Koʻkshetau: Versiyalar orasidagi farq
Amir.Temur (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
Amir.Temur (munozara | hissa) k Amir.Temur Koʻkshetov sahifasini Koʻkshetauga koʻchirdi |
(Farq yoʻq)
|
25-May 2013, 13:23 dagi koʻrinishi
shahar | |
53°17′30″N 69°23′30″E / 53.29167°N 69.39167°E G OKoordinatalari: 53°17′30″N 69°23′30″E / 53.29167°N 69.39167°E G O | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Akmola viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Batirxanov Munarbek Berkutbaevich |
Asos solingan | 1824 |
Ilk eslatilishi | 1862 |
Maydon | 347 km2 (134 mi²) |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2012) |
136 922[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 51,31 % ruslar 33,20 % ukrainlar 4,57 % tatarlar 2,79 % olmonlar 1,84 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7162 |
Pochta indeks(lar)i | 020000 |
Avtomobil kodi | C |
|
Koʻkshetov — Qozogʻiston Respublikasi. Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1862-yildan), Koʻkchatov togʻlarining shimoliy chekkasida Temir yoʻl tuguni. Aholisi 136 922 kishi (2012). Koʻkshetov mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatlari markazlaridan biri. Har xil tarozilar ishlab chiqaradigan mexaniqa zavodi, kislorodli nafas olish apparatlari, avtomobil tuzatish zavodlari, kimyo kombinati, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika instituti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor. Koʻkshetovga 1824-yil asos solingan. [2]
Geografiyasi
Hozirgi Akmola viloyatining shimoli va unga chegaradosh Shimoliy Qozogʻiston viloyatining bir hil tumanlarini oʻz ichiga oladi. Markazida Koʻkshtov qir-adirlari joylashgan. Shunda sharqdan gʻarbga tomon Koʻkcha, Jaqsi Jalgʻiztov, Jaman Jalgʻiztov, Imantov, Jilandi, Sandiqtov, Ulkentukti, Buqpa, Qoʻshqarbay, Zerendi tagʻlari, Ayirtov, Sirimbet togʻlari bilan Shortandi, Burkitti asui, Ulken Shaqti, Kishi Shabaqti,Burabay, Aynakoʻl, Aydaboʻl, Zerendi, Qoʻpa, Atansoʻr, Maylisoʻr, Mamay, Saumalkoʻl, Shalqar, Ulken Qoʻskoʻl, Kishi Qoʻskoʻl, Joʻldibay, Qalmaqkoʻl, Shagʻalaliteniz, Siletiteniz, Teke, Ulken Qaraoʻy, Kishi Qaraoʻy, Qalibek v.h. koʻllar joylashgan. Qir-adirlarning gʻarb tomonidan Esil daryosi oqib oʻtadi. Koʻplagan kichkina daryolar bahorda meyoridan oshgani bilan, yozda suvi kamayib, koʻpchiligining anhorlari qurub qoladi. Qishda kun sovuq, yanvar ouidagi yillik oʻrtacha iqlimi −16 — 19 °C, iyulda 19 — 20 °C. Yillik yogʻingarchilikning miqdori 230—400 mm.
Aholisi
Shahar aholisining soni 136 922 kishi 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha. Aholisi koʻp millatli hisoblanadi.
Milliy tarkibi, % | 1989 yilgi sanoq | 1999 yilgi sanoq | 2007 yilgi sanoq | 2009 yilgi sanoq |
Qozoqlar | 18,5 | 36,0 | 49,0 | 51,3 |
Ruslar | — | — | 35,0 | 33,2 |
Boshqalar | — | — | 16,0 | 15,5 |
Aholining milliy tarkibi (1 yanvar 2010 yilgi):
- qozoqlar — 75 370 kishi (51,31 %)
- ruslar — 48 767 kishi (33,20 %)
- ukrainlar — 6715 kishi (4,57 %)
- tatarlar — 4093 kishi (2,79 %)
- olmonlar — 2709 kishi (1,84 %)
- polyaklar — 2406 kishi (1,64 %)
- beloruslar — 1984 kishi (1,35 %)
- ingushlar — 1942 kishi (1,32 %)
- koreyslar — 305 kishi (0,21 %)
- ozarbayjonlar — 269 kishi (0,18 %)
- boshqurtlar — 203 kishi (0,14 %)
- mordvalar — 176 kishi (0,12 %)
- moldavanlar — 156 kishi (0,11 %)
- chechenlar — 126 kishi (0,09 %)
- udmurtlar — 117 kishi (0,08 %)
- armanlar — 115 kishi (0,08 %)
- boshqalar — 1438 kishi (0,98 %)
- Umumiy — 146 891 kishi (100,00 %)
Iqlimi
Koʻkshetov shahrining iqlimi keskin kontinent, yozi iliq, qishi uzoq va ayoz boʻladi. Yillik oʻrtacha harorati 0 °C darjasida. Yillik yogʻingarchilikning miqdori 300—350 mm. Yogʻingarchilillar asosan yoz oylarida boʻladi.
Sanoat
Koʻkshetov shahrida oziq ovqat va engil sanoat korxonalari, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo sanoati, karton va qogʻoz ishlab chiqarish, issiqlik, elektr energiyasini, gaz va suv tarqatish mahkamalari faoliyat yuritmoqda. Koʻkshetov shahridagi yirik korxonalari: oltin qazib oladigan „Vasilkov oltin“ jamoat birodorligi, kislorod nafas olish apparati, vazn oʻlchash texnikasi, aviatsiya texnikasi agregatlarini ishlab chiqaradigan „Tinis“ aksionerlіk jamoati, Shaharda 4,5 ming kichik korxonalar bor. Kichik biznes 19,5 ming kishini ish bilan taʼminlagan (2001 y.).
Telekommunikatsiya tarmogʻi
Koʻkshetovning telekommunikatsiyalik tarmogʻining asosini umumiy xotirasi 30-ming raqamli ATS-lar tashkil qiladi.
Tibbiy yordam koʻrsatish mahkamalar
Shahardagi tibbiy yordam koʻrsatish mahkamalarining umumiy soni 34. 17 ta kasalxona va shifoxana mahkamalari, 13 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, tez yordam stansiyasi faoliyat yuritadi. Nodavlat tibbiy 1 shifoxona, 1 kasalxona, 48 dorixona bor.
Bilim sohasi
Bilim sohasida Koʻkshetov davlat universiteti, Koʻkshetov texnik universiteti, Koʻkshetov iqtisoq va menejment instituti, 13 maxsus oʻquv joylari beshtasi davlat kolledj, umumiy bilim beruvchi maktablar soni 23 ta.
Hordiq chiqarish maskanlari
Koʻkshetov milliy parki, „Burabay“ kurorti, „Oqjetpes“, „Shuchinsk“ sanatoriyalarі, „Jeke Batir“, „Goluboy Zaliv“, v.h. hordiq uylari, oʻquvchilar lagerlari joylashgan.
Manbalar
- ↑ http://www.stat.kz/publishing/Pages/Demografia_2012.aspx
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedautogenerated1
- ↑ Chislennost i natsionalniy sostav naseleniya " Portal goroda Kokshetau