Gvineya-Bisau: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 17: Qator 17:
Xujaligi. G.-B — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Mustamlakachilarning koʻp asrlik hukmronligi natijasida mamlakat iqtisodiyoti qoloq, monokultura yoʻnalishida boʻlib, yarim kustar sanoatga ega. Hukumat bir yoqlama rivojlanishga barham berish choralarini koʻrmoqda. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 40%, sanoatning ulushi 10 %. Mehnatga yaroqli aholining 80% q. x. da band. Asosiy q. x. tovar mahsulotlari: yer yongʻoq, palma magʻizi, yogʻi va b. Paxta, kanakunjut, kauchukli oʻsimliklar, sholi ham yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliqovlanadi .

Sanoati q. x. mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigai korxonalardan iborat. Yer yongʻoq tozalovchi va sholi oqpovchi z-dlar, yer yongʻoq va palma yogʻi ishlab chiqaradigan f-ka, yogʻoch tilish, gʻisht z-dlari, sovungarlik va sellyuloza z-dlari, kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. T. y. yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km. Ichki suv yullarining uz. — 1,8 ming km. Bisau sh. da xalqaro aeroport bor. Dengiz portlari: Bisau, Bolama, Kasheu. Chetga yer yongʻoq. palma yogʻi va magʻizi, kauchuk, yogʻoch va yogʻoch materiallari chiqariladi. Chetdan sement, gazlama, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Shvesiya, AQSH, Senegal. Pul birligi — Afrika franki.
Sanoati q. x. mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigai korxonalardan iborat. Yer yongʻoq tozalovchi va sholi oqpovchi zavodlar, yer yongʻoq va palma yogʻi ishlab chiqaradigan f-ka, yogʻoch tilish, gʻisht zavodlari, sovungarlik va sellyuloza zavodlari, kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. T. y. yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km. Ichki suv yullarining uz. — 1,8 ming km. Bisau sh. da xalqaro aeroport bor. Dengiz portlari: Bisau, Bolama, Kasheu. Chetga yer yongʻoq. palma yogʻi va magʻizi, kauchuk, yogʻoch va yogʻoch materiallari chiqariladi. Chetdan sement, gazlama, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Shvesiya, AQSH, Senegal. Pul birligi — Afrika franki.

Maorifi. Mustamlakachilik davrida koʻpchilik afrikaliklar uchun faqat 2 y.
Maorifi. Mustamlakachilik davrida koʻpchilik afrikaliklar uchun faqat 2 y.

14-Iyun 2013, 10:38 dagi koʻrinishi

Gvineya-bisau (Guine-Bissau), Gvineya-Bisau Respublikasi (Republics da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. G.-B. tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh o. lari kiradi. Mayd. 36,1 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-y.lar oxiri). Poytaxti — Bisau sh. Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi .

Davlat tuzumi. G.-B. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi 102 deputatdan iborat bir palatali parlament — Millat xalq majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u hukumat aʼzolari va bosh vazirni tayinlaydi.

Tabiati. Materikdagi qismi tekis, ayrim joylari botqoqpi pasttekislik. Sohilida qoʻltiqlar va daryo estuariylari koʻp. Boksit, fosforit, oltin, temir rudasi, sirkoniy, neft konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli, yozi seryomgʻir, qishi quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin sohilda 2000 mm dan ortiq, mamlakat ichkarisida 1200 — 1500 mm. Daryolari (Jeba, Korubal, Kasheu) qisqa, ammo sersuv. Oʻsimliklari savanna va doimiy yashil nam tropik oʻrmonlardan iborat. Oʻrmonlarda maymun, buyvol, kiyik, leopard, begemot, timsoh, toʻngʻiz va har xil qushlar yashaydi.

Aholisi balante, mandyak, mandinka, fulbe, manjak va b. elatlardan iborat. Rasmiy tili — portugal tili. Shahar aholisi 19,9%. Aholining yarmidan kupi mahalliy, anʼanaviy dinlarga, 35% i islom diniga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristianlar. Yirik shaharlari: Bisau, Bolama, Gabu, Kasheu.

Tarixi. G.-B. xalqining qad. va oʻrta asrlardagi tarixi oʻrganilmagan. 15-a. dan boshlab Portugaliya mustamlakachilari hoz. G.-B. hududini qul bozoriga aylantirdilar. 16 — 18-a. larda portugaliyalik qul savdogarlari bu yerda bir necha tayanch bazalar (Farin, Kasheu, Bisau va b.) kurib, yuz minglab qullarni Amerika va Vest-Indiyaga olib ketdilar. 19-a. da Afrikani boʻlib olish boshlangan vaqtda Portugaliya G.-B. ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi. 1879 y. alohida mustamlaka deb eʼlon qilindi.

G.-B. aholisi mustamlakachilarga qarshi keskin kurashib, tayanch bazalariga teztez hujum qilib turdi. 1908 y. mustamlakachilarga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni 1915 y. gacha davom etdi. 2jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati keng tuye oldi. 1951 y. da G.-B. Portugaliyaning "dengiz orti viloyati" maqomini olgan bulsada, mustamlaka holati oʻzgarmadi.

1956 y. da "Gvineya va Yashil Burun orollari mustaqillik Afrika partiyasi" mustaqillik kurashiga rahbarlik qildi. 1962 y. da qurolli kurash boshlanib, 1970 y. boshlarida mamlakatning oʻchdan ikki qismi mustamlakachilardan ozod qilindi va hukumatning mahalliy organlari tuzildi. 1972 y. mahalliy muxtoriyat huquqini oldi. Shu yili Millat xalq majlisiga deputatlar saylandi. 1973 y. 24 sent. da Millat xalq majlisining birinchi sessiyasi mustaqil G.-B. Respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi. Portugaliyadagi fashistlar rejimi agʻdarilgach (1974), Portugaliyaning yangi hukumati 1974 y. 10 sent.da G.-B. mustaqilligini tan oldi. G.-B. 1974 y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 24 sent. — Mustaqillik kuni (1973).

Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Gvineya va Kabo-Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi, 1956 y. da tuzilgan; Birlashgan sotsial-demokratik partiya, 1991 y. da tuzilgan; G.-B. qarshilik koʻrsatish partiyasi — Ba-Fata harakati, 1986 y. da tuzilgan; Ijtimoiy yangilanish partiyasi, 1992 y. da tuzilgan. G.-B. mehnatkashlari milliy birligi kasaba uyushmasi, 1961 y. da asos solingan, Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi va Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.

Xujaligi. G.-B — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Mustamlakachilarning koʻp asrlik hukmronligi natijasida mamlakat iqtisodiyoti qoloq, monokultura yoʻnalishida boʻlib, yarim kustar sanoatga ega. Hukumat bir yoqlama rivojlanishga barham berish choralarini koʻrmoqda. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 40%, sanoatning ulushi 10 %. Mehnatga yaroqli aholining 80% q. x. da band. Asosiy q. x. tovar mahsulotlari: yer yongʻoq, palma magʻizi, yogʻi va b. Paxta, kanakunjut, kauchukli oʻsimliklar, sholi ham yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliqovlanadi .

Sanoati q. x. mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigai korxonalardan iborat. Yer yongʻoq tozalovchi va sholi oqpovchi zavodlar, yer yongʻoq va palma yogʻi ishlab chiqaradigan f-ka, yogʻoch tilish, gʻisht zavodlari, sovungarlik va sellyuloza zavodlari, kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. T. y. yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km. Ichki suv yullarining uz. — 1,8 ming km. Bisau sh. da xalqaro aeroport bor. Dengiz portlari: Bisau, Bolama, Kasheu. Chetga yer yongʻoq. palma yogʻi va magʻizi, kauchuk, yogʻoch va yogʻoch materiallari chiqariladi. Chetdan sement, gazlama, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Shvesiya, AQSH, Senegal. Pul birligi — Afrika franki.

Maorifi. Mustamlakachilik davrida koʻpchilik afrikaliklar uchun faqat 2 y.

lik boshlangʻich maktablar bor edi. 4 y.lik boshlangʻich va 7 y.lik oʻrta maktablarda yevropaliklar va duragaylar oʻqigan. Mustaqillikka erishilgandan soʻng 7 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy bepul umumiy taʼlimi toʻgʻrisidagi qonun joriy etildi. Boshlangʻich maktabdagi oʻqish muddati — 4 y., oʻrta oʻquv yurtlarida —7 y. Bundan tashkari 6 y.lik boshlangʻich va 3 y.lik toʻliqsiz oʻrta maktab negizida toʻliq oʻrta maʼlumot beradigan 2 y.lik litseylar mavjud. Mamlakatda oliy oʻquv yurti yoʻq. Yoshlar oliy maʼlumotni chet ellarda oladi. Oʻqituvchilar tayyorlovchi kurslar mavjud .

Matbuoti, radioeshittirish. G.-B.da nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Libertasau" ("Ozodlik", portugal tilidagi haftanoma, 1960 y.dan), "No pincha" ("Olgʻa", asosan portugal tilida, ayrim maqolalari kreol tilida chiqadigan haftanoma, 1975 y.dan). G.-B. axborot agentligi hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1975 y.da tuzilgan. G.-B. Respublikasi milliy radioeshittirish xizmati 1975 y.da tashkil etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Aholining turar joylari juda xilmaxil. Sohil boʻyidagi pasttekisliklarda yashovchi balante qabilasi toʻgʻri burchakli pastqam uylarda istiqomat qiladi. Bu uylarning devorlari 4 ustunga mahkamlangan qamishdan toʻqilib, loy bilan suvalgan. Tomi poxol bilan yopilib nishabi ikki tomonga yoki 4 tomonga qaratilgan. Har bir uy bir necha xona va qaznoqdan iborat boʻlgan. Bir necha uy baland qalin devor bilan oʻralib, qoʻrgʻon tusini olgan va uning oʻrtasida qabila boshligʻining uyi joylashtirilgan. Mamlakat ichki tumanlari (fulbe, mandinka qabilalari qarorgoxdari) aniq va ravon rejalangan. Toʻsiqsiz uylar toʻgʻri va keng koʻchalar boʻylab joylashtirilgan. Markazdagi maydon turli bayram va yigʻinlarni oʻtkazishga moʻljallangan. Uylarning devorlari loydan yoki xom gʻishtdan tiklangan va somonli konussimon tom bilan yopilgan. Darvozalar, toʻsinlar, ustunlarga ohu, sigir, ilon va qushlarning qiyofasi oʻyib tasvirlangan. Bayot va papel qabilalarining kattakatta oilalari koʻp xonali (4— 10 xonagacha) uylarda yashaydi. Bu uylar toʻgʻri burchakli, doirasimon yoki choʻziq shaklda boʻlib, poxol tomining nishabi 2 tomonga qaragan yoki konussimon qilib ishlangan .

Badiiy hunarmandchilik ayniqsa orollarda rivojlangan. Qizil va qora yogʻochdan hamda fil suyagidan ajdodlarning haykalchalari, diniy buyumlar, mayda roʻzgʻor asbob-anjomlari (mas, oʻsimliklar tasvirlangan qoshiklar), turli jonivorlar qiyofasidagi niqoblar yasaladi. Qabila boshliklarining oʻrindiq va taxtlari, qoʻndoq, jovon, togʻoralarga turli naqshlar tushirilib, hayvonlar, qushlar, ilonlar va baliqlar tasvirlanadi. Yogʻoch va sigir shoxidan qurol (oʻq-yoy, oʻqdon, nayza, qalqon) yasash avj olgan. Xorijiy sayyohlarga moʻljallab koʻpgina buyumlar yasaladi. Qitʼadagi elatlar orasida fulbelar haykalcha, poyabzal, bezak buyumlari, musiqa asboblari yasashga mohir. Mandyaklar va papellar orasida toʻquvchilik hamda badiiy kashtachilik rivojlangan.

Musiqasi. G.-B. musiqa madaniyati mamlakatda yashovchi koʻpgina elatlarning musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Balante, fulbe, mandinka va b. xalqlarning musiqasi Gʻarbiy Afrika mamlakatlari (Gvineya, Senegal, Gambiya, Mali) musiqiy sanʼatiga juda oʻxshashdir. Ayniqsa griotlar kora, balafon, kusundi kabi musiqa asboblarida kuylarni mohirona ijro etishadi. Qad. anʼanaga ega boʻlgan baraban dastalari yuksak ijrochilik mahoratiga erishganlar. Mustaqillik yillarida milliy musiqa anʼanalarini saqlash va rivojlantirish madaniy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoldi. Bisau sh.da madaniy markaz — Madaniyat uyi ishlaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil