Opera: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 11: Qator 11:
1970—80 y.lari oʻzbek kompozitorlari O. janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — "Sugʻd elining krploni" (I. Akbarov), "Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer O.lar — "Sohilda toʻqnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi" (Hab. Rahimov) va b. O.lar sahnalashtirildi.

Mustaqillik davri oʻzbek O.larida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitil-di: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan "Hamlet" va "Makbet" O.-dilogiyasi), hoz. zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning "Muxtoriyat" opera-farsi, O. Abdullayevaning "Vafo", F. YanovYanovskiyning "Orkestr" O.lari), tarixiy shaxslar siy-molari (M. Bafoyevning "Al-Fargʻoniy") va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning "Ibtido xatosi" O.oratoriyasi) O. janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumba-shariy maʼnaviy kadriyatlarni taran-num etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari O. asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.
Mustaqillik davri oʻzbek O.larida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitil-di: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan "Hamlet" va "Makbet" O.-dilogiyasi), hozirgi zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning "Muxtoriyat" opera-farsi, O. Abdullayevaning "Vafo", F. YanovYanovskiyning "Orkestr" O.lari), tarixiy shaxslar siy-molari (M. Bafoyevning "Al-Fargʻoniy") va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning "Ibtido xatosi" O.oratoriyasi) O. janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumba-shariy maʼnaviy kadriyatlarni taran-num etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari O. asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.

== Adabiyot ==
== Adabiyot ==

19-Avgust 2013, 09:35 dagi koʻrinishi

Dunyodagi eng mashhur opera-uyi La Scala Milan

Opera (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. O. qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. O.ning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari b-n, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. O.dagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya ja-rayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl {duet, trio va b.)larda qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor roʻy berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. O.da orkestr ham katta oʻrin egallaydi: vokal shakllarga joʻr boʻladi, mustaqil cholgʻu qism {antrakt, uvertyura, introduksiya va b.)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. O.ning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliq.

O. sanʼatning alohida turi sifatida 16-a. oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. O. keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivo-ji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz "liriktragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan O.-seria — jiddiy O. (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va b.), ingliz ballada O.si (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va b. 18-a. Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, oʻzbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish 19—20-a.larda yanada kengayib bevosita Oʻzbekiston bilan bogʻliq asarlar Angliya, Armaniston, Belorussiya, Rossiya va b.da koʻpaydi. 19-a.da romantik O. rivojtopdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va b.), yangi milliy O. maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va b.). 20-a.da O.— oratoriya (A. Onegger), O.—kantata (K. Orf), kamer O. (F. Pulenk), qoʻshiq O.si (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, O. janri modernizm yoʻnalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg , A. Berg , neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va b. O. sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshishdi.

Oʻzbekistonda O. janri oʻzbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz O.sining taʼsirida yuzaga kelgan. 19-a.ning oxiri—20-a. boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907—15 y.larda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) O. truppalari gastrolga kelgan. 1918 y.dan Toshkentda Rus opera teatri oʻz faoliyatini boshlagan. 1929 y.da M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan oʻzbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat boʻlgan. Mazkur teatr sahna-sida oʻzbek tilida qoʻyilgan birinchi operalar — "Er Targʻin" (Ye. Brusilovskiy, 1937) va "Nargiz" (M. Magoma-yev, 1938)dir. oʻzbek opera va balet trup-pasi Oʻzbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939 y. S. Vasilenko va M. Ashrafiyning "Boʻron" O.si bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlabki oʻzbek operalari oʻzbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda Oʻzbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, "Layli va Majnun", 1940; "Gulsara", 1949; A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek", 1942). Shu davrda oʻzbek tilida jahon mumtoz O. namunalari (J. Bizening "Karmen", 1944; P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin", 1947 va b.) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik oʻzbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil O.lari paydo boʻldi: "Dilorom", "Shoir kalbi" (M. Ashrafiy), "hamza" (S. Boboyev), "Xorazm qoʻshigʻi" (M. Yusupov) va b. Birinchi oʻzbek hajviy O.si "May-saraning ishi" (S. Yudakov) boʻlib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. "Yoriltosh" (S. Boboyev) birinchi oʻzbek bolalar O.sidir.

1970—80 y.lari oʻzbek kompozitorlari O. janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — "Sugʻd elining krploni" (I. Akbarov), "Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer O.lar — "Sohilda toʻqnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi" (Hab. Rahimov) va b. O.lar sahnalashtirildi.

Mustaqillik davri oʻzbek O.larida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitil-di: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan "Hamlet" va "Makbet" O.-dilogiyasi), hozirgi zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning "Muxtoriyat" opera-farsi, O. Abdullayevaning "Vafo", F. YanovYanovskiyning "Orkestr" O.lari), tarixiy shaxslar siy-molari (M. Bafoyevning "Al-Fargʻoniy") va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning "Ibtido xatosi" O.oratoriyasi) O. janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumba-shariy maʼnaviy kadriyatlarni taran-num etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari O. asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.

Adabiyot

  • Pekker Ya., Oʻzbekskaya opera, M., 1984; M urodova D., Mustaqillik davri Oʻzbekiston kompozitorlik ijodiyoti toʻgʻrisida, — Musika ijodiyoti masalalari, T., 2002.

Dilera Murodova, Toʻxtasin Gʻafurbekov.[1]

Opera — (italyanchada opera -ijod, lotinchada opera — mehnat, mahsulot, asar) nutqning musiqa bilan uyg'unlashgan Teatr namoyishlarining badiiy-dramatik formasi.

Andoza:Link FA Andoza:Link FA

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil