Arab tili: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7: Qator 7:
* [http://www.ar-ru.ru/ Elektron arabcha-ruscha lugʻat]
* [http://www.ar-ru.ru/ Elektron arabcha-ruscha lugʻat]
* [http://www.arabic-keyboard.org/ Arabcha klaviatura]
* [http://www.arabic-keyboard.org/ Arabcha klaviatura]
* [http://www.myarabickeyboard.net/ Arabic keyboard]
{{Commons category|Arabic language|Arab tili}}
{{Commons category|Arabic language|Arab tili}}



3-Iyul 2013, 09:11 dagi koʻrinishi

Arab tili — Somiy tillar guruhining jan. tarmog‘iga mansub til. Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shim.586dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. A.t.da 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997). Qadimiy A.t. mil. av. 5 — 4-a.larga taalluqli obidalar orqali ma’-lumdir. U mumtoz arab tilining pay-do bo‘lishiga zamin bo‘lgan. Mumtoz A.t.ning leksik va grammatik shaklla-nishi johiliya davri (5 — 7-a.lar) sho-irlarining og‘zaki ijodlarida namoyon bo‘la boshlagan. Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi natijasida mumtoz A.t. badiiyati yanada go‘zallashdi va gramma-tik me’yorlari mukammallashdi. 8 — 9-a.larda mumtoz A.t. grammatikasi ish-lab chiqildi, islom yoyilgan o‘lkalarda rasmiy va ilmiy til bo‘lib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va b. ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mum-toz A.t. leksik jihatdan bir oz o‘zgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili bo‘lib kelmoqda. Buning asosiy sa-babi arab dunyosini birlashtirib turuv-chi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va b. mo‘’tabar manbalardir. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va tele-videniye hoz. shu tilda. Arab so‘zlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan bir-biriga o‘xshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Mag‘rib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga bo‘linadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sa-babga ko‘ra yuzaga kelgan: 1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) sheva-sida nozil bo‘lgan Qur’oni Karim tili asos bo‘lgan, zero o‘sha vaqtlardayoq Ara-biston ya.o.da yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi; 2) hoz. arab dunyosining aksar qismi ke-lib chiqishi arab bo‘lmagan xalqlardir. Ular islom ta’sirida arablashgan. Ularning hoz. so‘zlashuv tilida islom-gacha mavjud bo‘lgan ona tillari un-surlarining bo‘lishi, tabiiy; 3) arab dunyosining aksar qismi g‘arb istilochi-lari hukmronligi ostida bo‘lganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqla-nishiga olib kelgan. Turkiston, xusu-san hoz. O‘zbekiston hududi Arab xali-faligi tomonidan bo‘ysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, A.t. hamda arab yozuvi mazkur hududda ilm-fan tili va yozuviga aylan-di. Shu bilan bog‘liq holda arabshunoslik vujudga keldi.Ad.: Sharbatov G. Sh., Sovremenniy arabskiy yazik, M., 1961; Talabov E., Arab tili, T., 1993.Sarvar Abdullayev.[1]

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Andoza:Link FA Andoza:Link FA