Muborak: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 33: Qator 33:
== Havolalar ==
== Havolalar ==
* [http://www.fcmashal.uz/main Mashʼal futbol jamoasining rasmiy sayti]
* [http://www.fcmashal.uz/main Mashʼal futbol jamoasining rasmiy sayti]



{{OʻzME}}
{{OʻzME}}



{{Oʻzbekiston shaharlari}}
{{Oʻzbekiston shaharlari}}

10-Iyun 2013, 04:36 dagi koʻrinishi

nothumb Muborak shahri nothumb
[[Image:|240px]]
[[Image:|140px]]
Tashkil topgan sanasi
Maydoni
km²
Aholisi
31,455 kishi
Shahar hokimi [[]]
Pochta indeksi
Telefon kodi
Vebsayt [1]

Muborak — Oʻzbekiston respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan shahar. Muborak muhim gaz va neft shahridir. Shahar Muborak tumanining markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 78 km masofada joylashgan.

Tarixi

Muborak 1974-yildan beri shahar hisoblanib keladi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, „Muborak“ nomi Imom Buxoriyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloq ibn Mu-borak al-Marvaziyga atab barpo qilingan „Xoʻjamuborak“ qishlogʻi nomidan olingan.

Demografiyasi

Muborakning aholisi 31 455 kishidir.[1] 2002-yil aholi soni 28 300 kishi boʻlgan.[2] Muborakda asosan oʻzbeklar yashaydi. Shuningdek, tojik, rus, turkman, ukrain, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor.

Iqtisodi

Muborak muhim gaz va neft shahridir.[3] Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan.

Madaniyati

Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash zavodi, „Muborakneftgaz“ korxonasi, bosmaxona, to'rt avtokorxona, o'n qurilish taʼmirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, pedagogika-iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Shaharda suv bilan davolash fizioterapiya shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Transporti

Muborak Qarshi—Buxoro temir yoʻlidagi stansiyadir. U yerga KitobQarshiBuxoro poyezdi qatnaydi. Shuningdek Muborakdan Koson, Qarshi, Buxoro yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.

Manbalar

Havolalar