Tel-Aviv: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 6: Qator 6:


{{stub}}
{{stub}}
{{no iwiki}}



{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}}

[[Turkum:Davlat poytaxtlari]]

25-May 2013, 07:43 dagi koʻrinishi

Tel-aviv — Isroilning bosh shahri va madaniy markazi. Kattaligi boʻyicha Quddus sh.dan keyin 2oʻrinda. Iqlimi subtropik iqlim, yanv.ning oʻrtacha trasi 12°, iyulniki 25°. Yillik yogʻin 600 mm. Aholisi 364,3 ming kishi (2003, shahar atrofi bilan 1,14 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oʻrta dengiz boʻyidagi port, chetga olmos, toʻqimachilik buyumlari, kiyimkechak, elektronika va diniy buyumlar chiqariladi.

T.A.ga 1909 y.da Yevropadan kelgan yahudiy immigrantlar tomonidan Yaffa sh.dan shimolrokda asos solingan. 1948—50 y.larda mamlakat poytaxti boʻlgan. Poytaxt Quddusga koʻchirilgan boʻlsada, koʻpgina hukumat muassasalari, xususan, Mudofaa vazirligi ham T.A.da.

T.A. — mamlakatning moliya va sanoat markazi. Isroildagi yagona fond birjasi va uning banklari hamda sugurta kompaniyalari, mamlakat sanoat korxonalarning 50% T.A.da joylashgan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: metallsozlik, toʻqimachilik, elektronika. Shuningdek, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, poligrafiya, koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. Olmosga sayqal berish korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda diniy buyumlar tayyorlanadi. 2 unt, Isroil davlat filarmoniyasi, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va ilmiy jamiyatlar bor. Turizm rivojlangan.