Umumiy ovqatlanish: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 11: Qator 11:
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida U.o. tarmogʻida xususiylashtirish jarayoni tezlashdi. Korxonalar mulkchilik shakllarini uzgartirib, aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, xususiy korxona, firma va b. mulkchilik shakllariga oʻtkazildi. Shahar va tuman markazlari, guzarlar, yirik qishloqlarda koʻplab xususiy restoran, kafe, oshxona, deqhon bozorlarida milliy taomlar rastalari va b. faoliyat koʻrsata boshladi. Oʻzbekistonda 877,3 ming oʻringa ega boʻlgan 17,5 ming U.o. korxonalari mavjud. Bularning 0,6 mingtasi davlat, 16,9 mingtasi nodavlat korxonalaridir. Har bir ovqatlanadigan oʻringa 35 kishi, har bir korxonaning xizmat koʻrsatish imkoniyatiga 1428 kishi toʻgʻri keladi (2003).

U.o.ning rivojlanishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 y. 13 fev.dagi "2003—2006 yillarda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari tarmoklarini rivojlantirishga doyr qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi va b. karorlari muhim rol oʻynadi.
U.o.ning rivojlanishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 y. 13 fevraldagi "2003—2006 yillarda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari tarmoklarini rivojlantirishga doyr qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi va b. karorlari muhim rol oʻynadi.

U.o. korxonalarining ancha qismi "Uzbekbirlashuv", "Uzbekturizm", Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saklash vazirligi va b.ga qaraydi, kasalxonalar, sanatoriy va dam olish uylariga, maktablar, maktabgacha bolalar muassasalari va b. ga xizmat koʻrsatadi.

24-Sentyabr 2013, 08:11 dagi koʻrinishi

Umumiy ovqatlanish - xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan sohasi. U.o. sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan f-kalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar, gazakxonalar va b. kiradi. Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi. Koʻpincha ularda isteʼmolchilarga imtiyozli (ovqat tayyorlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarining bir qismini korxona yoki oʻquv yurti oʻz zimmasiga oladi) xizmat koʻrsatiladi.

Ovqatni uyda tayyorlashdan U.o. korxonalarida tayyorlashga oʻtish jarayonining oʻzidayoq mehnatni kooperatsiyalash yuzaga keladi, ilgʻor texnologiya va yuqori unumli jihozlarni qoʻllash tufayli mehnat unumdorligi bir necha barobar oshadi. Isteʼmolchilarning ovqat tayyorlash vaqtini tejash imkoniyatini yaratib, boʻsh vaqtni koʻpaytirishga xizmat qiladi.

U.o. korxonalari orasida restoran, kafe, barlar asosiy oʻrinni egallaydi. Ularda ovkatlanish bilan birga madaniy dam olish, yubiley, oilaviy, toʻy tantanalari va b. marosimlar ham oʻtkaziladi. Mehmonxonalarda, aeroport, t.y. vokzallari, avtobuslar st-yalari, poyezdlar va teploxodlarda joylashgan U.o. shoxobchalari yoʻlovchilarga, turistlarga xizmat koʻrsatadi. U.o. korxonalarida, albatta, pazandachilik sanʼati yetakchi oʻrinda turadi. Uzoq asrlar mobaynida Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda, asosan, choyxonalar Oʻ.o. joyi boʻlib kelgan. 19a. oxiriga kelib Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin "Rivyera", "Parij", "Shimol" (Samarqand), "Regina", "Buffa", "Anona" (Toshkent) kabi restoranlarda faqat yuqori tabaqa vakillariga xizmat koʻrsatilgan. 1918 y.da Turkiston t.y. ishchi va xizmatchilari uchun Toshkent, Qoʻqon, Aris, Xovas va b. joylarda ovqatlanish korxonalari ochilgan. Shu yilning oxirida ularning soni 80 taga yetgan. 1923— 24 ylarda mehmonxonalarda oshxonalar, dam olish joylari va bozorlarda kizil choyxonalar va kabobxonalar ochilgan.

30 va keyingi yillarda U.o. tizimiga katta eʼtibor berildi. U.o.ni boshqarish va tashkil etish, tarmoqning rivojlanishini, sanitariya holatini yaxshilash, zarur asbobuskunalar, jihozlar bilan taʼminlash va mahsulot sifatini yaxshilash kabi tadbirlar amalga oshirildi. 80-y.

larga kelib Oʻzbekistonda U.o. korxonalarining soni 18802 taga yetdi. Oʻlarda 90,4 ming kishi faoliyat koʻrsatdi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida U.o. tarmogʻida xususiylashtirish jarayoni tezlashdi. Korxonalar mulkchilik shakllarini uzgartirib, aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, xususiy korxona, firma va b. mulkchilik shakllariga oʻtkazildi. Shahar va tuman markazlari, guzarlar, yirik qishloqlarda koʻplab xususiy restoran, kafe, oshxona, deqhon bozorlarida milliy taomlar rastalari va b. faoliyat koʻrsata boshladi. Oʻzbekistonda 877,3 ming oʻringa ega boʻlgan 17,5 ming U.o. korxonalari mavjud. Bularning 0,6 mingtasi davlat, 16,9 mingtasi nodavlat korxonalaridir. Har bir ovqatlanadigan oʻringa 35 kishi, har bir korxonaning xizmat koʻrsatish imkoniyatiga 1428 kishi toʻgʻri keladi (2003).

U.o.ning rivojlanishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 y. 13 fevraldagi "2003—2006 yillarda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari tarmoklarini rivojlantirishga doyr qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi va b. karorlari muhim rol oʻynadi.

U.o. korxonalarining ancha qismi "Uzbekbirlashuv", "Uzbekturizm", Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saklash vazirligi va b.ga qaraydi, kasalxonalar, sanatoriy va dam olish uylariga, maktablar, maktabgacha bolalar muassasalari va b. ga xizmat koʻrsatadi.

U.o.ni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi ovqatlanish oʻrinlari sonini koʻpaytirish, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar va muzlatilgan taomlar i. ch., U.o.ni xom ashyo mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshi yoʻlga qoʻyish, taomlar sifati va xizmat koʻrsatish madaniyatini yaxshilash, pazandalik industriyasini rivojlantirish, qoʻl mehnatini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va h.k.dan iborat. Respublikada U.o. korxonalari faoliyati "Savdogar" gaz.da, jur.

larda yoritiladi.

Adabiyot

  • Bozorov N., Shaposhnikov F., Umumiy ovqatlanish sistemasini boshqarishnitakomillashtirish, T., 1986; Erboʻtayev I., Umumiy ovqatlanish va xizmat madaniyati, T., 2000; Ahrorov U., Vakil M. M ., Taom tayyorlash texnologiyasi, T., 2004.