Kassiterit: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
Qator 6: Qator 6:
{{stub}}
{{stub}}
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}

26-May 2013, 13:24 dagi koʻrinishi

Kassiterit (yun. kassiteros — qalay), qalaytosh —oksidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi SnO2. Tarkibida Fe2O3 (13% gacha), Ta2O3, Nb2O3 (9% gacha) va h.k. qoʻshimchalari bor. Qalayning mikdori 78,6%. Tetragonal singoniyali. Dipiramidal, ustunsimon, ninasimon kristallar va donador agregatlar holida uchraydi. Rangi qoʻngʻirdan qoragacha, baʼzan sariq, qizgʻish. Olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 6—7. Zichligi 6—7 g/sm3. Koʻpincha qoʻngʻir, baʼzan jigarrang , olmosdek yaltiraydi. Gidrotermal, greyzen, pegmatit va sochma konlari maʼlum. K. konlari, odatda, nordon intruziv togʻ jinslari (granit) b-n bogʻliq. Hosil boʻlishi magmatikdan gipergengacha. K.ning eng istiqbolli sanoatbop toʻplamlari gidrotermal kvarskassiterit va sulfid kassiteritli yertomirlarda uchraydi. K. Oʻzbekistonda 20-a.ning 30-y.larida topilgan, hoz. bir necha turi maʼlum. K. konlari Oltintogʻ, Turkiston, Qoratepa, Zirabuloq - Ziyovuddin, Sultonuvays togʻi, Hisor togʻlarida bor. Xorijda K. konlari RF (Primorye), Ukraina, Malayziya, Tailand, Indoneziya, Xitoy, Boliviya, Nigeriya va b. joylarda aniqlangan. K. — qalayning asosiy rudasi. Ayni vaqtda konsentratdan Nb, Ta kabi noyob metallar ham ajratib olinadi. Oltintogʻ K. rentgenogrammasi dunyoda qabul qilingan Aniqlagich (Mixeyev, 1957)da etalon sifatida qabul qilingan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil