Steve Jobs: Versiyalar orasidagi farq
→NeXT: Imlo |
|||
Qator 38: | Qator 38: | ||
=== iPod, iTunes, iPhone va iPad === |
=== iPod, iTunes, iPhone va iPad === |
||
2001-yil |
2001-yil Apple musiqa tinglash uchun moʻljallangan [[iTunes]] programmasini chiqardi. Oʻsha yili raqamli pleyer [[iPod]] sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo boʻyicha xaridorlarga manzur boʻldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy koʻchirib olindi. 2007-yil koʻp funksiyali [[iPhone]] telefoni, 2010 yil boʻlsa [[iPad]] planshet komputeri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotning tayyorlanishini Jobs shaxsan oʻzi kuzatib borgan. |
||
== Manbalar == |
== Manbalar == |
15-Iyun 2013, 11:25 dagi koʻrinishi
Steve Jobs | |
---|---|
Steven Paul Jobs | |
Tavalludi |
24-fevral 1955-yil |
Vafoti |
5-oktyabr 2011-yil (56 yoshda) Palo-Alto, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh[1] |
Turmush oʻrtogʻi | Lorens Pol Jobs (1991-yildan 2011-yil Stiv Jobsning vafotigacha) |
Otasi | John Abdulfattah Jandali[2] |
Onasi | Joanne Carole Schieble Simpson[3] |
Imzosi | |
Steven Paul Jobs (talaffuzi: Stiven Pol Jobs) yoki Steve Jobs (talaffuzi: Stiv Jobs) (24-fevral, 1955 — 5-oktabr, 2011) - amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan. Stiv Jobs ham koʻp ishni bajara oladigan, ham oʻziga tortadigan ishlamli mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni koʻpincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan tadbirkor deb atashadi.
Biografiyasi
Stiv Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni berib yuborishadi. Pol va Klara Jobslar uni boqib oladi.
Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, Suriyalik musulmon, asl onasi Joanna Simpson esa amerikalik. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Stiv Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.[4][5]
2003-yil Stiv Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Eplning boshi (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.[6][7][8]
Ish faoliyati
Ilk yillar
1974-yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Stiv Vozniak (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan boʻlib komputerlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan.
1977-yil ikki doʻst Apple II komputerini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Stiv hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Apple Computer kompaniyasiga asos soladi. Apple II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Apple bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi koputer kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Apple Computer oldin koʻrilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan Fortune 500 safiga kiradi.
1983-yil Apple Lisa deb nomlangan, asosan bizneslar uchun moʻljallangan komputerni savdoga chiqaradi. Lisada birinchilardan boʻlib ekranda kursorni boshqaradigan „sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga moʻljallangan Macintosh kuchli komputeri chiqadi. Macintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI) texnologiyasidan qoʻllanilgan.
NeXT
1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ishchini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning komputer boʻlimini sotib oladi va uni Pixar Animation Studios deb ataydi. Pixar komuter animatsiyasi sohasida eng ilgʻor kompaniyaga aylanadi. Pixar 1995-yil "O’yinchoqlar tarixi" (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay komputerda ishlangan filmni chiqaradi.
1996-yil Apple NeXTni sotib oladi va Jobs Applening maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Applening boshligʻi lavozimiga koʻtariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs koʻp hissa qoʻshgan iMac degan bittagina qismdan iborat komputer sotuvga chiqariladi va Applening ishlari yanada yurishib ketadi.
iPod, iTunes, iPhone va iPad
2001-yil Apple musiqa tinglash uchun moʻljallangan iTunes programmasini chiqardi. Oʻsha yili raqamli pleyer iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo boʻyicha xaridorlarga manzur boʻldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy koʻchirib olindi. 2007-yil koʻp funksiyali iPhone telefoni, 2010 yil boʻlsa iPad planshet komputeri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotning tayyorlanishini Jobs shaxsan oʻzi kuzatib borgan.
Manbalar
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ — С. 3.
- ↑ Stiv Jobs, ilgʻor texnologiya asoschisi, vafot etdi, voanews.com
- ↑ Apple muallifi Steve Jobs olamdan o‘tdi, bbc.co.uk
- ↑ Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs vafot etdi, infoman.uz
- ↑ Steve Jobs, Appleʼs Visionary, Dies at 56, The New York Times
- ↑ Umer Stiv Djobs, Lenta.ru
- ↑ „Steve Jobs statue unveiled in Hungary science park“ (21-dekabr, 2011). Qaraldi: 5-aprel, 2012.