Ukraina: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 114: Qator 114:
Oʻzbek teatrlarida ukrain dramaturglarining pyesalari sahnalashtirilgan. 2-jahon urushi davrida I. Franko nomidagi ukrain akademik drama teatri Toshkentda ishladi. Oʻzbek tomoshabinlari A. Korneychukning "Makar Dubrava", "Platon Krechet", "Front", A. Levadaning "Faust va oʻlim" asarlarini koʻrishga musharraf boʻldilar. I. Kotlyarevskiyning "Poltavalik Natalka" (Toshkentdagi Muqimiy nomidagi teatr), "Zaporojyelik Dunay ortida" (Namangan teatri) tarixiy asarlari sahnalashtirildi. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida G. Mayborodaning "Arsenal" operasi qoʻyilgan. 2-jahon urushi yillari Toshkent konservatoriyasida P. I. Chaykovskiy nomidagi Kiyev konservatoriyasi oʻqituvchilari (prof. L. Revutskiy, D. Bertye, K. Mixaylov) ishladilar. 1966 y. aprel dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish va yangi uyjoy, madaniymaishiy binolar qurishda ukrain quruvchilari faol ishtirok etdilar.
Oʻzbek teatrlarida ukrain dramaturglarining pyesalari sahnalashtirilgan. 2-jahon urushi davrida I. Franko nomidagi ukrain akademik drama teatri Toshkentda ishladi. Oʻzbek tomoshabinlari A. Korneychukning "Makar Dubrava", "Platon Krechet", "Front", A. Levadaning "Faust va oʻlim" asarlarini koʻrishga musharraf boʻldilar. I. Kotlyarevskiyning "Poltavalik Natalka" (Toshkentdagi Muqimiy nomidagi teatr), "Zaporojyelik Dunay ortida" (Namangan teatri) tarixiy asarlari sahnalashtirildi. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida G. Mayborodaning "Arsenal" operasi qoʻyilgan. 2-jahon urushi yillari Toshkent konservatoriyasida P. I. Chaykovskiy nomidagi Kiyev konservatoriyasi oʻqituvchilari (prof. L. Revutskiy, D. Bertye, K. Mixaylov) ishladilar. 1966 y. aprel dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish va yangi uyjoy, madaniymaishiy binolar qurishda ukrain quruvchilari faol ishtirok etdilar.


1991 y. U. va Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida 1992 y. 14 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1998 y. 18 fev. da Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida Doʻstlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangach, OʻzR bilan U. ishonchli strategik hamkor boʻlib qoldi. OʻzR va U. davlat hamda hukumat rahbarlarining oʻzaro tashriflari natijasida 40 ga yaqin muhim hujjatlar imzolanib, hamkorlikning huquqiy asoslari yaratildi. Jahon siyosati sohasidagi fikrlarning birbiriga yaqinligi qayd etildi. Iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy soqalarda hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olindi. Koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha tuzilgan Oʻzbekiston — U. qoʻshma komissiyasi 2 tomonlama munosabatlarni muvofiqlashtirib turibdi. Vakolatli banklar oʻrtasida oʻzaro hisobkitob va toʻlovlar borasida aloqa oʻrnatilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston bilan U. oʻrtasida erkin savdo tartibi joriy etilgan. Natijada U. MDH mamlakatlari orasida Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi. 2003 y. OʻzR bilan U.ning umumiy tovar aylanmasi 280 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. U. OʻzR ga metallurgiya sanoati mahsuloti, xizmatlar, neft va gaz sanoati uchun jihozlar, energetika jihozlari, dvigatellarning qismlari, nasos, sentrifugalar, ruda yanchish mashinalari, elektr generatorlar, vagonlar uchun gʻildiraklar va b. yuboradi, OʻzRdan xizmatlar, energiya manbalari, rangli metallar, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan mevalar) oladi. 1996—2003 yillar mobaynida U.ning Ilichyovsk porti orqali 325 ming t Oʻzbekiston paxta tolasi xorijga joʻnatildi.
1991 y. U. va Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida 1992 y. 14 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1998 y. 18 fevral da Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida Doʻstlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangach, OʻzR bilan U. ishonchli strategik hamkor boʻlib qoldi. OʻzR va U. davlat hamda hukumat rahbarlarining oʻzaro tashriflari natijasida 40 ga yaqin muhim hujjatlar imzolanib, hamkorlikning huquqiy asoslari yaratildi. Jahon siyosati sohasidagi fikrlarning birbiriga yaqinligi qayd etildi. Iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy soqalarda hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olindi. Koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha tuzilgan Oʻzbekiston — U. qoʻshma komissiyasi 2 tomonlama munosabatlarni muvofiqlashtirib turibdi. Vakolatli banklar oʻrtasida oʻzaro hisobkitob va toʻlovlar borasida aloqa oʻrnatilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston bilan U. oʻrtasida erkin savdo tartibi joriy etilgan. Natijada U. MDH mamlakatlari orasida Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi. 2003 y. OʻzR bilan U.ning umumiy tovar aylanmasi 280 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. U. OʻzR ga metallurgiya sanoati mahsuloti, xizmatlar, neft va gaz sanoati uchun jihozlar, energetika jihozlari, dvigatellarning qismlari, nasos, sentrifugalar, ruda yanchish mashinalari, elektr generatorlar, vagonlar uchun gʻildiraklar va b. yuboradi, OʻzRdan xizmatlar, energiya manbalari, rangli metallar, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan mevalar) oladi. 1996—2003 yillar mobaynida U.ning Ilichyovsk porti orqali 325 ming t Oʻzbekiston paxta tolasi xorijga joʻnatildi.


UzRda U. ishbilarmonlari ishtirokida tuzilgan 40 qoʻshma korxona faoliyat yuritmokda. U.da esa OʻzR sarmoyasi ishtirokida 22 qoʻshma korxona tashkil etilgan. Ikki mamlakatning ayrim hududlari, jumladan, Navoiy va Zaporojye, Samarqand va Lvov, Qashqadaryo va Summ viloyatlari oʻrtasida uzoq muddatli savdoiqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik toʻgrisida bitimlar imzolangan.
UzRda U. ishbilarmonlari ishtirokida tuzilgan 40 qoʻshma korxona faoliyat yuritmokda. U.da esa OʻzR sarmoyasi ishtirokida 22 qoʻshma korxona tashkil etilgan. Ikki mamlakatning ayrim hududlari, jumladan, Navoiy va Zaporojye, Samarqand va Lvov, Qashqadaryo va Summ viloyatlari oʻrtasida uzoq muddatli savdoiqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik toʻgrisida bitimlar imzolangan.

24-Sentyabr 2013, 08:06 dagi koʻrinishi

Andoza:Ukraina info

Ukraina (Ukraina) — Yevropaning jan.sharqida joylashgan davlat. Mayd. 603,7 ming km2. Aholisi 48,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Kiyev sh. Maʼmuriy jihatdan Qrim Muxtor Respublikasi va 24 viloyat — Vinnitsa, Volin, Dnepropetrovsk, Donetsk, Jitomir, Zakarpatye, Zaporojye, IvanoFrankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelnitskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev va Sevastopol sh.lariga boʻlinadi.


Davlat tuzumi

U. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996 y. 28 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2005 y. yanvardan Viktor Yushchenko), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Rada (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.


Tabiati

U. hududining aksar qismi Sharqiy Yevropa tekisligining jan.

gʻarbiy qismiga mansub boʻlib, tekislik va oʻrqirlardan iborat. Jan. da Qrim togʻlari (bal. 1545 m gacha) va Gʻarbda Ukraina Karpat togʻlari (bal. 206 m gacha) bor. U. hududi gʻarbdan sharqqa 1300 km, shim.dan jan.ga 900 km ga choʻzilgan. Qora dengiz sohillari, asosan, pasttekislik; qoʻltiq va limanlar bor. Azov dengizi sohillari esa yassi, kum tillari mavjud. Relyefi — shim.gʻarbdan jan.sharqqa tomon Volin qirlari va Podoliya qirlari (eng bal. joyi 471 m — Kamula togʻi), sharqroqda Jan. Bug bilan Dnepr oraligʻida Dnepr buyi qirlari joylashgan. Dneprning soʻl sorili, mamlakatning jan.

sharqiy qismida Azov boʻyi qirlari bor. Ukraina Karpat togʻlarining jan.

gʻarbida Zakarpatye pasttekisligi yotadi.

Geologik tuzilishi jihatidan U. hududi Sharqiy Yevropa platformasining jan.gʻarbiy qismidan hamda uni oʻrab turgan Karpat va Krim burmali togʻlaridan iborat. Platformada Ukraina kristalli massivi (qalqoni), VolinPodoliya platosi, Lvov botigi, Donetsk avlakogeni, DneprDonetsk, Qora dengiz boʻyi botiqlari ajralib turadi. Togʻli Qrim va Sharkiy Karpat togʻlarining bir qismi Alp geosinklinal (burmali) oblastiga kiradi. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, neft, tabiiy gaz, temir, marganets, titan rudalari, simob, boksit, toshtuz va kaliy tuzlari, grafit, oltingugurt, qurilish materiallari va b. bor. Mineral suvli bulok, koʻp.

Iklimi, asosan moʻʼtadil kontinental. Gʻarbdan sharqqa tomon iklimning kontinentalligi kuchayadi. Shim.dan jan.ga tomon yoz bilan qishning temperaturadagi farqi ortib, qor qoplamining qalinligi va saklanish muddati, yogʻin miqdori, nisbiy namlik kamayib boradi. Krim ya.o. ning jan. sohilida subtropik, Oʻrta dengiz iklimi ustun. Yanv.

ning urtacha t-rasi shim.sharqda —7°, —8° , Qrimning jan. sohilida 2—4°; iyulda shim.gʻarbda 18—19°, jan.sharkda 23—24°. Yillik yogʻin shim.gʻarbda 600—700 mm, jan.sharkda 300 mm gacha, Qrim togʻlarida 1000—1200 mm, Ukraina Karpat togʻlarida 1200—1600 mm.

U. dare shoxobchalarining jami uz. 170 ming km ga yaqin. Koʻp daryolari Kora va Azov dengizlariga quyiladi. Eng katta daryosi — Dnepr. Yirik daryolari — Dnestr, Jan. Bug , Severskiy Donets, Prut, qisman Dunay. Ularning kupi qishda muzlaydi. Yirik daryolarida GESlar kurilgan. 7 mingdan ortiq koʻl bor. Yiriklari: Yalpug , Katlabux, Sassiq, Shagani, Alibey, Sinevir va b. Suv omborlari: Kremenchug (2250 km2), Kaxovka (2155 km2), Kiyev (922 km2), Dneprodzerjinsk (567 km2) va b.

Tuproklari xilmaxil. Mamlakat shim. qismida chimlipodzol tuproklarning turli tiplari uchraydi, oʻtloqibotqoq va torfli botqoq tuproqlar ham tarqalgan. Oʻrmonli dasht zonasida sur tusli oʻrmon tuproklari, podzollashgan va haqiqiy qora tuproklar, dasht zonasida oddiy va jan. qora tuproq, dengiz sohilida toʻq kashtan tuproklar koʻproq. Ukraina Karpat togʻlarida ajriqli podzol tuproqlardan tortib qora qayin oʻrmon mintaqasi, togʻ oʻtloqlari va togʻ torfzorlarida podzollashgan qoʻngʻir tuproqlargacha uchraydi. Qrim togʻlarida aksari qoʻngʻir oʻrmon va togʻoʻtloqi tuproklar, Qrim ya.o.ning jan. sohillarida esa, qizil qoʻngʻir va jigarrang tuproklar bor. U.da oʻsimliklarning 16 mingga yaqin turi mavjud. Shim.dagi aralash oʻrmon zonasida qaragʻay, emanqaragay, oʻrmonli dasht zonasida grabeman, eman, zarangjoʻka oʻrmonlar oʻrmonsiz yaydoq maydonlar bilan almashinib turadi. Umuman U. oʻrmon fondining umumiy mayd. 9990 ming ga. Kora dengiz boʻyi subtropik oʻsimliklar bilan qoplangan. Oʻrmonlarda ayiq, los, bugʻu, toʻngʻiz, oʻrmonli dasht zonasida bugʻu, boʻri, suvsar, olmaxon va b., qushlardan chil, xakka, zargʻaldoq, dasht zonasida yumronqoziq, qoʻshoyoq, sichqon, toʻrgʻay, bedana va h.k. yashaydi. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Tabiiy oʻsimliklar va hayvonot dunyosi 20 ta qoʻriqxonada saqlab qolingan. Yiriklari: Ukraina dasht, Kora dengiz biosfera, Polesye, Yalta togʻoʻrmon, Karpat biosfera, AskaniyaNova, Lugansk qoʻriqxonalari.


Aholisi

Asosiy aholisi — ukrainlar (78% ga yaqin); rus, belorus, moldavan, qrim tatarlari, bolgar, venger, rumin, polyak, yahudiy, gagauz, oʻzbek (12,5 ming) va b. (hammasi 130 millat va elat vakillari) ham yashaydi. Shahar aholisi 66,9%. Aholining aksariyati xristian (pravoslav va katolik), shuningdek, yahudiylik, islom va b. dinlarga eʼtiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kiyev, Xarkov, Odessa, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Donetsk, Lvov.


Tarixi

U. janubida ilk paleolit davrida odamlar yashaganligi maʼlum (q. Kiyikkoba). Oʻrta paleolit davrida Mustye madaniyatita. mansub elatlar vakillari hozirgi U. xududining anchagina qismini egallab oldilar. Soʻnggi paleolit davrida (35—40 ming yil avval) butun U. hududida odam yashay boshlagan. Mezolit davri (mil. av. 10— 7ming yillik)da baliq ovlash, neolit davri (mil.av. 6—4-ming yillik)da dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻldi. Eneolit va jez davrlari (mil. av. 4-ming yillik — 1-ming yillikning boshi)da dehqonchilik, chorvachilik va kulolchilik ancha kjsaldi (q. Tripolye madaniyati). Mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida But va Dnepr boʻyi dashtlarida kimmeriy qabilalari yashagan. Mil. av. 7-a.da Qora dengiz boʻyidagi dashtlarga Osiyodan koʻchmanchi skif qabilalari kirib keldi. Mil. av. 7—5-a.larda Qora dengizning shim. soxillariga feklar koʻchib kelib, shahardavlatlar (Olviya, Tira, Xersones, Pantikapey va b.)ni barpo etdilar. Mil. av. 5-a.da esa Kerch ya.o.da Bospor podsholigi tashkil topdi. Mil. av. 2-a.

da U.ning dasht yerlarini sarmatlar egalladi. Mil. 3—6-a.larda Qora dengizning shim. sohillariga got, gunn, avar va b. kabilalar kelib oʻrnashdi. 4— 7-a.larda vujudga kelgan Oʻrta Dnepr boʻylaridagi tarqoq sharqiy slavyan qabilalari (vizantiyalik mualliflar ularni venedlar, antlar va sklavinlar deb ataganlar) 9-a. oʻrtalarida qabila ittifoklari va knyazliklarga birlashib, Kiyev Rusini vujudga keltirdilar (q. Qadimgi Rus davlati). 1239—40 y.larda bu davlat moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Oltin Oʻrda mulkiga aylantirildi. Rusning boshqa qismidan ajralib qolgan Ukraina yerlari 13—14-a.larda polyak, litva, venger va b. chet el hukmdorlari qoʻl ostida boʻldi ("Ukraina" nomi dastlab jan. gʻarbdagi ayrim rus yerlariga taalluqli boʻlib, "kray" — chekka yoki chegara maʼnosini anglatgan; 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida u barcha Ukraina yerlariga tarqalib, ukrain xalqining etnik nomiga aylangan). 15-a.da U.ning jan. qismi va Qrim ya.o.da Krim xonligi tashkil topdi.

1569 y. U. hududining aksari qismi birlashgan litvapolyak davlati — Rech Pospolita tarkibiga kiritildi. Milliy va liniy zulmning kuchayishi, sinfiy kurashning avj olishi 15-a. oxiri — 16-a. 1yarmida Zaporojye kazaklarining paydo boʻlishiga olib keldi. Dehqonlarning kazaklar tomoniga qochib oʻtishi kuchaydi. 16-a.da kazaklar markazi — Zaporojye Sechi tashkil topdi va u Qrim xonligi, Usmonli turklar saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurashdi. 1591—93 y.larda getman K. Kosinskiy, 1594—96 y.larda S. Nalivayko rahbarligida dehqonkazaklar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 1648 y. B. Xmelnitskiy boshchiligida ukrain xalqining ijtimoiy va diniymilliy istibdodga qarshi ozodlik kurashi boshlandi va u milliy inqilobga aylanib ketdi. Ukraina getmanligi mustaqil davlatga aylandi. 1654 y. murakkab tashqi siyosiy va harbiy vaziyatda B. Xmelnitskiy Moskva bilan harbiy ittifoq tuzdi, unda mustaqil getmanlik hokimiyatini saqlab qolish koʻzda tutildi. Shu tariqa u Ukraina getmanligini tashqi siyosiy jihatdan tan olinishiga erishdi. Biroq uning vafotidan soʻng getmanlik hokimiyati uchun boshlangan kurash uzoq davom etdi (1657—76). Bundan foydalangan Moskva ukrain yerlari ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatib oldi. I. Mazepa getman boʻlgan davrda (1687—1708) u russhved urushi vaqtida (1708) Moskva vasiyligidan qutulishga intilib, Shvetsiya qiroli Karl XII tomoniga oʻtdi. Mazepadan keyingi getmanlar Rossiya imperiyasi tarkibida Ukraina getmanligining muxtoriyat maqomini saqlab qolishga intildilar. Ammo podsho hukumati 1764 y. getmanlikni batamom tugatdi. 18-a.ning 2yarmida oʻng sohil U. Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi. Polsha hududi 3 marta (1772, 1793 va 1795) taqsimlanganidan soʻng ukrain yerlari 2 imperiya — Rossiya va AvstriyaVengriya tarkibiga oʻtib qoldi.

19-a.ning 20—30-y.larida U.da milliy uygʻonish jarayoni boshlandi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida siyosiy partiyalar tuzila boshladi. Rossiyada 1917 y. okt. toʻntarishi roʻy berib, Rossiya va AvstriyaVengriya imperiyalari barbod boʻlgach, ukrain siyosiy harakati qatiy talablar bilan maydonga chiqdi va milliy ozodlik kurashi davri yoki 1917—21 y.lardagi ukrain inqilobi boshlandi. Oʻsha davrda U.da Ukraina Markaziy Radasi, getman Pavel Skoropadskiy boshliq Ukraina Davlati, Ukraina Xalq Respublikasi Direktoriyasi ukrainlarning oʻz davlatini tuzishga intildilar. Ammo murakkab tashqi va ichki siyosiy sharoit, avvalo Sovet Rossiyasi qoʻshinlarining bostirib kirganligi ukrain inqilobining magʻlub boʻlishiga olib keldi. 1921 i. Ukraina SSR eʼlon qilindi va u 1922 y. 30 dek.da SSSR tarkibiga kirdi, Gʻarbiy Ukraina yerlari Polsha tarkibida krldi. Avvaliga, 20-a.ning 20-y.larida sovet U.sida ukrainlashtirish siyosati oʻtkazildi. Biroq 20-y.larning oxiri — 30-y.larning boshlarida bu siyosat toʻxtatildi. Ukrain milliy ziyolilari ommaviy qatagʻon va qirgʻin qilina boshladi. 20-a.ning 30—40-y.lari U. tarixidagi eng fojiali yillar boʻldi. 192123, 193233, 194647 y.larda U.da ham ocharchilik hukm surdi, ukrainlar ommaviy ravishda Sibir, Oltoy, Uzok, Sharqqa, Qrim aholisining bir qismi — Qrim tatarlari 1944 y. Oʻrta Osiyoga surgun qilindi. 1954 y. Qrim viloyati RSFSR tarkibidan U. tarkibiga oʻtkazildi.

20-a.ning 50—70-y.larida U.da keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar roʻy berdi, jumladan, sanoat rivojlanib, shaharlar kengaydi. 80-y.lar oxirida qayta qurish siyosati boshlanishi bilan muxolifat harakati kuchaydi, yangi tuzilgan siyosiy tashkilotlar suverenitetga erishish, demokratiyani rivojlantirish, milliy va fuqarolik huquqlari uchun kurasha boshladi. Nihoyat, 1991 y. 24 avg . kuni U. mustaqilligi eʼlon qilindi. U. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992 y. 24 yanvarda tan olgan va oʻsha yil 25 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24 avg . — Mustaqillik kuni (1991).


Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

2000 y. boshlarida U.da 100 dan ortiq siyosiy partiya, 1,5 ming jamoat tashkiloti boʻlgan. Eng ommaviy va nufuzli siyosiy birlashma va partiyalari: U. Xalq Pyx (U. Xalq Harakati) harakati (1989), Kommunistik partiya, Sotsialistik partiya (1991), Umumukrain birlashmasi — "Batkivshchina" ("Vatan", 1999), Sotsialdemokratik partiya (birlashgan, 1995), Regionlar partiyasi (2001), Koʻkatparvarlar partiyasi (1990). U. kasaba uyushmalari federatsiyasi (1990) va bir qancha mustaqil tarmoq kasaba uyushmalari ham mavjud.


Xoʻjaligi

U. — industrialagrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoat 30%, q.x. 14%, xizmat koʻrsatish sohasi 56% ni tashkil etadi.


Sanoati

Ogir industriyada i.ch. sanoatining ulushi juda katta. Jumladan, konchilik sanoati, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, ogʻir mashinasozlik, neft kimyosi va koks kimyosi sanoati, shuningdek, harbiy sanoat majmuasi rivojlangan. Oʻrmon, yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari i.ch., avtomobilsozlik salmoqli oʻrni tutadi. Ilmfan yutuqlariga asoslangan sanoat tarmoqlari, ayniqsa, raketasozlikning ulushi ortib bormoqda. Jumladan, U.ning "Zenit" eltuvchi raketasi yordamida xalqaro "Dengiz starti" loyihasining amalga oshirilishi taʼminlanmoqda. Yirik issiqlik va atom elektr st-yalari, shuningdek, Dnepr daryosidagi GES kaskadi (yiriklari Dnepr, Kremenchug , Kaxovka GESlari) energetikaning asosini tashkil etadi. 1986 y. Chernobil AESda falokat yuz berishi oqibatida 3000 MVt quvvatli 3 ta energetika bloki 2000 y.dagi xalqaro kelishuvga binoan yopib qoʻyilishi natijasida U.da elektr energiya hosil qilish birmuncha kamayib, 2003 y.da 179,5 mlrd. kVtsoatga tushib qoldi.

U. iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim oʻringa ega: toshkoʻmir (Donetsk va LvovVolin havzalari), qoʻngʻir koʻmir (Dnepr havzasi), gaz va neft (Karpatoldi, Qora dengiz shelfi), temir rudasi (Krivoy Rog va Kerch havzalari), marganets rudasi (Nikopol yaqini), kaliy (Karpatoldi), toshtuz (Donetsk havzasi) va b. foydali qazilmalar qazib olinadi. Mahalliy temir va marganets ruda konlari asosida ishlovchi qora metallurgiya korxonalari choʻyan, poʻlat, prokat, polimetall konlariga asoslangan rangli metallurgiya korxonalari simob, alyuminiy, titan, sirkoniy, nikel, mashinasozlik va metallsozlikning yirik korxonasi boʻlmish Novokramatorsk mashinasozlik z-di domna va marten pechlari uchun uskunalar, shaxtalar uchun mashinalar, yuk koʻtarish mexanizmlari, temirchilik press uskunalari, ekskavatorlar ishlab chiqaradi. Radioelektronika sanoati, shu jumladan, televizor va EHMlar i.ch. rivojlangan. U.da teplovoz (Lugansk), vagon (Dneprodzerjinsk, Kremenchug , Kadiyevka), avtobus va avtoyuklagich (Lvov), yengil avtomobil (Zaporojye), yuk avtomobillari (Kremenchug) z-dlari, kemasozlik (Nikolayev), Xerson, Kiyev samolyotsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik, energetika va elektr texnika sanoati korxonalari bor. Kime va neft kimyosi sanoati korxonalari lok, boʻyoq, sintetik smola, plastmassa, sunʼiy va sintetik tola, kimyoviy reaktorlar, fotoreaktivlar, q.x. va roʻzgʻorda ishlatiladigan turli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat sanoatida qandshakar, spirt, yogʻ, goʻsht, un, mevasabzavot konservalari ishlab chikaruvchi koʻpgina korxonalar mavjud. Qrim, Odessa, Xerson kabi jan. viloyatlarda va Zakarpatyeda vinochilik, dengiz boʻyi shaharlarida baliq sanoati rivoj topgan. Yengil sanoat toʻqimachilik (ip gazlama, movut, shoyi va zigʻir tolali gazlama i.ch.), tikuvchilik, koʻnpoyabzal, chinni z-d va f-kalarini oʻz ichiga oladi.

Qishloq xoʻjaligi, asosan, don, texnika ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. U.ning q.x.ga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Dehqonchilikda donli ekinlardan kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi, arpa, tariq, grechixa va b. yetishtiriladi. Bogʻdorchilik, polizchilik va tokchilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali zigʻir, qoʻnoq, tamaki ekiladi. Kartoshka yetishtiriladi. Oʻrmondasht va dasht zonalarida dorivor va efirmoyli oʻsimliklar ekiladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Bu tarmoq, asosan dasht zonasida, Karpat togʻlari va Polesyeda rivojlangan. Asalarichilik, pillachilik, darrandachilik bilan ham shugʻullaniladi. Qora va Azov dengizida balik, ovlanadi.

Transportning hamma turlari rivojlangan. T.y. uzunligi 22,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 172,3 ming km. Asosiy dengiz portlari: Odessa, Ilichyovsk, Xerson, Izmail, Mariupol, Kerch. Dnepr, Desna, Pripyat, Dnestr, Dunay daryolarida kema qatnaydi. Ilichyovsk — Varna (Bolgariya) yoʻnalishida dengiz paromi mavjud. Neft va gaz kuvurlari qurilgan. Kiyev yaqinidagi Borispol sh.da xalqaro aeroport bor. Turizm rivojlangan. U. chetga mashinauskuna, kora va rangli metallar, temir va marganets rudalari, oziq-ovqat (shu jumladan, qandshakar), yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan energiya manbalari, asbobuskuna, isteʼmol mollari oladi. Rossiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Turkmaniston, Avstriya, Polsha, Belorussiya, Vengriya, Turkiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi. Pul birligi — grivna.


Tibbiy xizmati

Davlat sogʻliqni saklash tizimidagi tibbiy muassasalar bilan birga xususiy tibbiy muassasalar ham rivojlangan. 2000 y. boshlarida 3 mingdan koʻproq davolash muassasida 500 mingga yaqin oʻrin boʻlib, ularda salkam 250 ming tibbiy xodim xizmat qildi. Asosiy kurortlari: Krimning jan. sohili, Azov dengizi va Odessa atrofidagi kurortlar, Truskavets, Mirgorod, Morshin, Karpat sixatgoxlari.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 2000 y. boshlarida 22 mingga yaqin umumiy taʼlim oʻquv yurtida 6600 mingdan koʻproq oʻquvchi taʼlim oldi, salkam 570 ming oʻqituvchi dare berdi; 665 oliy oʻquv yurtida 560 ming talaba, hunartexnika maktablarida 510 mingdan ziyod oʻquvchi tahsil oldi. Xususiy taʼlim tizimida 170 oliy oʻquv yurti va 250 umumiy taʼlim muassasasi bor. 20,4 ming ommaviy va universal kutubxonaning umumiy kitob fondi 339 mln. nusxadan iborat, 6 ming kino qurilma mavjud. Klub tipidagi 20,2 ming madaniyat muassasasi, 386 muzey, jumladan, 123 oʻlkashunoslik, 134 tarix va arxeologiya, 63 sanʼatshunoslik, 44 adabiyot muzeyi mavjud.

U.da 1490 tashkilot ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat bilan shugʻullanadi, ularda 10 mingdan ortik, fan d-ri va 60 mingdan ziyod fan nomzodi ishlaydi. Milliy Fanlar akademiyasi, Taʼlim va fan vazirligi, U. agrar FA, Sogʻliqni saklash vazirligi, Tibbiyot FA, Agrar siyosat vazirligi tizimlaridagi ilmiy muassasalar oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi. U. Milliy FA, oliy maktab tizimi va tarmoq vazirliklarida yirik ilmiy muassasalar faoliyat yuritadi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. U.da 2,5 mingdan koʻproq gaz., 2,2 mingga yaqin jur. va b. nashr etiladi. Yiriklari: "Golos Ukrashi" (ukrain tilidagi gaz., 1991 y.dan), "Uryadoviy kur’er" ("Hukumat xabarchisi", ukrain tilidagi gaz., 1990), "Dzerkalo tijnya" ("Hafta oynasi", ukrain tilidagi gaz., 1994), "Den" ("Kun", rus tilidagi gaz., 1996), "Lggiraturna Ukrasha" ("Ukraina adabiyoti", ukrain tilidagi gaz., 1927), "Fakti i kommentarii" ("Fakt va sharxlar", rus tilidagi gaz., 1997), "Vecherniye vesti" ("Kechki xabarlar", rus tilidagi gaz., 1998), "Biznes" (rus tilidagi gaz., 1992), "Ukrasha moloda" (ukrain tilidagi gaz., 1991), "Ukrasha" (jur., 1941), "Suchasshst" ("Zamonaviylik", ukrain tilidagi jur., 1961), "Pol1tichna dumka" ("Siyosiy fikr", ukrain tilidagi jur., 1993), "Dnshro" (ukrain tilidagi jur., 1927), "Galitsyu kontrakti" ("Galitsiya shartnomalari", ukrain tilidagi jur., 1990), "Delovaya Ukraina" ("Ishbilarmon Ukraina", rus tilidagi jur., 1992), "Pol1tika i kultura" ("Siyosat va madaniyat", ukrain tilidagi jur., 1999), "Perets" ("Qalampir", ukrain tilidagi satirik jur., 1927), "Barvshok" (ukrain tilidagi yoshlar jur., 1928).

U.dagi yetakchi axborot agentliklari: "Ukraina milliy axborot agentligi" (UKRINFORM, 1981 y. tuzilgan, 1990 y.dan mustaqil), "Ukraina mustaqil axborot agentligi" (UNIAN, 1993), "Ukrashsyu novini" ("Ukraina yangiliklari", 1993). U.da telekoʻrsatuv va radioeshittirish tarmogʻi rivojlangan. 2000 y. boshida 560 dan ortiq tele va radiokompaniya xamda tashkilot faoliyat yuritdi. Yetakchi telekompaniyalar: "U. milliy telekompaniyasi" (1995), "Inter" (1995), "Yangi kanal" (1998), "1 + 1" (1995), "1CTV" (1992), "STB" (1997). U.da radioeshittirishlar 1924 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1951 y.dan boshlangan.


Adabiyoti

U. adabiyotining ilk manbalari qad. rus pandnasihatlari, avliyoanbiyolar haqidagi rivoyat va qissalar, 11 —13a.larga oid yilnomalardan boshlanadi. Kiyevda yaratilgan Ostromir injili (1056—57), "Oʻtgan yillar qissasi" (taxm. 1113) Kiyev Rusidagi ilk adabiy yodgorliklardir. 14—15-a.larda yilnoma va voqea-hodisalar tarzidagi adabiy asarlar dunyoga keldi. Keyinroq xalq sheʼriy ijodiyoti, shu jumladan, tarixiy qoʻshiqlar, qahramonlik dostonlari, sevgi va mehnat qoʻshiklari, xalq ertaklari paydo boʻldi. 16—17-a.larda munozarali adabiyot va ilohiyotga doyr adabiyot muhim rol oʻynadi. (Gerasim Smotritskiy, Vasil Surazskiy, Meletiy Smotritskiy (mashhur "Grammatika" darsligi muallifi, 1619), Yoanikiy Galyatovskiy, Petro Mogila (Sharqiy Yevropadagi dastlabki akademik oʻquv yurti asoschisi; keyinchalik uning nomi bilan KiyevMogila akademiyasi deb nomlangan, 20-a.ning 90-y.larida qayta tiklangan), Ivan Vishenskiy, Feofan Prokopovich, Ipatiy Potiy, Zaxar Kopistenskiy va b.]. Bu davrda Lvovda Ivan Fyodorov tomonidan U. hududida birinchi kitob — "Apostol" nashr etildi. Yevropa Uygʻonish davrida adabiyot tez rivojlandi, 17—18-a.larda adabiy mavzular kengayib, gʻoyaviyuslubiy jixatdan boyidi, xilmaxil janrlardagi asarlar yaratila boshladi. Yozuvchi, shoir va maʼrifatparvar G.S. Skovoroda (1722—94)ning ijodi kad. ukrain adabiyotining xotimasi, yangi ukrain adabiyotining muqaddimasi boʻldi ("Xarkov masallari" toʻplami, "Ilohiy qoʻshiqlar boʻstoni" sheʼrlar toʻplami).

19—20-a. boshlarida mumtoz ukrain adabiyoti shakllandi. I. Kotlyarevskiy (6 qismdan iborat "Enenda" dostoni), P. GulakArtemovskiy, G. KvitkaOsnovyanenko, I. Franko, L. Ukrainka, P. Mirniy, O. Pchilka, N. Gogol, M. Kotsyubinskiy va b.larning asarlari mashhur boʻldi. Buyuk qoʻbizchi T. Shevchenko esa yangi ukrain adabiyotiga asos soldi. 20-a.

da V. Sosyura, P. Tichina, M. Rilskiy, M. Kulish, O. Gonchar, I. Le, M. Stelmax, P. Zagrebalniy, B. Oleynik, V. Simonenko, M. Bajan, I. Drach, M. Movchan va b. koʻpgina adiblar yaratgan nasriy va nazmiy asarlar, A. Korneychuk pyesalari U. adabiyotiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Hoz. zamon ukrain adabiyoti milliy anʼanalarni zamonaviy Yevropa va jahon madaniyati tajribasi bilan qoʻshish ruhida rivojlanib bormoqda.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

U. hududida ilk paleolit davriga mansub turar joy qoldiqlari, odam va hayvon haykalchalari saqlanib qolgan. Dastlabki inshoot va binolar Vizantiya meʼmorligi taʼsirida tiklangan. Kiyevdagi Ayo Sofiya sobori va Oltin darvoza (11-a.

ning 1yarmi) shu davrga oid yodgorliklardir. Umuman, U. meʼmorligi Yevropa meʼmoriy anʼanalari ruhida rivojlanib kelgan, jumladan, toshdan qalʼa va saroylar qurilgan, tasviriy va amaliy bezak sanʼat asarlari yaratilgan. 14—16a.larda Volin, Podolye va Galitsiyada koʻpgina istehkom va monastirlar barpo etildi. 16-a. 2yarmi va 17-a. boshlari U. meʼmorligida Uygʻonish davrining taʼsiri seziladi, xalqchillik unsurlari koʻrina boshladi. 18-a. boshlarida Soʻl sohil U.da barokko uslubi ustunlik qilgan boʻlsa, tez orada rokoko uslubi xam kirib keldi, dunyoviy meʼmorlik sanʼati rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida esa klassitsizm yetakchi mavqeni egalladi, jumladan, shaharlarni shu uslubda qayta qurishga kirishildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida boshqa meʼmorlik uslublari qoʻshilgan eklektik uslub ustun boʻldi. Sovet davrida mahobatli binolar keng yoyildi, ammo baribir oddiy universal meʼmoriy loyihalar yetakchi oʻrin egalladi.

20-a.ning 30—40-y.larida U. shahar va qishloklarini reja asosida qayta qurishda xalq meʼmorligi shakllaridan foydalanildi. 50—60-y.larda shahar va qishloklarni qayta tiklash va yangilarini barpo etishda ulugʻvorlik va bezakdorlikka zoʻr berildi, 70-y.lardan boshlab tipovoy blokseksiyalar va yigʻma uy konstruksiyalaridan foydalanishga kirishildi. Hoz. zamon U. meʼmorligi milliy uslublardan ham, jahon tamoyillaridan ham foydalanib, U.ning yevropacha qiyofasini shakllantirishga intilayotir. V. Gorodetskiy, I. Kavaleridze, Ye. Vuchetich nomlari ukrain meʼmorligi va haykaltaroshligining faxri boʻlib qolgan. Keyingi yillarda xarob ahvolga tushib qolgan tarixiy yodgorliklarni qayta tiklashga katta eʼtibor berildi, jumladan, Kiyev sh.dagi Mixaylov Zlatoverx sobori, KiyevPechera lavrasining Uspeniye sobori taʼmirlanib, asl holiga keltirildi. Kiyev, Xarkov, Lvov va b. shaharlarda kurkam jamoat va turar joy binolari barpo etildi.

U. rassomligi, avvalo, ibodatxonalarni bezatish ehtiyoji tufayli yuzaga keldi. 16-a. bezak rassomligi va haykaltaroshlik rivojlandi. Oʻrta asrlar rassomligida kitob miniatyurasi ham katta oʻrin egalladi, yogoch gravyurasi rivojlana boshladi, keramika, yogʻoch oʻymakorligi, chilangarlik, zargarlik, kashtachilik yuksaldi. T.G. Shevchenko romantizm usullarini ijodiy oʻzgartirib, portret, manzara va b. janrlarda goʻzal asarlar yaratdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshida U. tasviriy sanʼatida klassitsizm taʼsiri seziladi. 19-a.ning 2yarmi — 20a. boshlarida ukrain sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topdi.

Zamonaviy ukrain rassomligida kitob grafikasi, dastgoh grafikasi, siyosiy plakat, teatr va kino bezak sanʼati, portret, manzara kabi janrlar rivojlangan. T.N. Yablonskaya, V. I. Kasiyan, M. G. Lisenko, M. G. Derevus va b. mashhur. Sanʼatning barcha turlari boʻyicha kadrlar Kiyev tasviriy sanʼat inti, Lvov amaliy va bezak sanʼati inti, Xarkov sanoat rassomligi inti, Lvovdagi poligrafiya inti, bir qancha maxsus oʻrta oʻkuv yurtlarida tayyorlanadi. U. mustaqillikka erishgach (1991), 1992 y.da U. rassomlar uyushmasi U. Milliy rassomlar uyushmasi sifatida qayta tuzildi (raisi — V. A. Chepelik). Uyushma tarkibida viloyat boʻlimlari, 4308 aʼzo bor. 1998 y. Ukraina Prezidenti farmoni bilan "Rassomlar kuni" kasb bayrami taʼsis etilgan.

Musiqasi sharqiy slavyanlar xalq musiqasi asosida vujudga kelgan. Kiyevdagi Sofiya soborining devoriy suratlarida turli sozlarni chalib turgan musiqachilar tasvirlangan. Xalq musiqasi dastlab bir ovozli, keyinchalik koʻp ovozli (geterofoniya va garmoniya tuzilishida) vokal, vokalcholgʻu va cholgʻu shakllarida rivojlangan. Skripka, basolya, kobza, bandura, torban, simbala, lira kabi musiqa asboblari bor.

U. professional musiqasi Kiyev Rusi davridan boshlangan. Knyaz saroylarida, cherkovlarda maxsus qoʻshiqchilar boʻlgan. 16—17-a.larda shaharlarda musiqachilar uyushmalari, musiqa maktablari tashkil topdi. 18-a.da krepostnoy musiqa kapellalari, orkestrlari, opera va balet truppalari ishlay boshladi. 1810 y. Odessada opera teatri ochildi. 19-a. 2yarmida ukrain professional musiqa maktabi shakllandi. Ukrain mumtoz musiqasi milliy opera asarlari bilan boyidi (S. GulakArtemovskiyning "Dunay ortidagi zaporojyelik", P. Sokalskiyning "Dubna qamali", "Mazepa", M. Arkasning "Katerina" asarlari va b.). N. Lisenko, K. Stetsenko, M. Leontovich, B. Lyatoshinskiy, L. Revutskiy, V. Kosenko, akauka G. va P. Mayboroda kabi kompozitorlarning faoliyati ukrain mumtoz musiqasi rivojida muhim oʻrin oladi.

20-a.ning 2yarmida musiqa arboblaridan I. Kozlovskiy, B. Gmirya, A. Solovyanenko, Yu. Gulyayev, xalq va estrada qoʻshiklari ijrochilaridan N. Yaremchuk, V. Ivasyuk, N. Matviyenko, S. Rotaru, O. Kovalska, Yu. Bagatikov xalqaro miqyosda mashhur boʻldilar. "Yevrovideniye2004" festivalida xonanda Ruslana Lijichko 1oʻrinni oldi. Kiyev, Odessa, Lvovda konservatoriya, Xarkov sanʼat inti, Donetsk musiqapedagogika inti, bir qancha madaniyat intlari, musiqa bilim yurtlari bor. Oʻzbekistonda N. Lisenkoning "Poltavalik Natalka" (Muqimiy teatrida), G. Mayborodaning "Arsenal" (Navoiy teatrida) asarlari sahnalashtirilgan, L. Revutskiy Toshkent konservatoriyasida kompozitsiya kafedrasi mudiri (1941 — 1944) boʻlgan, shogirdlari orasida I. I. Akbarov ham bor.


Teatri

U. teatr sanʼati sarchashmalari majusiylik davri xalk, rasmrusumlaridan boshlanadi. Xristianlik kabul qilingach, xalq aktyorlari — skomoroxlar ijodi rivojlandi. 16-a. oxirlarida U. hududiga Gʻarbiy Yevropadan kirib kelgan diniy drama astasekin realistik tuye olib, intermediya va interlyudiya janrlari tugʻila boshladi, shu tariqa zamonaviy komediyaga asos solindi. 17—19-a.da "vertep" deb atalgan xalq qoʻgʻirchoq teatri rivojlandi. Ukrain teatrining vujudga kelib, kamol topishini KiyevMogila akademiyasi bilan bogʻlaydilar (17-a. 2yarmi — 18-a. boshi). 18-a. oxirlarida Soʻl qirgʻoq U.ning dvoryan qoʻrgʻonlarida krepostnoy teatrlar, dvoryan va b. tabaka vakillaridan iborat havaskorlik teatrlari ham paydo boʻldi. Professional teatr 18-a. oxiri — 19a. boshlarida tashkil etildi. I. Kotlyarevskiyning "Poltavalik Natalka" va "Moskalcharivnik" pyesalari U. teatri tarixida yangi davrni boshlab berdi. Birinchi doimiy opera teatri Odessa sh.da ochildi (1809). Keyinchalik bunday teatrlar Kiyev va Xarkovda xam paydo boʻldi. 20-a. boshlarida U. teatr sanʼati yuksak darajaga koʻtrildi. M. Kropivnitskiy, M. Staritskiy, I. KarpenkoKarogo, N. Lisenko, M. Sadovskiy, Yu. Lavrivskiy va b. mumtoz teatrni kamol toptirdilar. 20-a.ning 90-y.laridan davlatga karashli boʻlmagan yangi uyushmalar hisobiga professional teatrlar soni koʻpayib, 2000 y.da 130 taga yetdi. Kiyev drama va komediya teatri, Yoshlar teat Ri’ Poeziya teatri, Donetsk, Dnepropetrovsk, Zaporojye, Sumi yosh tomoshabinlar teatrlari jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari bilan birga maxalliy mualliflarning pyesalarini koʻrsatmoqda. Professional va havaskor jamoalar uchun kadrlar Kiyevdagi I.K. KarpenkoKarogo nomidagi teatr sanʼati in-tida, Xarkovdagi I.P.Kotlyarevskiy nomidagi sanʼat in-tida, Kiyev, Xarkov, Rovnodagi madaniyat intlarida tayyorlanadi.


Kinosi

U.da dastlabki xronika filmlari 19-a.ning 90-y.larida yaratilgan. 1896—1906 y.larda xarkovlik fotograf A. K. Fedetskiy xronikal kinolentalarni namoyish etgan. 1911 — 14 y.larda kinooperator D. Saxnenko rej. N. K. Sadovskiy bilan birga "Poltavalik Natalka" va b. spektakllarni suratga oldi. 1917—19 y.larda Yalta va Odessada xususiy kinoatelyelar ishladi. 1922 y.dan muntazam ravishda badiiy filmlar ishlab chiqarila boshladi. 1928 y. Kiyevda katta kinofabrika (hoz. A. Dovjenko nomidagi Kiyev kinostudiyasi) ochildi. Birinketin A. Dovjenkoning "Muxabbat mevasi" (1926). "Zvenigora" (1928), "Yer" (1930), "Aerograd" (1935) va b. filmlari yaratildi. 50—60-y.larda rej.lardan I. Savchenko ("Taras Shevchenko", 1951), S. Parajanov ("Unutilgan ajdodlarning soyalari", 1965), V. Ivchenko ("Kora ilon", 1965), shuningdek, Yu. Ilyenko, L. Osika, L. Bikov, K. Muratova, R. Balayan va b.larning filmlari ekranga chiqarildi. Kino aktyorlaridan I. Mikolaychuk, B. Stupka, M. Yakovchenko, N. Ujviy, L. Chayka, A. Rogovseva, K. Stepankov, Yu. Majuga, L. Gurchenko, O. Borisov, B. Benyuk, Zadnipovskiylar sulolasi, Ye. Paperniy va b.larning nomi mashhur boʻldi. Mustaqillik yillarida (20-a.ning 90-y.larida) U. kinosi yangi bosqichda rivojlana boshladi.


Oʻzbekiston — Ukraina munosabatlari

U. — Oʻzbekiston aloqalari qad. anʼanalarga ega. 20-a. boshlarida hozirgi Oʻzbekiston hududiga ukrain dehqonlari koʻchib kelganlar. 20—30-y.larda keng iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi. 2-jahon urushi yillarida U.ning nemisfashistlari bosib olgan hudud aholisi Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi. U.ning bir qancha sanoat korxonalari, tashkilot va muassasalari Oʻzbekistonga koʻchirildi. Bu yerga kelgan koʻpgina fan va madaniyat arboblari madaniy hayotda faol qatnashdilar. M. Bajan, M. Tereshchenko va b. ukrain adiblari Oʻzbekistonda ijod qildilar. Urushdan keyingi davrlarda ukrain va oʻzbek adabiy aloqalari yanada rivojlandi. P. Tichina, A. Korneychuk, M. Bajan, M. Tereshchenko, Ivan Le va Oybek, Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, K. Yashin, A. Qahhor, Sh. Rashidov, Zulfiyalarning ijodiy doʻstligi mustahkamlandi. T. Shevchenko, L. Ukrainka, P. Tichina, M. Bajan, Ivan Le, O. Gonchar, M. Rilskiy, A. Malishko asarlari oʻzbek tiliga, Navoiy, Muqimiy, Furqat, Hamza, Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon, Shayxzoda, Uygʻun, Zulfiya, Mirtemir asarlari ukrain tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Toshkent sh.da T. Shevchenko haykali oʻrnatilgan va shahardagi koʻchalardan biri uning nomi bilan atalgan.

Oʻzbek teatrlarida ukrain dramaturglarining pyesalari sahnalashtirilgan. 2-jahon urushi davrida I. Franko nomidagi ukrain akademik drama teatri Toshkentda ishladi. Oʻzbek tomoshabinlari A. Korneychukning "Makar Dubrava", "Platon Krechet", "Front", A. Levadaning "Faust va oʻlim" asarlarini koʻrishga musharraf boʻldilar. I. Kotlyarevskiyning "Poltavalik Natalka" (Toshkentdagi Muqimiy nomidagi teatr), "Zaporojyelik Dunay ortida" (Namangan teatri) tarixiy asarlari sahnalashtirildi. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida G. Mayborodaning "Arsenal" operasi qoʻyilgan. 2-jahon urushi yillari Toshkent konservatoriyasida P. I. Chaykovskiy nomidagi Kiyev konservatoriyasi oʻqituvchilari (prof. L. Revutskiy, D. Bertye, K. Mixaylov) ishladilar. 1966 y. aprel dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish va yangi uyjoy, madaniymaishiy binolar qurishda ukrain quruvchilari faol ishtirok etdilar.

1991 y. U. va Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida 1992 y. 14 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1998 y. 18 fevral da Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida Doʻstlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangach, OʻzR bilan U. ishonchli strategik hamkor boʻlib qoldi. OʻzR va U. davlat hamda hukumat rahbarlarining oʻzaro tashriflari natijasida 40 ga yaqin muhim hujjatlar imzolanib, hamkorlikning huquqiy asoslari yaratildi. Jahon siyosati sohasidagi fikrlarning birbiriga yaqinligi qayd etildi. Iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy soqalarda hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olindi. Koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha tuzilgan Oʻzbekiston — U. qoʻshma komissiyasi 2 tomonlama munosabatlarni muvofiqlashtirib turibdi. Vakolatli banklar oʻrtasida oʻzaro hisobkitob va toʻlovlar borasida aloqa oʻrnatilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston bilan U. oʻrtasida erkin savdo tartibi joriy etilgan. Natijada U. MDH mamlakatlari orasida Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi. 2003 y. OʻzR bilan U.ning umumiy tovar aylanmasi 280 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. U. OʻzR ga metallurgiya sanoati mahsuloti, xizmatlar, neft va gaz sanoati uchun jihozlar, energetika jihozlari, dvigatellarning qismlari, nasos, sentrifugalar, ruda yanchish mashinalari, elektr generatorlar, vagonlar uchun gʻildiraklar va b. yuboradi, OʻzRdan xizmatlar, energiya manbalari, rangli metallar, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan mevalar) oladi. 1996—2003 yillar mobaynida U.ning Ilichyovsk porti orqali 325 ming t Oʻzbekiston paxta tolasi xorijga joʻnatildi.

UzRda U. ishbilarmonlari ishtirokida tuzilgan 40 qoʻshma korxona faoliyat yuritmokda. U.da esa OʻzR sarmoyasi ishtirokida 22 qoʻshma korxona tashkil etilgan. Ikki mamlakatning ayrim hududlari, jumladan, Navoiy va Zaporojye, Samarqand va Lvov, Qashqadaryo va Summ viloyatlari oʻrtasida uzoq muddatli savdoiqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik toʻgrisida bitimlar imzolangan.

Ukrain va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik munosabatlari ruhida madaniyat, fan va taʼlim sohalaridagi aloqalar samarali davom etib kelmokda. U. hududida yashovchi oʻzbek va OʻzR hududida yashovchi ukrain diasporalarining ehtiyojlarini taʼminlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan.

Aleksey Vasilyevich Yas.

Ukraina (ukr. Україна) poytaxti — Kiyiv shahri. BMT aʼzosi.

Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA