Mikrobiologiya — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
k
in-t → institut
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (in-t → institut)
M. obʼyektlari va jarayonlaridan zamonaviy texnologik M., yaʼni biotex-nologiyada keng foydalaniladi. Zamonaviy M. mustaqil metodologiyaga ega boʻlgan, lekin oʻz tadqiqotlarida fizikkimyoviy biol., sitologiya, genetika va b. fanlar qoʻlga kiritgan yutuqlardan foydalanadigan mustaqil fan hisoblanadi.
 
Oʻzbekistonda mikrobiologik tadqiqotlar 20—30-y.lardan boshlandi. 1947 y.da Oʻzbekiston FA Zoologiya va botanika in-tlariinstitutlari qoshida mikrobiologiya lab. tashkil etiddi. Lab.da tuproq unumdorligini oshirish, silos tayyorlash, oqova suvlarni tozalash, oʻsimlik va hasharotlarning virus kasalliklari ustida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar, ayniqsa, 1977 y.da Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya i.t. instituti tashkil etilganidan soʻng kengayib ketdi. Bu davrda Oʻrta Osiyo mikroflorasini aniqlash va oʻrganish (M. E. Mavloniy), vino tay-yorlashda foydalaniladigan achitqilar sifatini yaxshilash (X. Abdurazzoqo-va, N.B.Egamberdiyev, Sh. I. Hakimo-va), mikroorganizmlardan oʻsimlik qoldiqlari va sanoat chiqindilaridan yem-xashak tayyorlashda foydalanish (J. Toshpoʻlatov, T. D. Jamolov), mikroorganizmlar orasidagi antagonistik munosabatlarni va ular ishlab chiqaradigan antibiotiklarni oʻrganish, ulardan oʻsimliklarni himoya qilishda, chorvachilikda (S. A. Asqarova, S. M. Hojiboyeva, M. Q. Qutliyev, S. B. Boʻriyev) foydalanish hamda sabzavot, poliz, texnika va boshqa q.x. ekinlarining bakteriya, zamburugʻ va viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklari (Ye. T. Dikasova, M. I. Isamuhamedov, A. H. Vahobov) ustida keng miqyosda tadqiqot olib borildi. Bir vaqtning oʻzida mikroorganizmlarning geokimyoviy faoliyatiga oid ishlar amalga oshirildi. Tarkibida oltin, mis va b. elementlar kam boʻlgan rudalardan elementlarni mikrobiologik yoʻl bilan ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqiddi (P. T. Malaxova, M. F. Sagdiyeva). Q.x. va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni mikrobiologik usul yordamida tozalash (J.Q. Qutliyev, R. Sh. Shoyoqubov, S. B. Boʻriyev), gen va hujayra muhandisligi usullari yordamida yengil va oziq-ovqat sanoatlari, q.x. va farmakologiya uchun zarur boʻlgan oqsillar, ferment lar, vitaminlar, biologik oʻgʻitlar sintez qilish, shifobaxsh sutqatiq tayyorlash biotexnologiyalari joriy qilindi (A. F. Xolmurodov, A. S. Rasulov, P. Yu. Yusupov, I. J. Jumaniyozov, T.F. Gʻulomova, D. K. Ogay). Bu tadqiqotlar tufayli virus — zamburugʻ — oʻsimlik sistemasida zamburugʻning kasallik qoʻzgʻatish xususiyatidagi oʻzgaruvchanligini aniqlashda mikovirusning ahamiyati ochib berildi (J. Safiyazov). Mikroorganizmlarda fiziologik faol birikmalarning hosil boʻlishi va ularni ishlab chiqishni boshqarish yoʻllari oʻrganildi. Nikotinamidadenindinukleotid (NAD) ishlab chiqaradigan mahalliy zamburugʻlar topildi va ular sintezining ayrim biokimyoviy mexanizmlari aniqlandi (A. F. Xolmurodov, T. Gʻ. Gʻulomova). Sellyupatik fermentlar preparati va oqsilga boy oziq moddalar olish texnologiyasi ishlab chiqildi (K. D. Davronov, 3. R. Axmedova). Sianobakteriyalarni yemiradigan faglar aniqlandi (M. M. Murodov). 50 yillik tadqiqotlar natijasida Oʻzbekistonda birinchi marta mintaqaviy mikroorganizmlar kolleksiyasi yaratildi.
 
T i b b i yo t M.ning rivojlanishi A. G. Grekov nomi bilan bogʻliq. Uning bevosita ishtirokida Toshkent harbiy gospitali qoshida birinchi bakteriologik lab. (1917), Oʻlka bakteriologiya in-tiinstituti (hoz. Vaksina va zardoblar in-tiinstituti) tashkil etildi (1918). M.ning zamonaviy muammolarini ishlab chiqishga A. O. Obidov, I. M. Muhamedov, M. A. Mirzayeva, L. G. Bajenov, X. I. Ishoqo-va, E. X. Eshboyev, N. A. Nuraliyev va b. katta hissa qoʻshmoqdalar.
 
Veterinariya M.si sohasidagi tadqiqotlar Oʻzbekiston Veterinariya institutida olib boriladi. In-tda samarali faoliyat koʻrsatgan Sh. T. Rasulov (qoramollarning trixofitiya — qoʻtir kasalligi), I. N. Nevskiy, A. A. Volkova, P. A. Apollosova, P. B. Boboyev, G. N. Nosirov, I. A. Mazitov (qoʻylarning anaerob va salmonellyozli, virusli abortlari), N. K. Siddiqov, I. D. Burlitskiy, M. B. Boboyeva, A. N. Axmedov (mollarning kolibakteriozi, parrandalarning pasterellyoz, pulloroz, tif va b. yuqumli kasalliklariga qarshi veterinariyasanitariya tadbirlari), N. Mamatov (hayvonlarda quturish kasalligiga karshi vaksina yaratgan), X. Salimov (qoramollarning leykoz kasalligi diagnostikasi, unga qarshi kurash vositalari) kabi olimlar veterinariya M.si rivojiga katta hissa qoʻshdilar.
516 159

ta tahrir

Navigatsiya