''Oʻzgarganlarni koʻrsat''' tugmalari.]]

''Saqla'' tugmasining yonida ''Koʻrib chiqish'' tugmasi ham bor. U nega kerak? Izoh: ''Koʻrib chiqish'' tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin ''saqlamaydi''.
=== Oʻzgarganlarni koʻrsat ===
=== Oʻzgarganlarni koʻrsat ===
''Koʻrib chiqish'' tugmasi yonida ''Oʻzgarganlarni koʻrsat'' tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.
''Koʻrib chiqish'' tugmasi yonida ''Oʻzgarganlarni koʻrsat'' tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.
Qator 80: Qator 81:


{{Shuningdek|VP:MI|l1=Manbalarga ishoratlar}}
{{Shuningdek|VP:MI|l1=Manbalarga ishoratlar}}
SAMDU QOSHIDAGI 2-SON AKADEMIK LITSEYI 212-GURUH TALABALARI BULBOYEV ABDULBASIR


== Havolalar ==
== Havolalar ==

30-Oktyabr 2013, 12:07 dagi koʻrinishi

Vikipediyani tahrirlash darsiga marhabo!

Bu yerda Vikipediyadagi sahifalarni qanday tahrirlash (oʻzgartirish) mumkinligini oʻrganishingiz mumkin.

Vikipediya ochiq ensiklopediyadir. Uni har kim, shu jumladan siz ham tahrirlay olasiz. Lekin qanday qilib?

Ilk qadam

Tahrir tugmalari.

Qoralama sahifasini ochib, tahrir tugmasini bosing. Bunda Tahrirlash sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi Saqla tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi.

Koʻrib chiqish

Tahrir oynasi tagida:
Qisqa tavsif maydoni;
Bu kichkina tahrir va Sahifani kuzat tasdiqlari;
Saqla, Koʻrib chiqish hamda Oʻzgarganlarni koʻrsat tugmalari.

Saqla tugmasining yonida Koʻrib chiqish tugmasi ham bor. U nega kerak? Izoh: Koʻrib chiqish tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin saqlamaydi.

Oʻzgarganlarni koʻrsat

Koʻrib chiqish tugmasi yonida Oʻzgarganlarni koʻrsat tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.

Qisqa tavsif

Saqla tugmasini bosishdan avval Qisqa tavsif maydoniga aynan qanday tahrir qilganingiz haqida yozganingiz maʼqul (bu majburiy emas, biroq bu boshqa vikipediyachilarning mushkulini oson qiladi). Masalan, „xatoni tuzatdim“, „yangi axborot qoʻshdim“ va hk. Bu tavsif sahifa tarixida sizning foydalanuvchi ismingiz va tahriringiz sanasi yonida koʻrsatiladi.

Matn ustida ishlash

Kiritayotganingiz matn ustida turli amallar bajarish mumkin.

Qalin va kursiv

Yozayotgan matningizni qalin yoki kursiv qilishingiz mumkin. Bunda apostroflardan (') foydalaniladi.

Tergan matningiz Natija
''kursiv'' kursiv

'''qalin'''

qalin

'''''qalin kursiv'''''

qalin kursiv

Sarlavha va ostsarlavha

Sarlavhalar bilan maqola ichidagi boʻlimlarni ajratishingiz mumkin. Bunda barobar belgilaridan (=) foydalaniladi.

Tergan matningiz Natija

== Sarlavha ==

Sarlavha

=== Ostsarlavha ===

Ostsarlavha

Tasvirlar qoʻyish

Suratlar ishlatish orqali maqolada gap ketayotgan obyekt haqida oʻquvchida kengroq taassurot qoldirish mumkin. Tasvir qoʻyish quyidagicha amalga oshiriladi:

[[Tasvir:Misol.jpg|150px|thumb|right|Tasvir namunasi]]

Natijada sahifaning oʻng tomonida tasvir paydo boʻladi.

Tasvir namunasi

Bu yerda „misol.jpg“ — fayl nomi, „150px“ — tasvirning piksellardagi kattaligi, „thumb“ — tasvirning kichik shakli (thumbnail), „right“ — tasvir joylashadigan sahifa qismi (bu yerda oʻng tomon), „Tasvir namunasi“ — tasvirga izoh.

Ishoratlar

Oʻquvchining bir sahifadan boshqasiga osonlik bilan oʻtishi uchun sahifa ichiga ishoratlar qoʻyish mumkin. Bunda ikki tomondan ikkitadan kvadrat qavs ishlatiladi:

[[Vikipediya]] = Vikipediya

Agarda ishoratingiz matni ishora qilinayotgan maqola nomidan boshqacha boʻlsa, tik chiziq „|“ yordamida ishora qilmoqchi boʻlganingiz maqola nomi va ishorat matnini ajratishingiz mumkin:

[[Vikipediya|Ochiq ensiklopediya]] = Ochiq ensiklopediya

Manbalar

Manba koʻrsatish uchun matnda <ref> Siz qoʻymoqchi boʻlgan manba (kitob, sayt, ba hokazo) </ref> sintaksini qoʻying. Matning oxirida Manbalar degan boʻlim yaratib uning ostiga {{Reflist}} andozasini qoʻying. Siz matn ichida koʻrsatgan manbalar avtomatik ravishda Manbalar boʻlimida ketma-ket teriladi.

Havolalar

Agarda Vikipediyadan tashqaridagi boshqa bir resursga ishorat bermoqchi boʻlsangiz, ishorat matnini ikki tomondan bittadan kvadrat qavs bilan yoping. Masalan, BMT haqidagi maqolaga quyidagi havolani qoʻshish mumkin:

[http://www.un.org/ BMTning rasmiy sayti] = BMTning rasmiy sayti

Yana bir misol. Oʻzbekiston Respublikasining hukumati haqidagi maqolaga mana bu havolani qoʻshish mumkin:

[http://gov.uz/uz/ Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali] = Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali

Xotima

Mana, sahifani tahrirlash asoslarini oʻrganib oldingiz. Agarda savollaringiz boʻlsa, bemalol munozara sahifasida soʻrashingiz mumkin.