Meklenburg-Old Pomeraniya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
kTahrir izohi yoʻq
k Abdulla moved page Meklenburg-old pomeraniya to Meklenburg-Old Pomeraniya over redirect
(Farq yoʻq)

9-Iyul 2013, 13:03 dagi koʻrinishi

Meklenburg-Old Pomeraniya (olm. Mecklenburg-Vorpommern) — Germaniya yeri. Mamlakatning shim.-sharqiy qismida, Boltiq dengizi so-hilida joylashgan. Mayd. 23,2 mingkm2. Maʼmuriy markazi — Shverin sh. Aholisi 1,8 mln. kishi (2000). M.O. P.da aholi nisbatan siyrak. Tabiiy landshafti saqgsanib qolgan. Relyefi sertepa, yaylov va oʻrmonlar bor. Eng katta daryosi — Elba. Koʻl koʻp bulgani uchun "Ming kullar yeri" deb ataladi. Eng yirigi — Myurits koʻli (mayd. 117 km2). M.-O. P.da 250 dan ortiq tabiiy va landshaft qoʻriqxonalari tashkil etilgan, 3 milliy bogʻ bor. Old Pomeraniya uzok, vakt Shvetsiya hukmronligi ostida boʻlgan, keyinroq Prussiya tarkibiga oʻtgan. Meklenburg Germaniya imperiyasi tarkibidagi mustaqil hudud edi. M.-O. P. yeri 2-jahon urushidan soʻng sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi tarkibida tashkil etilgan, biroq tez orada 3 okrugga ajratib yuborildi. 1990 y.da yana GFR tarkibidagi yer qilib tiklandi.

M.-O. P. xoʻjaligida q. x. yetakchi tarmoq. Dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dengiz va dare suvlaridan baliq ovlanadi. Sohilboʻyida sharqiy r-nlarning kema verfi va kemasozlik korxonalari joylashgan. Turizm rivojlangan. Yil davomida 10 mln.dan ortiq sayyoh kelib-ketadi. Yirik shaharlari — Rostok, Shverin. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil