Isfana oʻrta maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 210: Qator 210:


== Dars programmasi ==
== Dars programmasi ==

Oʻquvchilar birinchi sinfga 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) qilib uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.
Oʻquvchilar birinchi sinfga 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) qilib uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.



11-Iyun 2013, 18:21 dagi koʻrinishi

Isfana oʻrta maktabining oldi
Fayl:The Main Entrance to Isfana Secondary School.jpg
Isfana maktabi
Joylashgan yeri
Isfana, Qirgʻiziston
Maʼlumot
Maktab turi boshlangʻich va oʻrta maktab
Diniy mansublik Hech qanaqa
Asos solingan sanasi 1936-yil
Direktor Inomjon Roʻziboyev
Sinflar 1-11
Til oʻzbek

Isfana o‘rta maktabi — (ruscha: Средняя школа Исфана; qirgʻizcha: Исфана орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab[1][2]. Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. Maktab ilk bitiruvchilarini 1938-yil chiqargan. Isfana oʻrta maktabining hozirgi binosi 1989-yil qurib bitirilgan.

Tarixi

1936-yili Budyonniy nomli boshlangʻich maktab yetti yillik Isfana nomidagi maktabga aylandi. Oʻsha davrda Isfana qishlogʻida savodsizlikni tugatishda oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchivchilariga, keyin Isfana yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun qoʻshni respublikalardan va Oʻsh viloyatidan oʻqituvchilar yuborilgan. Oʻzbek SSR xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quydagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda Bekoboddan Tulamov R., 1938-yilda Toshkentdan Toʻqtasinov O., Inoyatov Sh. va Dundiyev K.

Isfana yetti yillik maktabini 1938-yilda yakunlagan birinchi bitiruvchilari quyidagi oʻquvchilardan iborat: Rustamov Gʻani, Qurbonov Tojiqoʻzi, Moʻminov Otabek, Xudoynazarov Ota, Yuldashov Otaqoʻzi. 1939-yilgi bitiruvchilar: Alimatov Mahmud, Yoʻldoshev Abdulla, Joʻraev Otaqoʻzi, Saksanov Akbarali, Sharipov Abdushait, Joʻraev Ilash va Matkarimov Usmon.

Oʻsha paytlarda Isfana maktabining binosi uch qanotli boʻlib, uning bir qanotida bolalar uyi, ikkinchi qanotida Laylak tumani maorif idorasi joylashgan boʻlgan. Uchinchi qanotida esa oʻquvchilar taʼlim olgan.

Bolalar uyi 1949-yilda yopildi. Isfanada 1940-yildagi maʼlumotlarga qaraganda, toʻliqsiz oʻrta maktablar 1-4 sinf, 5-sinf, 6-7-sinf boʻlib hammasi 18 sinfni tashkil qilgan va bu sinflarda 322 oʻquvchi oʻqigan.

Isfana maktabi 1960-yilda sakkiz yillik majburiy taʼlimga oʻtdi. 1961-yildan 1969-yilgacha maktab direktorlari boʻlinib ishlaganlar: Rajapov Gʻulom, Gaffarov Rizoqul, Qunduzova Xosiyat. Isfana sakkiz yillik maktabi 1973-yili oʻrta maktabga aylandi, oʻrta maktabning taʼlim muddati 10 yilga uzaytirildi.

Isfana maktabi oʻrta maktab boʻlganidan soʻng, yaʼni 1969-1986-yillarda maktab direktorlari: Xolmurzaev Ibragim, Goynazarova Xurmatoy (1986-1996), Komilov Dadajon (1996-2000), Uzoqova Mamlakat (2000-2003), Komilov Dadajon (2003-2010), 2010-yildan hozirgi kungacha — Roʻziboyev Inomjon.

1999-yil 4-sentabrda geografiya oʻqituvchisi Jumaboy Boboev Isfana maktabi qoshida iqtidorli oʻquvchilar uchun alohida sinflar ochdi. Bu sinflar Usmon Matkarimov nomli №4-oʻzbek gimnaziyaning boshlanishi edi.

Dars programmasi

Oʻquvchilar birinchi sinfga 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) qilib uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.

Qirgʻizistondagi va boshqa MDH mamlakatlaridagi maktablarda boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda yoki binoda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (jismoniy tarbiya va chet tildan tashqari). Isfana maktabida ham shunday.

5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi. Isfana maktabida darslar oʻzbek tilida oʻtiladi. Oʻzbek tili bilan birga oʻquvchilar rus, qirgʻiz va ingliz tillarini ham oʻrganishadi.

Qirgʻizistondagi boshqa maktablarga oʻxshab Isfana maktabida ham ikki smenada darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.

Maktab yili 1-sentabrdan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, −5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.

Eʼtiborga loyiq bitiruvchilar

Manbalar

  1. „Isfana shahring rasmiy vebsayti: Isfana o‘rta maktabi haqida (rus.). Qaraldi: 10-may.
  2. „Isfana haqida umumiy maʼlumot (rus.). Qirgʻiziston Shaharlari Birlashmasi. Qaraldi: 10-oktabr, 2012.