Erkin kurash: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 19: Qator 19:
| davomchilar = Buvaisar Saytiyev, Aleksander Medved, Arsen Fadzayev, [[Artur Taymazov]], Reza Yazdani, Dave Schultz
| davomchilar = Buvaisar Saytiyev, Aleksander Medved, Arsen Fadzayev, [[Artur Taymazov]], Reza Yazdani, Dave Schultz
}}
}}

<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Erkin kurash''' — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. E.k. musobaqalari diametri 9 m (yoki oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg , ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 min.dan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sek.dan. E.k.da siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniqlanadi. Agar qurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1, 2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokorlar qaroriga koʻra ham olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi.

Qadimdan koʻplab xalqlarning milliy kurash turlarida hozirgi E.k.da qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (q. [[Kurash]]). Yunonistonda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga mil.av. 708 yildan boshlab E.k.ga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. E.k.ning zamonaviy qoidalari 19-asrning 2-yarmida Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. 1894 yilda AQShning SentLuis shahrida ilk yirik musobaqa tashkil qilingan. E.k. musobaqalari 1904 yildan zamonaviy olimpiada oʻiinlari dasturidan oʻrin olgan. E.k. va yunonrum kurashi turlarini rivojlantirish maqsadida 1912 yilda Xalqaro havaskor qurashchilar assotsiatsiyasi (GʻNA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992 yildan) aʼzo (2004). E.k. boʻyicha 1951 yildan erkaklar, 1995 yildan ayollar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi.

Oʻzbekistonda E.k. 20-asrning 50-y.

laridan ommalasha boshladi. 1956 yildan erkaklar, 2003 yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazilayapti. 20-asrning 90-y.laridan "Mustaqillik kubogi" Granpri musobaqasi, yoshlar oʻrtasida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarning tashkil etilayotgani mamlakatda E.k.ning rivojlanishiga zamin yaratdi. Kursat Ablayev, Georgiy Vanyuxin, Aleksandr Gorelik, Qoʻldosh Asraqulov, Obid Nazirov, Rahmonberdi Ahmedov, Salim Abduvaliyev, Maʼmur Roʻziyev kabi murabbiylar rahbarligida Leonid Shipilev, Arsen Fadzayev, Maxarbek Xadarsev, Ruslan Xinchagov, Ramil Ataulin, Adham Ochilov, Dilshod Mansurov, Magomed Ibragimov, Artur Taymazov singari E.k.chilar olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqishgan. Konstantin Mixaylov, Ravil Biktyakov, Tohir Gʻulomov kabi oʻzbekistonlik hakamlar xalqaro E.k. musobaqalarini boshqarishadi. Respublikadagi 715 ta sport maktabi va toʻgarakda 286 murabbiy qoʻl ostida 8780 kishi E.k. bilan shugʻullanadi. Ulardan 4807 nafari sport darajasi va unvoniga ega (2004).

== Adabiyot ==
* Galkovskiy A., Kerimov F., Volnaya borba, T., 1987; Kerimov F., Sport kurashi nazariyasi va usuliyati, T., 2001.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->





Qator 29: Qator 43:


[[Turkum:Sport]]
[[Turkum:Sport]]

{{OʻzME}}

22-May 2013, 17:21 dagi koʻrinishi

Tasvir
Asos solingan joy: Eron bayrogʻi Eron
Sport turi guruhi: Jang san'ati
Taniqli davomchilar: Buvaisar Saytiyev, Aleksander Medved, Arsen Fadzayev, Artur Taymazov, Reza Yazdani, Dave Schultz

Erkin kurash — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. E.k. musobaqalari diametri 9 m (yoki oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg , ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 min.dan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sek.dan. E.k.da siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniqlanadi. Agar qurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1, 2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokorlar qaroriga koʻra ham olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi.

Qadimdan koʻplab xalqlarning milliy kurash turlarida hozirgi E.k.da qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (q. Kurash). Yunonistonda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga mil.av. 708 yildan boshlab E.k.ga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. E.k.ning zamonaviy qoidalari 19-asrning 2-yarmida Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. 1894 yilda AQShning SentLuis shahrida ilk yirik musobaqa tashkil qilingan. E.k. musobaqalari 1904 yildan zamonaviy olimpiada oʻiinlari dasturidan oʻrin olgan. E.k. va yunonrum kurashi turlarini rivojlantirish maqsadida 1912 yilda Xalqaro havaskor qurashchilar assotsiatsiyasi (GʻNA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992 yildan) aʼzo (2004). E.k. boʻyicha 1951 yildan erkaklar, 1995 yildan ayollar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi.

Oʻzbekistonda E.k. 20-asrning 50-y.

laridan ommalasha boshladi. 1956 yildan erkaklar, 2003 yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazilayapti. 20-asrning 90-y.laridan "Mustaqillik kubogi" Granpri musobaqasi, yoshlar oʻrtasida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarning tashkil etilayotgani mamlakatda E.k.ning rivojlanishiga zamin yaratdi. Kursat Ablayev, Georgiy Vanyuxin, Aleksandr Gorelik, Qoʻldosh Asraqulov, Obid Nazirov, Rahmonberdi Ahmedov, Salim Abduvaliyev, Maʼmur Roʻziyev kabi murabbiylar rahbarligida Leonid Shipilev, Arsen Fadzayev, Maxarbek Xadarsev, Ruslan Xinchagov, Ramil Ataulin, Adham Ochilov, Dilshod Mansurov, Magomed Ibragimov, Artur Taymazov singari E.k.chilar olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqishgan. Konstantin Mixaylov, Ravil Biktyakov, Tohir Gʻulomov kabi oʻzbekistonlik hakamlar xalqaro E.k. musobaqalarini boshqarishadi. Respublikadagi 715 ta sport maktabi va toʻgarakda 286 murabbiy qoʻl ostida 8780 kishi E.k. bilan shugʻullanadi. Ulardan 4807 nafari sport darajasi va unvoniga ega (2004).

Adabiyot

  • Galkovskiy A., Kerimov F., Volnaya borba, T., 1987; Kerimov F., Sport kurashi nazariyasi va usuliyati, T., 2001.


Erkin kurash - (inglizcha: Freestyle wrestling, fransuzcha: Lutte libre) yakkakurash sport turlaridan biri. Ikki sportchining bir nechta sport usullari orqali bajaradigan harakatlari orqali bahslashiladi. Yunon-rum kurashidan farqli o'laroq bu sport turida sportchini oyoqlaridan ushlab usul qo'llash mumkun. Erkin kurash zamonaviy Olimpiada Oʻyinlari start olgan 1896-yildan buyon dasturda boʻlib kelgan.

Oʻzbekiston oʻzi ishtirok etishga muvaffaq boʻlgan 5 ta Yozgi Olimpiada Oʻyinlarida jaʼmi 20 ta medal olgan boʻlsa, shundan 7 tasi (4 ta oltin va uchta kumush) kurashchilari hissasiga toʻgʻri keladi.[1]

Manbalar

  1. Очлик амалиёти: ‘Кураш Олимпия дастурида қолсин’