Mashina: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
en:Machine bilan bogʻlandi
Qator 11: Qator 11:


{{stub}}
{{stub}}
{{no iwiki}}

{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

15-Iyun 2013, 19:07 dagi koʻrinishi

Mashina (lot. machina — qurol, qurilma) — bir turdagi harakat energiyasini ikkinchi turdagi harakat energiyasiga aylantirish, materiallar yoki axborotlarni oʻzgartirish, aloqa oʻrnatish, yuk va odamlarni tashish uchun moʻljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui. Jamiyatdagi i. ch. kuchlarining eng muhim tarkibiy qismi, yirik mashinali i.ch.ning moddiy negizi, aloqa va transportning asosiy vositasi hisoblanadi. M. — fantexnika inqilobining asosi. M. ayni paytda ham mehnat quroli, ham mehnat mahsuloti hisoblanadi. Inson kadimdan oʻz mehnatini yengillashtirish uchun turli-tuman qurol va qurilmalarni yaratishga urinib kelgan. Mola, omoch, charxpalak, urchuq, charh, dug , toʻquvchilik dastgohlari (doʻkonlari), choʻt, palaxmon, piltatoʻp, shamol tegirmoni va b. vositalar M. yaratish borasidagi urinishlar edi. Shuning uchun ilgari M. inson mehnatini osonlashtiradigan mexanik tizim deb tushunilgan. Bora-bora u insonning aqliy mehnatini va fiziologik vazifasini ham bajaradigan murakkab tizimga aylandi.

M.dan foydalanish mehnatning maz-muni va tarzini oʻzgartirish, xalq xujaligining barcha tarmoqlarida mehnatning darajasini bir-biriga yaqinlashtirish va rivojlantirish, ish unumdorligini oshirish va shu asosda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish, mehnatni mashaqqatli va zerikarli gomushdan ishtiyoq bilan bajariladigan ehtiyojga aylantirishning asosi hisoblanadi.

M. umuman ijro mexanizmi (ish M.si), qarakatlantirish mexanizmi, uzatish va nazorat-boshqarish qismlaridan iborat buladi. Mas, tikuv M.sining ijro mexanizmi uning ninasi, paxta terish M.siniki — shpindellari va h. k., velosipedning harakatlantiruvchi qismi uning pedali, yulduzcha va zanjirlari, avtomobilning nazorat-boshqarish qismi rullari va turli asboblari (tezlikni, bosimni va b.ni kursatadigan asboblar) dir. M.ning energetik, ish va ax-borot (informatsiya) xillari bor. Energetik M. istalgan turdagi energiyani mexanik energiyaga aylantirish uchun muljallangan (suv, shamol, bugʻ va elektr dvigatellar, gaz turbinalari, elektr generatorlari va b.). Ish M.lari materiallarning holatini, xossalari va fazodagi vaziyatini uzgartirish uchun muljallanadi. Bunday M.lar texnologik va transport M.lariga bulinadi. Texnologik M. metallga ishlov berish (kesish, yunish, qirqish, sillikdash va h. k.) va yogʻochni qayta ishlash, toʻqimachilik, q. h., qurilish, matbaa va b.da bajariladigan yumushlarni oʻz ichiga oladi. Transport M.si avtomobil yoʻllari, t. y., havo transporta, avtomobillar, aviatsiya, koʻtarish kranlari, teplovozlar, kemalar va b. vositalarni oʻz ichiga oladi. Energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, materiallarga ishlov berish va h. k.ni inson ishtirokisiz bajarishda avtomat mashinalar, avtomat liniyalar va avtomatlashtirilgan korxonalar qoʻl keladi.

Axborot M.si (informatsiyey M.) maʼlumotlarni qayta ishlab uzgartirish, yaʼni mashina tilita oʻtkazish va standartlashtirish, uzatish, dasturlar tuzish va b. yumushlarni oʻz ichiga oladi (q. Kibernetika). Buning uchun M.lar majmui, avtomatik, informatsion va kibernetik jihozlardan foydalaniladi (yana q. Mashinasozlik, Mashinashunoslik, Mashina va mexanizmlar nazariyasi).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil