Shotlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

19-May 2013, 17:42 dagi koʻrinishi

Shotlandiya - Buyuk Britaniyaning maʼmuriy-siyosiy qismi (tarixiygeografik hudud). Buyuk Britaniya o.ning shim. qismi va unga yondosh orollar (Gebrid, Orkni, Shetland)da joylashgan. Mayd. 78,8 ming km2. Aholisi 5 mln. kishidan ortiq (2000). Asosiy shahri — Edinburg . Maʼmuriy jihatdan 9 r-n va orol hududga boʻlingan. Yer yuzasi, asosan, qir va togʻlar, qisman pasttekislik. Sohil boʻyi kambar pasttekislik. Iqdimi okean iqlimi. Daryo va koʻl koʻp. Hududining 2/1 qismi vereskli yalangliklar. Aholisining asosiy qismi shotlandlar. Sh.da gellar shotland millatining oʻziga xos etnik guruhini tashkil qiladi.

SH.ning qadimiy aholisi piktlar boʻlgan. 5—6-asrlarda Irlandiyadan skottlar koʻchib kela boshlagan. Sh. nomi (5so11aps1 —skottlar mamlakati) shundan kelib chiqqan. 7-asrda Sh. hududining jan.ga angllar kelib joylashgan. 11-asrdan Sh. qirolligi tashkil boʻldi. 11 a.ning 2-yarmida Sh. Angliyaning normann bosqinchilari hujumiga uchradi. Shotland qiroli oʻzini Angliya qirolining vassali deb tan oldi. 1296—1314 yillarda Sh. Angliyaga qarshi mustaqillik urushini olib bordi. 1328 yil Angliya Sh. mustaqilligini tan oldi. 16-asrda cherkovni isloh qilish harakati avj oldi (q. Reformatsiya). 1560 yil Sh. parlamenti (1289—92 yillarda tashkil topgan) mamlakatda presviterianlik cherkovini taʼsis etish toʻgʻrisida Kovenant — shartnomani eʼlon qildi. 1603 yil Styuartlar sulolasi ingliz taxtida tasdiqlangach, Sh. Angliya bilan shaxsiy ittifoq (uniya) sifatida birlashdi. 1651 — 52 yil rasmiy ravishda Angliyaga qoʻshib olindi. 1707 yil Sh.Angliya ittifoqi toʻgʻrisidagi hujjat qabul qilingach, Sh. butunlay Angliyaga qoʻshildi.

Adabiyoti. Sh.da gel tilida boy xalq ogʻzaki ijodi mavjud. 13-asrdayoq xalq balladalari, qoʻshiqlari, bardlar asarlari paydo boʻlgan. Sheʼriyat gel adabiyotining oʻtgan davrlardagi ham, hoz. zamondagi ham asosiy janridir (A.Makdonald, D.Makintayr 18-asr shoirlaridir). Mustaqillik uchun kurash (1296—1314) ingliz tilining shotland variantida vatanparvarlik sheʼriyatining rivojiga olib keldi (J.Barborning "Bryus", G.Menestrelning "Uolles" dostonlari va boshqalar). 15—16-asrlarda shotland sheʼriyatida umumevropa adabiyoti uchun mushtarak boʻlgan gumanistik gʻoyalar aks etdi [qirol va shoir Yakov I (1394—1437)ning "Qirol kitobi" dostoni, R.Xenrison (1430— 1506)ning "Kressida vasiyati" dostoni va masallari]. Uygʻonish davrshtt qaldirgʻochi G.Duglas (1474—1522) "Qalb qiroli" (1516) dostonini yozdi. A.Skott (taxm. 1525—85) va A.Montgomeri (taxm. 1556—1610) gumanistik lirikaning yorqin namunalarini yaratishdi. 17-asr adabiyoti siyosiy va diniy kurash ohanglariga toʻla boʻlsada, u oʻtgan asrlardagidek baquvvat emas edi. 18-asr shoirlari A.Ramzey (1680—1758), R.Fergyuson (1750—74) oʻz sheʼrlariga xalq sheʼriyatidagi hayotiylik va erksevarlikni olib kirdilar. R.Byornsnnsh oʻziga xos chuqur demokratik sheʼriyatida erksevar xalqning haqiqat va tenglik haqidagi orzulari oʻz ifodasini topdi. 17—a.lardan boshlab koʻp shotland adiblari milliy koloritni saqlagan holda ingliz tilida ijod qildilar (U.Drammond, J.Bosuel, T.J.Smollet, L.Karleyl, M.Spark va boshqalar). 19asr jahon adabiyotining buyuk vakili V.Skott yangi davr adabiyotidagi tarixiy roman janrining asoschisi boʻldi. Kechki romantizm namoyandalaridan R.L.Stivenson (1850—94) tarixiy romanlari shuhrat qozondi. 20-asrning 20-y.laridan shotland Uygʻonishi deb atalgan davr — sheʼriyatning gullagan davri boshlandi. Uning yorqin vakili Xyu Makdiarmid (1892—1978) boʻldi. 1930-y.larda D.Allan, L.Gressika Gibon, J.Bleykning ijtimoiy mavzudagi romanlari yuzaga keldi. 1970—90 yillardagi mashhur adiblar: R.Jenkins, J.M.Braun, I.K.Smit.

Meʼmorligi. Sh. hududida urugʻchilik tuzumi davrlariga mansub choʻponlarning tosh kulba, yertoʻla va silindrsimon minoralardan iborat qishloqlarining qoldiqlari saqlangan. Urta asrlarda ilk xristianlik cherkovlari hamda murakkab geometrik va oʻsimliksimon naqshlar bilan uygʻunlashgan diniy mazmundagi tasvirlar ishlangan tosh butlar yaratildi. 12-asrdan roman uslubida binolar, 13-asrdan gotika uslubida ibodatxona va qoʻrgʻonlar bunyod etildi. 15—17-asrlarda qoʻrgʻonlar minorali saroylar shaklida qurildi. 18-asrda klassitsizm uslubi shaharlarga hasham baxsh etdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida kottejlarning yangi tiplari yaratildi va milliy anʼanalarda bezatildi (meʼmor B.Skott va boshqalar). Meʼmor Ch.R.Makintosh shotland moderni uslubida binolar yaratdi. 20-asr oʻrtalarida turar joy majmualarini qurish rivojlandi (Glazgo shahridavgi Toriglen turar joy majmuasi, 1955—56, meʼmor J.O. Bent). Yoʻldoshshaharlar barpo boʻldi. Tasviriy sanʼati. Sh.da tasviriy sanʼat milliy maktablari 18-asrning 2-yarmida shakllangan. Bu davr tasviriy sanʼati G. Rebyorn, E. Geddes, P.Nesmit, J.Tomson, D.Uilki kabi romantik rassomlar ijodi bilan bogʻliq. 19-asr Sh. rassomligida portret, manzara va boshqalar janrlar keng yoyilgan. 20-asrda impressionizm anʼanalarida (U.Markgregor, U.MakTaggart), ekspressionizmga yaqin ruhda (S.Peplo, L.Xanter, J.Maksuell) asarlar yaratildi. 20-asrning 50—80-y.larida J.Erdli, R.Filipson kabi rassomlar samarali ijod qildilar. Xalq sanʼatida jun mato toʻqish, yogʻoch oʻymakorligi, savat toʻqish, rangbarang kulollik buyumlari tayyorlash va boshqalar rivoj topgan.

Musiqa sarchashmalari mamlakat hududida qadimdan yashagan kelt, skott, brit, skandinav va boshqalar xalqlar musiqalaridan boshlanadi. Qadim zamonlardan 19-asrlargacha sayyor qoʻshiqchi, musiqachilar xalqqa xizmat koʻrsatgan. Shotland qoʻshiqlari pentatonika va boshqalar natural ladlarga asoslanadi. Ril, stretspey, fling raqs turlari bor. Ashula va raqslar arfa (12-asrdan), volinka (15-asrdan milliy musiqa cholgʻusiga aylangan), skripka, fidel (torli kamonchali) kabi cholgʻular joʻrligida ijro etiladi. Professional cherkov va dunyoviy musiqa 12-asrdan rivoj topa boshlagan. 12-asrda Stirlingda, 16-asrda Edinburgda qirollik kapellasi tuzilgan. 16-asr 1-yarmida R.Karver, R.Jonson, D.Pibls, R.Duglas, A.Bekuell kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. 18-asrda Sh. va Angliyada shotland musiqiy folkloriga qiziqish kuchaydi, shotland qoʻshiqlari toʻplamlari nashr etildi. Xalq qoʻshiqlari asosida 1725 yil ilk opera (A.Ramzey, "Oliyjanob choʻpon") ijod qilingan. 19-asrda musiqa taʼlimi rivojlandi: Edinburg unti huzurida musiqa kafedrasi (1839), Qirollik musiqa akademiyasi (1890) ochildi. 1929 yil Edinburgda Sh. milliy musiqa akademiyasi tashkil etildi. Hoz. kompozitorlik maktabining asoschisi A.Makenzidir (opera, oratoriya, kantata va boshqalar). 1970—80-y.larda kompozitorlardan S.Deyvi, R.Krouford, T.Masgreyn samarali ijod qildilar. Edinburgda konservatoriya, simfonik orkestr, xor ishlaydi. Glazgo shahri ham musiqa markazi hisoblanadi. 1947 yildan Edinburgda xalqaro musiqa va drama festivallari oʻtkaziladi.

Teatri. Sh.da drama teatrlari 18-asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan (Glazgoda 3 teatr qurilgan). 1769 yil aktyor va rej. D.Ross Edinburgda "Royyal" teatrini tashkil etdi. 1883 yil "Litseum" teatri ochildi. 1782— 1863 yillar Glazgoda "Danlop strit tietr", 1805—29 yillar "Kuin strit tietr", 1842—48 yillar "Adelfi", keyinchalik "Kuins tietr" va "Prins tietr" teatrlari ishladi. 1909 yil Glazgoda rej. A.Uering tashkil qilgan teatr milliy teatr sanʼati rivojida muhim rol oʻynadi. Unda xorijiy va shotland dramaturglarining pyesalari sahnalashtirildi. 1-jahon urushi boshlanishi bilan bu jamoa oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1921 yil "Shotland milliy aktyorlari" truppasi tuzildi. 1930-y.larda bu truppa tarqalib ketdi, ammo uning faoliyatini Glazgodagi "Kyortn tietr" teatri (1933—40) davom ettirdi. 1943 yil Glazgoda fuqarolik teatri ochildi. 1970— 80 yillarda "Travers tietr klab" (Edinburg), "Klouz studia tietr" (Glazgo) teatrlari ishladi. Pert, Dandi, Pitloxri va boshqalar shaharlarda ham teatrlar bor. Sh.ning mashhur teagr arboblari: M.Yurkvarg , D.Makre, J.Gibson, S.Bakster. Glazgo shahrida aktyor va rej.larni tayyorlovchi drama kolleji bor.