Jalol Ikromiy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 15: Qator 15:
* [http://dic.academic.ru/dic.nsf/bse/90039/%D0%98%D0%BA%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%B8 Икрами Джалол] в БСЭ;
* [http://dic.academic.ru/dic.nsf/bse/90039/%D0%98%D0%BA%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%B8 Икрами Джалол] в БСЭ;
* [http://enc.mail.ru/article/1900411137 Икрами Джалол] в Российском энциклопедическом словаре.
* [http://enc.mail.ru/article/1900411137 Икрами Джалол] в Российском энциклопедическом словаре.

{{bio-stub}}

26-Sentyabr 2013, 14:50 dagi koʻrinishi

Ikromiy Jalol (forscha: جلال اکرامی, tojikcha: Ҷалол Икромӣ; 1909, Buxoro - 1993.11.4, Dushanbe) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1979), dramaturg. 20-yillarda Toshkent pedagogika institutida taʼlim olgan. Yozuvchi sifatida shakllanishida Abdulla Qodiriyning taʼsiri kuchli boʻlgan. Ilk asari "Registonda tun" (1927) hikoyasidir. "Dushman" (1933) dramasi, "Muhabbat urugʻi" (1937) komediyasi, "Oʻq ilon" (1934),"Men gunohkorman" (1957) qissalarida tojik xalqining hayoti lavhalari, urf-odatlari ifodalangan. "Shodi" (1—2-qismlar, 1949) romanida Tojikistondagi jamoalashtirish davri tasvirlangan. "Olov qizi" (1962) romani tojik ayollarining oʻtmishdagi hayotiga bagʻishlangan. Buxoro amirligining soʻnggi davri haqidagi "Buxoroning oʻn ikki darvozasi" (1969), "Joni sabil quzgʻunlar" (1979) romanlari muallifi.

Ijodida oʻzbek va tojik xalqlari orasidagi doʻstlik mavzui alohida oʻrin tutadi. Koʻpchilik asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. "Dushman", "Zuhro", "Ona qalbi" va b. pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot

  • Husaynzoda Sh., Jalol Ikromi, Dushanbe, 1959.
  • Men gunohkorman, T., 1963;
  • Olov qizi, T., 1964;
  • Buxoroning oʻn ikki darvozasi, T., 1971.

Havolalar