Ovidiy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Qator 5: Qator 5:


{{stub}}
{{stub}}
{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

9-Iyun 2013, 08:45 dagi koʻrinishi

Ovidiy, (Publiy Ovidiy Nazon — Publius Ovidius Naso) (mil. av. 43 — mil. taxm. 18) — Rim shoiri. Ijodini ishqiy sheʼrlar bilan boshlagan ("Ishqiy elegiyalar", mil. 1—2-y.lardan oldin). "Sevgi sanʼati", "Sevgi davosi" dostonlari (ikkalasi ham taxm. mil. av. 20—mil. 1-y.) didaktik ruhda, ularda Rim hayoti lavhalari ifodalangan. Mashhur "Metamorfozalar" mifologik eposi (15 kitobdan iborat, taxm. mil. 1—8-y.lar) — O. ijodining choʻqqisi. Axloq xususidagi dadil fikrlari uchun imperator Avgust tomonidan Tomi sh. (hoz. Ruminiyaning Konstansa porti)ga surgunqilingan va shu yerda umrining oxiri-gacha turib (taxm. 10 y.), "Gʻussali elegiyalar" (5 kitob, taxm. mil. 8-y.dan keyin) va b. asarlarini yozgan. "Elegiyalar", "Metamorfozalar", "Gʻussali elegiyalar"dan namunalar Oybek tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil