Yosh buxoroliklar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1: Qator 1:
'''Yosh buxoroliklar''' - Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi). Dastlab "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan. 1910—20 y.larda "YO. b." partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambagʻallari vakillari kirgan. Ular boshida mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar oʻtkazish, konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qoʻyish tarafdori boʻlgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja), Otaulla Xoʻjayev, Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Homidxoʻja Mehriy, Musa Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim Yo. b.ning dastlabki tashkilotchilari edi. Keyinchalik uning faoliyatida Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov katta rol oʻynashdi. Yo.b. iqtidorli yoshlarni Istanbul, Qozon, Ufa, Boqchasaroyga oʻqishga joʻnatdi. Ular partiyaning moddiy mablagʻi hisobidan taʼlim olishgan. Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov partiyaga katta mablagʻ ajratgan. Istanbulda "Buxoro taʼlimi maorif jamiyati" tashkil qilinib, jamiyat aʼzolari Turkistonda maorif tizimini rivojlantirishda muhim ishlar qilishdi. Jamiyatning koʻmagi bilan Fitrat va b. taraqqiyparvarlarning asarlari Istanbulda nashr qilinib, Turkiston mintaqasiga tarqatildi. Yo. b.ning maqsadi yangi usul maktablarini ochish, bolalarning savodini tezroq chiqarish, ijtimoiy ongini oʻstirish, maktab, Madrasa, oʻquv tizimini isloh qilish edi. Buxoroda boshlangan harakat tezda Shaxrisabz va Karkigacha tarqaldi. 1912 y. Buxoroda dastlabki gaz.lar — tojik tilida "Buxoroyi sharif" va oʻzbek tilida "Turon" chika boshladi. Gaz.larni moddiy jihatdan taʼminlash va nashr ishlarini yoʻlga qoʻyishda Muhiddin Mansurov va Mirzo Siroj Hakim muhimroloʻynashdi. Biroq 1913 y. yanvar
'''Yosh buxoroliklar''' - Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi). Dastlab "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan. 1910—20 y.larda "YO. b." partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambagʻallari vakillari kirgan. Ular boshida mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar oʻtkazish, konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qoʻyish tarafdori boʻlgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja), Otaulla Xoʻjayev, Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Homidxoʻja Mehriy, Musa Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim Yo. b.ning dastlabki tashkilotchilari edi. Keyinchalik uning faoliyatida Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov katta rol oʻynashdi. Yo.b. iqtidorli yoshlarni Istanbul, Qozon, Ufa, Boqchasaroyga oʻqishga joʻnatdi. Ular partiyaning moddiy mablagʻi hisobidan taʼlim olishgan. Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov partiyaga katta mablagʻ ajratgan. Istanbulda "Buxoro taʼlimi maorif jamiyati" tashkil qilinib, jamiyat aʼzolari Turkistonda maorif tizimini rivojlantirishda muhim ishlar qilishdi. Jamiyatning koʻmagi bilan Fitrat va b. taraqqiyparvarlarning asarlari Istanbulda nashr qilinib, Turkiston mintaqasiga tarqatildi. Yo. b.ning maqsadi yangi usul maktablarini ochish, bolalarning savodini tezroq chiqarish, ijtimoiy ongini oʻstirish, maktab, Madrasa, oʻquv tizimini isloh qilish edi. Buxoroda boshlangan harakat tezda Shaxrisabz va Karkigacha tarqaldi. 1912 y. Buxoroda dastlabki gaz.lar — tojik tilida "Buxoroyi sharif" va oʻzbek tilida "Turon" chika boshladi. Gaz.larni moddiy jihatdan taʼminlash va nashr ishlarini yoʻlga qoʻyishda Muhiddin Mansurov va Mirzo Siroj Hakim muhimroloʻynashdi. Biroq 1913 y. yanvar


da bu gaz.larning faoliyati rus maʼmurlari tomonidan taqiqlab qoʻyildi. Istanbulda taʼlim olgan koʻplab buxoroliklarning yurtiga kaytishi bilan maorif ishlari yana jonlandi. 1914 y.dan boshlab Yo. b. maʼrifatchilikdan siyosat sohasiga oʻtdilar. Yo. b. amirlik tuzumini isloh qilish toʻgʻrisida dadil fikrlar bilan maydonga chiqishdi. Ularning ijtimoiy, siyosiy, maʼrifatparvarlik faoliyati partiya mazmunida endilikda yangicha maqsad va yoʻnalish kasb etdi. Buxoroda "Maʼrifat" kutubxonasi va "Barakat shirkati" tuzilib, ular kitoblar nashr qilish va xorijda chiqarilgan turli adabiyotlar, gaz. va jur.larni Buxoroda tarqatish bilan shugʻullanadilar. Bu ishlarda A. Burhonov, A. Hamdiy, Mirzo Siroj Hakim faollik koʻrsatishdi. Biroq ularning maʼrifatparvarlik intilishlari avval amir Abdulahad, soʻngra uning oʻgʻli Olimxon tomonidan katta qarshilikka uchradi. 1917 y. fev. inqilobi Yo. b. ichida kuchlar nisbatining qayta guruxlanishini tezlashtirdi. Astasekin isloh qilish tarafdorlari boʻlgan jadidlarga Abdulvohid Burhonov, islohot sohasida faol harakatlarni qoʻllovchi, nisbatan oz sonli yosh jadidlarga Fitrat yetakchilik qildi. Yo. b. Petrograddagi Muvaqqat hukumatga amirlikda demokratik islohotlar oʻtkazishni soʻrab, 2 marta telegramma yubordi, Fitrat va U. Poʻlatxoʻjayev Petrogradga joʻnatildi. Ular Rossiyadan maxsus komissiya kelayotgani sababli Orenburgdan Buxoroga qaytishdi. Rus rezidenti A. Ya. Miller Buxoroda U. Poʻlatxoʻjayev, A. Burhonov va b. bilan uchrashib, Yo. b. talablari bilan qiziqdi. Yo. b. yangi usul maktablari ochish, matbuotga erkinlik berish, xalq hukumati tuzish talablarini ilgari surdi. Buxoro amiri Olimxon Miller va uning yordamchisi Shulga tuzgan manifest matnini ayrim tuzatishlar bilan farmoni oliy tarzida eʼlon qildi (1917 y. 7 aprel) Amir farmonida nufuzli kishilardan iborat majlis tuzish, davlat xazinasini taʼsis etish va mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish, soliklarni tartibga solish, amaldorlar ustidan nazorat oʻrnatish va ularga moyana toʻlash kabilar tilga olingan edi. Yo. b.ning Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Usmon Xoʻjayev boshchiligidagi soʻl qanoti farmon eʼlon qilingan kunning ertasiga Buxoro sh.da katta namoyish uyushtirdi va Registonda miting oʻtkazdi (q. [[Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi]]). 14 aprel
da bu gaz.larning faoliyati rus maʼmurlari tomonidan taqiqlab qoʻyildi. Istanbulda taʼlim olgan koʻplab buxoroliklarning yurtiga kaytishi bilan maorif ishlari yana jonlandi. 1914 y.dan boshlab Yo. b. maʼrifatchilikdan siyosat sohasiga oʻtdilar. Yo. b. amirlik tuzumini isloh qilish toʻgʻrisida dadil fikrlar bilan maydonga chiqishdi. Ularning ijtimoiy, siyosiy, maʼrifatparvarlik faoliyati partiya mazmunida endilikda yangicha maqsad va yoʻnalish kasb etdi. Buxoroda "Maʼrifat" kutubxonasi va "Barakat shirkati" tuzilib, ular kitoblar nashr qilish va xorijda chiqarilgan turli adabiyotlar, gaz. va jur.larni Buxoroda tarqatish bilan shugʻullanadilar. Bu ishlarda A. Burhonov, A. Hamdiy, Mirzo Siroj Hakim faollik koʻrsatishdi. Biroq ularning maʼrifatparvarlik intilishlari avval amir Abdulahad, soʻngra uning oʻgʻli Olimxon tomonidan katta qarshilikka uchradi. 1917 y. fevral inqilobi Yo. b. ichida kuchlar nisbatining qayta guruxlanishini tezlashtirdi. Astasekin isloh qilish tarafdorlari boʻlgan jadidlarga Abdulvohid Burhonov, islohot sohasida faol harakatlarni qoʻllovchi, nisbatan oz sonli yosh jadidlarga Fitrat yetakchilik qildi. Yo. b. Petrograddagi Muvaqqat hukumatga amirlikda demokratik islohotlar oʻtkazishni soʻrab, 2 marta telegramma yubordi, Fitrat va U. Poʻlatxoʻjayev Petrogradga joʻnatildi. Ular Rossiyadan maxsus komissiya kelayotgani sababli Orenburgdan Buxoroga qaytishdi. Rus rezidenti A. Ya. Miller Buxoroda U. Poʻlatxoʻjayev, A. Burhonov va b. bilan uchrashib, Yo. b. talablari bilan qiziqdi. Yo. b. yangi usul maktablari ochish, matbuotga erkinlik berish, xalq hukumati tuzish talablarini ilgari surdi. Buxoro amiri Olimxon Miller va uning yordamchisi Shulga tuzgan manifest matnini ayrim tuzatishlar bilan farmoni oliy tarzida eʼlon qildi (1917 y. 7 aprel) Amir farmonida nufuzli kishilardan iborat majlis tuzish, davlat xazinasini taʼsis etish va mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish, soliklarni tartibga solish, amaldorlar ustidan nazorat oʻrnatish va ularga moyana toʻlash kabilar tilga olingan edi. Yo. b.ning Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Usmon Xoʻjayev boshchiligidagi soʻl qanoti farmon eʼlon qilingan kunning ertasiga Buxoro sh.da katta namoyish uyushtirdi va Registonda miting oʻtkazdi (q. [[Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi]]). 14 aprel


da amir oʻz farmonini bekor qildi. Yo. b. endi amir hokimiyatiga qarshi yashirin kurash yoʻliga oʻtdi. Ular Buxoro sh.ni tark etishga majbur boʻldi va Yangi Buxoro (Kogon)ga kelib oʻrnashdi. Kogonda ular safiga Buxorodan avval chiqib ketgan yirik savdogar Muhiddin Mansurov oʻgʻillari (Abdulqodir, Amin, Isom Muhidsinov) va b. bilan kelib qoʻshildi. 1917 y. aprel vokealari Yo. b. partiyasi ichidagi boʻlinishni chukurlashtirdi va unda A. Burhonov boshchiligidagi oʻng qanot vaqtinchalik ustun keldi. Keyinchalik Yo. b. partiyasidan qisman isloxrtlar oʻtkazish tarafdori boʻlgan jadidlarning ulamolar bilan bogʻlangan Ikrom domla boshchiligidagi guruhi ajralib chikdi. Yo. b. safidan yirik sarmoyadorlar chiqib, unga koʻproq shahar kambagʻallari kirdi.
da amir oʻz farmonini bekor qildi. Yo. b. endi amir hokimiyatiga qarshi yashirin kurash yoʻliga oʻtdi. Ular Buxoro sh.ni tark etishga majbur boʻldi va Yangi Buxoro (Kogon)ga kelib oʻrnashdi. Kogonda ular safiga Buxorodan avval chiqib ketgan yirik savdogar Muhiddin Mansurov oʻgʻillari (Abdulqodir, Amin, Isom Muhidsinov) va b. bilan kelib qoʻshildi. 1917 y. aprel vokealari Yo. b. partiyasi ichidagi boʻlinishni chukurlashtirdi va unda A. Burhonov boshchiligidagi oʻng qanot vaqtinchalik ustun keldi. Keyinchalik Yo. b. partiyasidan qisman isloxrtlar oʻtkazish tarafdori boʻlgan jadidlarning ulamolar bilan bogʻlangan Ikrom domla boshchiligidagi guruhi ajralib chikdi. Yo. b. safidan yirik sarmoyadorlar chiqib, unga koʻproq shahar kambagʻallari kirdi.
Qator 9: Qator 9:
da Fitratga topshirdi. Fitrat bu paytda Samarqandda chiqayotgan "Hurriyat" gaz.ning bosh muharriri edi. Markaziy qoʻmita Fitrat tomonidan 1918 y. yanvar
da Fitratga topshirdi. Fitrat bu paytda Samarqandda chiqayotgan "Hurriyat" gaz.ning bosh muharriri edi. Markaziy qoʻmita Fitrat tomonidan 1918 y. yanvar


da yozilgan Yo. b. partiyasining dasturini tasdikladi va islohot loyihasi sifatida eʼlon qildi. Unda mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini taʼminlash, madaniy taraqqiyot, dehqonchilik va soliqtizimi masalalariga alohida eʼtibor berildi, zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy oʻquv yurtlari ochish, 10 nozirlikdan iborat Nozirlar kengashi tuzish taklif etildi. Fayzulla Xoʻjayev Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini taʼkidladi. Okt. toʻntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Qoʻqon sh.da faoliyat koʻrsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumatini qizil askarlar va arman dashnoqlarining qurolli kuchlari yordamida 1918 y. 19—12 fev.da agdarib tashlagan bolsheviklar endi Buxoroda bir zarb bilan amirlik hokimiyatini ham tugatmoqchi edi. Ular shu maqsadda Fayzulla Xoʻjayev boshchiligidagi Yo. b.ni qoʻllabquvvatlashdi. Yo. b. esa oʻz kuchlari bilan hukumatni qoʻlga ololmasdi. 1918 y. fev. oyining oxirida Turkiston XKS raisi F. I. Kolesov Ashxoboddan Toshkentga kaytayotganda Kogon sh.da Yo. b. raxbarlari bilan uchrashib, amir hokimiyatiga qarshi kurashda oʻz "xizmat"ini taklif qildi. Yo. b.ning 7 kishidan iborat inqilobiy qoʻmitasi (rais—Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda Buxoroda 1918 y. mart fojialari sodir boʻldi (q. [[Kolesov voqeasi]]). Oqibatda 3 mingdan ortiq Yo. b. oʻldirildi. Buxorodan tashqari Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorakoʻl tumanlari va Chorjoʻy, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidliqda nohaq ayblanib, qatl etildi. Yo. b. amirlik hududidan darxrl chiqib ketishga majbur boʻldi va Turkiston respublikasidan siyosiy boshpana soʻradi. Sovet Turkistoni rahbarlari Yo. b.ga noxush munosabatda boʻddi. Muhojirlikdagi Yo. b.ning koʻpchiligi ocharchilik natijasida qirilib ketdi. Yo. b. partiyasida gʻoyaviy tushkunlik, guruhbozlik va parokandalik yuz berdi. Muhojirlikning dastlabki davrida (1918 y. mart—iyun) F. Xoʻjayev Yo. b. qoʻmitasining raisi sifatida safdoshlarini ishga joylashtirish va moddiy jihatdan taʼminlash bilan faol shugʻullandi. Toshkentda 1918 y. aprel—may oylarida U. Poʻlatxoʻjayev boshchiligida Yo. b.ning soʻl eserlar guruhi tashkil topdi. Samarqanddagi shunday guruhga Otaulla Xoʻjayev rahbarlik qildi (bu guruh 1918 y. 25 sent. gacha ishladi). Muhojirlikning 2davrida (1918 y. oʻrtalaridan to 1919 y. gacha) RSFSR va Turkiston Millatlar ishi boʻyicha komissarliklari krshida Yo. b.ning boʻlimlari ochildi, Fayzulla Xujayev Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasida Yo. b. partiyasining boʻlimini tashkil qildi (1918 y. okt.). Buxoro amirligida demokratik gʻoyalarni targʻib qilish uchun Yo. b. tomonidan oyida 2 marta oʻzbek va tojik tillarida jur. nashr etila boshlandi. 1918 y. 16 noyabr da Moskvada Yo. b.ning Turkiston MIKdagi muxtor vakolatxonasi yigʻilishida Fayzulla Xoʻjayev tayyorlagan dastur (programma) kabul kilindi. Unda Buxorodagi ijtimoiy tuzum va xalq ahvoli yoritildi, Buxorodagi amir hukumatini agʻdarib tashlash uchun tashviqotchi xodimlar tarbiyalash, Buxoro va Turkiston xalklari bilan aloqa bogʻlash, amirga qarshi xalq koʻzgʻolonini tayyorlash va unga rahbarlik qilish, qoʻzgʻolonchilarni qurolyarogʻ bilan taʼminlash masalalari koʻzda tutildi. Yo. b.ning maqsadi — Buxoroda demokratik xalq respublikasi oʻrnatish, deb eʼlon etildi. 1919 y. oʻrtalariga kelib, Yo. b.ning Toshkent, Samarqand, Mari, Karki, Kattaqoʻrgʻonda boʻlimlari va Kogonda shahar byurosi tuzildi. Shu yil dek.gacha ularning 3 marta qurultoyi chaqirildi. 1920 y. yanvarda Toshkentda Fayzulla Xoʻjayev boshchiligida inqilobchi Yo. b. partiyasi Turkiston Markaziy byurosi tashkil etildi. 1920 y. 15 apreldan Yo. b. partiyasining organi "Uchqun" gaz. chika boshladi (muharrir — Fayzulla Xoʻjayev). U Toshkentda chop qilinib, Buxoroda maxfiy ravishda tarkatildi. Inqilobchi Yo. b. partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920 y. 13— 14 iyundagi birlashgan konferensiyasida F. Xujayev tuzgan dasturni kabul qildi. Dastur "Zulmga qarshi birlashingiz!" degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va Yo. b.ning asosiy maqsadlari, 2qismida esa Yo. b.ning amaliy takliflari, islohot va mamlakatni idora qilishni tashkil etish rejasi bayon etildi. Shariat—adliya ishlarini olib borishning negizi deb eʼtirof kilindi. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan agʻdarib tashlash va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb eʼlon qilish talabi qoʻyiladi. Katta boylar qoʻlidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlangʻich taʼlim joriy etish, q. x., hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yoʻlida amaliy choratadbirlar koʻrish zarurligi taʼkidlanadi. Markaziy byuro Buxoro xalqi va askarlariga karata oʻzbek va tojik tillarida "Xitobnoma" chiqarib, amir hokimiyatini agʻdarib tashlash uchun xalq qoʻzgʻoloni boshlashga daʼvat qildi. 17.000 nusxa xitobnoma va 10.000 nusxa partiya dasturi tarkatildi. Yo. b. tashkilotlari butun amirlik hududi boʻylab tuzilgan, hatto Eski Buxoroda uning 12 shoʻʼbasi mavjud edi. Bolsheviklar Yo. b.dan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandi. Yo. b. ham taktik maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklar bilan yaqinlashdi. 1920 y. 2 sent.
da yozilgan Yo. b. partiyasining dasturini tasdikladi va islohot loyihasi sifatida eʼlon qildi. Unda mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini taʼminlash, madaniy taraqqiyot, dehqonchilik va soliqtizimi masalalariga alohida eʼtibor berildi, zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy oʻquv yurtlari ochish, 10 nozirlikdan iborat Nozirlar kengashi tuzish taklif etildi. Fayzulla Xoʻjayev Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini taʼkidladi. Okt. toʻntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Qoʻqon sh.da faoliyat koʻrsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumatini qizil askarlar va arman dashnoqlarining qurolli kuchlari yordamida 1918 y. 19—12 fevralda agdarib tashlagan bolsheviklar endi Buxoroda bir zarb bilan amirlik hokimiyatini ham tugatmoqchi edi. Ular shu maqsadda Fayzulla Xoʻjayev boshchiligidagi Yo. b.ni qoʻllabquvvatlashdi. Yo. b. esa oʻz kuchlari bilan hukumatni qoʻlga ololmasdi. 1918 y. fevral oyining oxirida Turkiston XKS raisi F. I. Kolesov Ashxoboddan Toshkentga kaytayotganda Kogon sh.da Yo. b. raxbarlari bilan uchrashib, amir hokimiyatiga qarshi kurashda oʻz "xizmat"ini taklif qildi. Yo. b.ning 7 kishidan iborat inqilobiy qoʻmitasi (rais—Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda Buxoroda 1918 y. mart fojialari sodir boʻldi (q. [[Kolesov voqeasi]]). Oqibatda 3 mingdan ortiq Yo. b. oʻldirildi. Buxorodan tashqari Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorakoʻl tumanlari va Chorjoʻy, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidliqda nohaq ayblanib, qatl etildi. Yo. b. amirlik hududidan darxrl chiqib ketishga majbur boʻldi va Turkiston respublikasidan siyosiy boshpana soʻradi. Sovet Turkistoni rahbarlari Yo. b.ga noxush munosabatda boʻddi. Muhojirlikdagi Yo. b.ning koʻpchiligi ocharchilik natijasida qirilib ketdi. Yo. b. partiyasida gʻoyaviy tushkunlik, guruhbozlik va parokandalik yuz berdi. Muhojirlikning dastlabki davrida (1918 y. mart—iyun) F. Xoʻjayev Yo. b. qoʻmitasining raisi sifatida safdoshlarini ishga joylashtirish va moddiy jihatdan taʼminlash bilan faol shugʻullandi. Toshkentda 1918 y. aprel—may oylarida U. Poʻlatxoʻjayev boshchiligida Yo. b.ning soʻl eserlar guruhi tashkil topdi. Samarqanddagi shunday guruhga Otaulla Xoʻjayev rahbarlik qildi (bu guruh 1918 y. 25 sent. gacha ishladi). Muhojirlikning 2davrida (1918 y. oʻrtalaridan to 1919 y. gacha) RSFSR va Turkiston Millatlar ishi boʻyicha komissarliklari krshida Yo. b.ning boʻlimlari ochildi, Fayzulla Xujayev Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasida Yo. b. partiyasining boʻlimini tashkil qildi (1918 y. okt.). Buxoro amirligida demokratik gʻoyalarni targʻib qilish uchun Yo. b. tomonidan oyida 2 marta oʻzbek va tojik tillarida jur. nashr etila boshlandi. 1918 y. 16 noyabr da Moskvada Yo. b.ning Turkiston MIKdagi muxtor vakolatxonasi yigʻilishida Fayzulla Xoʻjayev tayyorlagan dastur (programma) kabul kilindi. Unda Buxorodagi ijtimoiy tuzum va xalq ahvoli yoritildi, Buxorodagi amir hukumatini agʻdarib tashlash uchun tashviqotchi xodimlar tarbiyalash, Buxoro va Turkiston xalklari bilan aloqa bogʻlash, amirga qarshi xalq koʻzgʻolonini tayyorlash va unga rahbarlik qilish, qoʻzgʻolonchilarni qurolyarogʻ bilan taʼminlash masalalari koʻzda tutildi. Yo. b.ning maqsadi — Buxoroda demokratik xalq respublikasi oʻrnatish, deb eʼlon etildi. 1919 y. oʻrtalariga kelib, Yo. b.ning Toshkent, Samarqand, Mari, Karki, Kattaqoʻrgʻonda boʻlimlari va Kogonda shahar byurosi tuzildi. Shu yil dek.gacha ularning 3 marta qurultoyi chaqirildi. 1920 y. yanvarda Toshkentda Fayzulla Xoʻjayev boshchiligida inqilobchi Yo. b. partiyasi Turkiston Markaziy byurosi tashkil etildi. 1920 y. 15 apreldan Yo. b. partiyasining organi "Uchqun" gaz. chika boshladi (muharrir — Fayzulla Xoʻjayev). U Toshkentda chop qilinib, Buxoroda maxfiy ravishda tarkatildi. Inqilobchi Yo. b. partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920 y. 13— 14 iyundagi birlashgan konferensiyasida F. Xujayev tuzgan dasturni kabul qildi. Dastur "Zulmga qarshi birlashingiz!" degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va Yo. b.ning asosiy maqsadlari, 2qismida esa Yo. b.ning amaliy takliflari, islohot va mamlakatni idora qilishni tashkil etish rejasi bayon etildi. Shariat—adliya ishlarini olib borishning negizi deb eʼtirof kilindi. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan agʻdarib tashlash va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb eʼlon qilish talabi qoʻyiladi. Katta boylar qoʻlidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlangʻich taʼlim joriy etish, q. x., hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yoʻlida amaliy choratadbirlar koʻrish zarurligi taʼkidlanadi. Markaziy byuro Buxoro xalqi va askarlariga karata oʻzbek va tojik tillarida "Xitobnoma" chiqarib, amir hokimiyatini agʻdarib tashlash uchun xalq qoʻzgʻoloni boshlashga daʼvat qildi. 17.000 nusxa xitobnoma va 10.000 nusxa partiya dasturi tarkatildi. Yo. b. tashkilotlari butun amirlik hududi boʻylab tuzilgan, hatto Eski Buxoroda uning 12 shoʻʼbasi mavjud edi. Bolsheviklar Yo. b.dan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandi. Yo. b. ham taktik maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklar bilan yaqinlashdi. 1920 y. 2 sent.


da Turkfront qoʻmondoni M. V. Frunze boshchiligidagi qizil askarlar keskin janglardan soʻng Buxoro sh.ni bosib oldi (q. [[Buxoro bosqini]]). Amir Olimxon hokimiyati agʻdarib tashlandi. Xalq Nozirlar Shoʻrosi, Inqilobiy qoʻmita va BKP MKning umumiy yigʻilishida (1920 y. 14 sent.) 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (raisi—Abdulqodir Muhiddinov) va respublika hukumati — 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi — Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi (q. [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]]). Yo. b. oʻz islohotchilik gʻoyalarini yangi hukumatdagi faoliyati davomida amalga oshirishga harakat qildi. Buxoroda amirlik tuzumini agʻdarib tashlashdek oʻz tarixiy vazifasini bajargan Yo. b. partiyasining aʼzolari 1920 y. 11 sent.da umumiy asosda Buxoro kompartiyasi safiga kirdi. Yo. b. partiyasining ayrim aʼzolari (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va b.) keyinchalik Buxorodagi istiqlolchilik harakati saflariga oʻtib, kizil askarlarga karshi kurashda katnashdi. 1923 y. iyunda Moskvaning qatʼiy talabi bilan Otaulla Xoʻjayev (tashqi ishlar noziri), Fitrat (maorif noziri), Sattor Xoʻjayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (Ekoso raisi) va b. sobiq Yo. b. lavozimlaridan olinib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Yo. b. safidagi jadidlarning deyarli hammasi 30y.larning oʻrtalarida qatagʻon qilindi. == Adabiyot ==
da Turkfront qoʻmondoni M. V. Frunze boshchiligidagi qizil askarlar keskin janglardan soʻng Buxoro sh.ni bosib oldi (q. [[Buxoro bosqini]]). Amir Olimxon hokimiyati agʻdarib tashlandi. Xalq Nozirlar Shoʻrosi, Inqilobiy qoʻmita va BKP MKning umumiy yigʻilishida (1920 y. 14 sent.) 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (raisi—Abdulqodir Muhiddinov) va respublika hukumati — 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi — Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi (q. [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]]). Yo. b. oʻz islohotchilik gʻoyalarini yangi hukumatdagi faoliyati davomida amalga oshirishga harakat qildi. Buxoroda amirlik tuzumini agʻdarib tashlashdek oʻz tarixiy vazifasini bajargan Yo. b. partiyasining aʼzolari 1920 y. 11 sent.da umumiy asosda Buxoro kompartiyasi safiga kirdi. Yo. b. partiyasining ayrim aʼzolari (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va b.) keyinchalik Buxorodagi istiqlolchilik harakati saflariga oʻtib, kizil askarlarga karshi kurashda katnashdi. 1923 y. iyunda Moskvaning qatʼiy talabi bilan Otaulla Xoʻjayev (tashqi ishlar noziri), Fitrat (maorif noziri), Sattor Xoʻjayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (Ekoso raisi) va b. sobiq Yo. b. lavozimlaridan olinib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Yo. b. safidagi jadidlarning deyarli hammasi 30y.larning oʻrtalarida qatagʻon qilindi. == Adabiyot ==

24-Sentyabr 2013, 10:16 dagi koʻrinishi

Yosh buxoroliklar - Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi). Dastlab "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan. 1910—20 y.larda "YO. b." partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambagʻallari vakillari kirgan. Ular boshida mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar oʻtkazish, konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qoʻyish tarafdori boʻlgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja), Otaulla Xoʻjayev, Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Homidxoʻja Mehriy, Musa Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim Yo. b.ning dastlabki tashkilotchilari edi. Keyinchalik uning faoliyatida Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov katta rol oʻynashdi. Yo.b. iqtidorli yoshlarni Istanbul, Qozon, Ufa, Boqchasaroyga oʻqishga joʻnatdi. Ular partiyaning moddiy mablagʻi hisobidan taʼlim olishgan. Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov partiyaga katta mablagʻ ajratgan. Istanbulda "Buxoro taʼlimi maorif jamiyati" tashkil qilinib, jamiyat aʼzolari Turkistonda maorif tizimini rivojlantirishda muhim ishlar qilishdi. Jamiyatning koʻmagi bilan Fitrat va b. taraqqiyparvarlarning asarlari Istanbulda nashr qilinib, Turkiston mintaqasiga tarqatildi. Yo. b.ning maqsadi yangi usul maktablarini ochish, bolalarning savodini tezroq chiqarish, ijtimoiy ongini oʻstirish, maktab, Madrasa, oʻquv tizimini isloh qilish edi. Buxoroda boshlangan harakat tezda Shaxrisabz va Karkigacha tarqaldi. 1912 y. Buxoroda dastlabki gaz.lar — tojik tilida "Buxoroyi sharif" va oʻzbek tilida "Turon" chika boshladi. Gaz.larni moddiy jihatdan taʼminlash va nashr ishlarini yoʻlga qoʻyishda Muhiddin Mansurov va Mirzo Siroj Hakim muhimroloʻynashdi. Biroq 1913 y. yanvar

da bu gaz.larning faoliyati rus maʼmurlari tomonidan taqiqlab qoʻyildi. Istanbulda taʼlim olgan koʻplab buxoroliklarning yurtiga kaytishi bilan maorif ishlari yana jonlandi. 1914 y.dan boshlab Yo. b. maʼrifatchilikdan siyosat sohasiga oʻtdilar. Yo. b. amirlik tuzumini isloh qilish toʻgʻrisida dadil fikrlar bilan maydonga chiqishdi. Ularning ijtimoiy, siyosiy, maʼrifatparvarlik faoliyati partiya mazmunida endilikda yangicha maqsad va yoʻnalish kasb etdi. Buxoroda "Maʼrifat" kutubxonasi va "Barakat shirkati" tuzilib, ular kitoblar nashr qilish va xorijda chiqarilgan turli adabiyotlar, gaz. va jur.larni Buxoroda tarqatish bilan shugʻullanadilar. Bu ishlarda A. Burhonov, A. Hamdiy, Mirzo Siroj Hakim faollik koʻrsatishdi. Biroq ularning maʼrifatparvarlik intilishlari avval amir Abdulahad, soʻngra uning oʻgʻli Olimxon tomonidan katta qarshilikka uchradi. 1917 y. fevral inqilobi Yo. b. ichida kuchlar nisbatining qayta guruxlanishini tezlashtirdi. Astasekin isloh qilish tarafdorlari boʻlgan jadidlarga Abdulvohid Burhonov, islohot sohasida faol harakatlarni qoʻllovchi, nisbatan oz sonli yosh jadidlarga Fitrat yetakchilik qildi. Yo. b. Petrograddagi Muvaqqat hukumatga amirlikda demokratik islohotlar oʻtkazishni soʻrab, 2 marta telegramma yubordi, Fitrat va U. Poʻlatxoʻjayev Petrogradga joʻnatildi. Ular Rossiyadan maxsus komissiya kelayotgani sababli Orenburgdan Buxoroga qaytishdi. Rus rezidenti A. Ya. Miller Buxoroda U. Poʻlatxoʻjayev, A. Burhonov va b. bilan uchrashib, Yo. b. talablari bilan qiziqdi. Yo. b. yangi usul maktablari ochish, matbuotga erkinlik berish, xalq hukumati tuzish talablarini ilgari surdi. Buxoro amiri Olimxon Miller va uning yordamchisi Shulga tuzgan manifest matnini ayrim tuzatishlar bilan farmoni oliy tarzida eʼlon qildi (1917 y. 7 aprel) Amir farmonida nufuzli kishilardan iborat majlis tuzish, davlat xazinasini taʼsis etish va mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish, soliklarni tartibga solish, amaldorlar ustidan nazorat oʻrnatish va ularga moyana toʻlash kabilar tilga olingan edi. Yo. b.ning Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Usmon Xoʻjayev boshchiligidagi soʻl qanoti farmon eʼlon qilingan kunning ertasiga Buxoro sh.da katta namoyish uyushtirdi va Registonda miting oʻtkazdi (q. Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi). 14 aprel

da amir oʻz farmonini bekor qildi. Yo. b. endi amir hokimiyatiga qarshi yashirin kurash yoʻliga oʻtdi. Ular Buxoro sh.ni tark etishga majbur boʻldi va Yangi Buxoro (Kogon)ga kelib oʻrnashdi. Kogonda ular safiga Buxorodan avval chiqib ketgan yirik savdogar Muhiddin Mansurov oʻgʻillari (Abdulqodir, Amin, Isom Muhidsinov) va b. bilan kelib qoʻshildi. 1917 y. aprel vokealari Yo. b. partiyasi ichidagi boʻlinishni chukurlashtirdi va unda A. Burhonov boshchiligidagi oʻng qanot vaqtinchalik ustun keldi. Keyinchalik Yo. b. partiyasidan qisman isloxrtlar oʻtkazish tarafdori boʻlgan jadidlarning ulamolar bilan bogʻlangan Ikrom domla boshchiligidagi guruhi ajralib chikdi. Yo. b. safidan yirik sarmoyadorlar chiqib, unga koʻproq shahar kambagʻallari kirdi.

1917 y. okt.—noyab. oylarida Petrograd va Toshkentda sodir boʻlgan voqealar Buxoro amirligida katta akssado berdi. Toshkent va Fargʻonadagi jadidlar Turkistonda muxtoriyat eʼlon qilish uchun harakat qilgan boʻlsa, Yo. b. Buxoroda amirning istibdod tuzumiga karshi kurashni davom ettirdi. Yo. b. partiyasi ichida turli guruhlarning borligi, karashlarning xilma-xilligi tufayli yagona dastur tuzishga ehtiyoj tugʻildi. Markaziy qoʻmita bu vazifani 1917 y. noyabr

da Fitratga topshirdi. Fitrat bu paytda Samarqandda chiqayotgan "Hurriyat" gaz.ning bosh muharriri edi. Markaziy qoʻmita Fitrat tomonidan 1918 y. yanvar

da yozilgan Yo. b. partiyasining dasturini tasdikladi va islohot loyihasi sifatida eʼlon qildi. Unda mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini taʼminlash, madaniy taraqqiyot, dehqonchilik va soliqtizimi masalalariga alohida eʼtibor berildi, zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy oʻquv yurtlari ochish, 10 nozirlikdan iborat Nozirlar kengashi tuzish taklif etildi. Fayzulla Xoʻjayev Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini taʼkidladi. Okt. toʻntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Qoʻqon sh.da faoliyat koʻrsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumatini qizil askarlar va arman dashnoqlarining qurolli kuchlari yordamida 1918 y. 19—12 fevralda agdarib tashlagan bolsheviklar endi Buxoroda bir zarb bilan amirlik hokimiyatini ham tugatmoqchi edi. Ular shu maqsadda Fayzulla Xoʻjayev boshchiligidagi Yo. b.ni qoʻllabquvvatlashdi. Yo. b. esa oʻz kuchlari bilan hukumatni qoʻlga ololmasdi. 1918 y. fevral oyining oxirida Turkiston XKS raisi F. I. Kolesov Ashxoboddan Toshkentga kaytayotganda Kogon sh.da Yo. b. raxbarlari bilan uchrashib, amir hokimiyatiga qarshi kurashda oʻz "xizmat"ini taklif qildi. Yo. b.ning 7 kishidan iborat inqilobiy qoʻmitasi (rais—Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda Buxoroda 1918 y. mart fojialari sodir boʻldi (q. Kolesov voqeasi). Oqibatda 3 mingdan ortiq Yo. b. oʻldirildi. Buxorodan tashqari Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorakoʻl tumanlari va Chorjoʻy, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidliqda nohaq ayblanib, qatl etildi. Yo. b. amirlik hududidan darxrl chiqib ketishga majbur boʻldi va Turkiston respublikasidan siyosiy boshpana soʻradi. Sovet Turkistoni rahbarlari Yo. b.ga noxush munosabatda boʻddi. Muhojirlikdagi Yo. b.ning koʻpchiligi ocharchilik natijasida qirilib ketdi. Yo. b. partiyasida gʻoyaviy tushkunlik, guruhbozlik va parokandalik yuz berdi. Muhojirlikning dastlabki davrida (1918 y. mart—iyun) F. Xoʻjayev Yo. b. qoʻmitasining raisi sifatida safdoshlarini ishga joylashtirish va moddiy jihatdan taʼminlash bilan faol shugʻullandi. Toshkentda 1918 y. aprel—may oylarida U. Poʻlatxoʻjayev boshchiligida Yo. b.ning soʻl eserlar guruhi tashkil topdi. Samarqanddagi shunday guruhga Otaulla Xoʻjayev rahbarlik qildi (bu guruh 1918 y. 25 sent. gacha ishladi). Muhojirlikning 2davrida (1918 y. oʻrtalaridan to 1919 y. gacha) RSFSR va Turkiston Millatlar ishi boʻyicha komissarliklari krshida Yo. b.ning boʻlimlari ochildi, Fayzulla Xujayev Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasida Yo. b. partiyasining boʻlimini tashkil qildi (1918 y. okt.). Buxoro amirligida demokratik gʻoyalarni targʻib qilish uchun Yo. b. tomonidan oyida 2 marta oʻzbek va tojik tillarida jur. nashr etila boshlandi. 1918 y. 16 noyabr da Moskvada Yo. b.ning Turkiston MIKdagi muxtor vakolatxonasi yigʻilishida Fayzulla Xoʻjayev tayyorlagan dastur (programma) kabul kilindi. Unda Buxorodagi ijtimoiy tuzum va xalq ahvoli yoritildi, Buxorodagi amir hukumatini agʻdarib tashlash uchun tashviqotchi xodimlar tarbiyalash, Buxoro va Turkiston xalklari bilan aloqa bogʻlash, amirga qarshi xalq koʻzgʻolonini tayyorlash va unga rahbarlik qilish, qoʻzgʻolonchilarni qurolyarogʻ bilan taʼminlash masalalari koʻzda tutildi. Yo. b.ning maqsadi — Buxoroda demokratik xalq respublikasi oʻrnatish, deb eʼlon etildi. 1919 y. oʻrtalariga kelib, Yo. b.ning Toshkent, Samarqand, Mari, Karki, Kattaqoʻrgʻonda boʻlimlari va Kogonda shahar byurosi tuzildi. Shu yil dek.gacha ularning 3 marta qurultoyi chaqirildi. 1920 y. yanvarda Toshkentda Fayzulla Xoʻjayev boshchiligida inqilobchi Yo. b. partiyasi Turkiston Markaziy byurosi tashkil etildi. 1920 y. 15 apreldan Yo. b. partiyasining organi "Uchqun" gaz. chika boshladi (muharrir — Fayzulla Xoʻjayev). U Toshkentda chop qilinib, Buxoroda maxfiy ravishda tarkatildi. Inqilobchi Yo. b. partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920 y. 13— 14 iyundagi birlashgan konferensiyasida F. Xujayev tuzgan dasturni kabul qildi. Dastur "Zulmga qarshi birlashingiz!" degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va Yo. b.ning asosiy maqsadlari, 2qismida esa Yo. b.ning amaliy takliflari, islohot va mamlakatni idora qilishni tashkil etish rejasi bayon etildi. Shariat—adliya ishlarini olib borishning negizi deb eʼtirof kilindi. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan agʻdarib tashlash va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb eʼlon qilish talabi qoʻyiladi. Katta boylar qoʻlidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlangʻich taʼlim joriy etish, q. x., hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yoʻlida amaliy choratadbirlar koʻrish zarurligi taʼkidlanadi. Markaziy byuro Buxoro xalqi va askarlariga karata oʻzbek va tojik tillarida "Xitobnoma" chiqarib, amir hokimiyatini agʻdarib tashlash uchun xalq qoʻzgʻoloni boshlashga daʼvat qildi. 17.000 nusxa xitobnoma va 10.000 nusxa partiya dasturi tarkatildi. Yo. b. tashkilotlari butun amirlik hududi boʻylab tuzilgan, hatto Eski Buxoroda uning 12 shoʻʼbasi mavjud edi. Bolsheviklar Yo. b.dan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandi. Yo. b. ham taktik maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklar bilan yaqinlashdi. 1920 y. 2 sent.

da Turkfront qoʻmondoni M. V. Frunze boshchiligidagi qizil askarlar keskin janglardan soʻng Buxoro sh.ni bosib oldi (q. Buxoro bosqini). Amir Olimxon hokimiyati agʻdarib tashlandi. Xalq Nozirlar Shoʻrosi, Inqilobiy qoʻmita va BKP MKning umumiy yigʻilishida (1920 y. 14 sent.) 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (raisi—Abdulqodir Muhiddinov) va respublika hukumati — 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi — Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi (q. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi). Yo. b. oʻz islohotchilik gʻoyalarini yangi hukumatdagi faoliyati davomida amalga oshirishga harakat qildi. Buxoroda amirlik tuzumini agʻdarib tashlashdek oʻz tarixiy vazifasini bajargan Yo. b. partiyasining aʼzolari 1920 y. 11 sent.da umumiy asosda Buxoro kompartiyasi safiga kirdi. Yo. b. partiyasining ayrim aʼzolari (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va b.) keyinchalik Buxorodagi istiqlolchilik harakati saflariga oʻtib, kizil askarlarga karshi kurashda katnashdi. 1923 y. iyunda Moskvaning qatʼiy talabi bilan Otaulla Xoʻjayev (tashqi ishlar noziri), Fitrat (maorif noziri), Sattor Xoʻjayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (Ekoso raisi) va b. sobiq Yo. b. lavozimlaridan olinib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Yo. b. safidagi jadidlarning deyarli hammasi 30y.larning oʻrtalarida qatagʻon qilindi. == Adabiyot ==

  • Ainiy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Xoʻjayev F. Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; Fayzulla Xoʻjayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar, T., 1997; Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash, T., 1999; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Alimova D. A., Djadidizm v Sredney Azii. Puti obnovleniya, reformi, borba za nezavisimost, T., 2000; Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Buxoro: tarix sahifalari, Buxoro, 1999; Tarix shohidligi va saboqlari, T., 2001; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001; Gafarov N., Istoriya kulturnoprosvetitelskoy deyatelnosti djadidov v Buharskom emirate, Xudjand, 2000. Qahramon Rajabov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil